YANGILIK VA TADBIRLAR

Abulqosim Firdavsiy

4

Yomonlikni aslo aylama odat,
Ozga qanoat qil, ochlikka toqat.

Baland saroy qurib qilgandan obod,
Yaxshidir bir g‘arib dilin qilsang shod.

Kimki to‘g‘rilikni o‘ylamas dildan,
Nafratga sazovor ul kishi chindan.

Xudo ne’matlarin oliysi idrok,
Aqlni vasf etar, kimki dili pok.

Aql yo‘l ko‘rsatib, dilni etar shod,
Har ikki olamda aqlli obod.

Agar aqli xira bo‘lsa har inson,
Shodlikka erisha olmas bir zamon.

Gar aqlin rahnamo qilolmas kishi,
Dilin o‘rtar uning qilgan har ishi.

Aql ulug‘likka etadi payvand,
Aqlsizning doim oyog‘ida band.

Aql dil ko‘zi-ku, fahmiga yetsang,
Yaxshimas jahondan ko‘r o‘tib ketsang.

Hamisha aqlingni rahnamo etgil,
Noloyiq ishlardan olisroq ketgil.

Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on,
Shunda bilursankim, ilm bepoyon.

Jahonda hech ish yo‘q bo‘lmasin tadbir.

Yovni kichik bilib, kutma omonlik,
Kuning bitar, taqdir qilsa yomonlik.

Jahonni bermaylik, keling, yomonga,
Barchani boshlaylik yaxshi tomonga.

Yaxshi ham, yomon ham qolmas poydor,
Yaxshisi “yaxshilik qolsin yodgor”.

Har qachon yangi yo‘l tanlarkan kishi,
Ta’na-malomatlar eshitmoq ishi.

Jahonda qoldirsak agar yaxshi nom,
Bizdan so‘ng faqat shul etadir davom.

Yomonlikni kimki qilibdur odat,
Bu dunyoda nomi o‘char oqibat.

Nima eksang o‘sha tushar o‘roqqa,
Nima desang shu so‘z inar quloqqa.

Olamda dard yo‘qki, bo‘lmasin darmon.

Jahon boshdan-oyoq hikmat-ku, hikmat,
Nechun g‘aflat bo‘lmish bizlarga qismat.

Taqdir yomonliqni ko‘rganda ravo,
Saboq ol, undan ham yog‘ilsin ziyo. Abulqosim Firdavsiy

 

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!