Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Korporativ boshqaruv” kafedrasi katta o‘qituvchisi Yаx’yауevа Dilfuzа Bаgdаdоvnа “Bоshkа tаrmоqlаridа buxgаlteriуа hisоbi” fanidan darslik nashr etdi.

Dаrslik iqtisоdiуоtning sanoat tаrmоqlаridа chаrm-роуаbzаl vа роligrаfiуа ,qishlоq xо’jаligi, sаvdо, umumiу оvqаtlаnish vа аvtоtrаnsроrt kаbi hisоb-kitоblаrni tаshkil qilishning metоdоlоgik аsоslаrini оchib berаdi. Buxgаlteriуа nаzаriуаsi vа аmаliуоtining аsоsiу mаsаlаlаri, turli sоhа kоrxоnаlаridа hisоbоt berish, qurilish, qishlоq xо’jаligi, sаvdо va umumiу оvqаtlаnish joylari kabi sohalarni o‘z ichiga oladi. Dаrslikdа buxgаlteriуа hisоbi, qishlоq xо’jаligidа buxgаlteriуа hisоbining bаrchа nаzаriу …

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Matematika va informatika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Sabirov Nizambay Xayitbayevich, Samigova Gulandom Abdujabbarovna, Zufarov Zoir Maxmudovichlar hammuallifligida tayyorlangan “Dizaynda amaliy dasturlar” fanidan o‘quv qo‘llanma nashr etildi.

Ushbu oʻquv qoʻllanma institutining kunduzgi ta’lim shakli boʻyicha tahsil olayotgan Dizayn bakalavriat ta’lim yoʻnalishining 2-kurs talabalariga moʻljallangan.O‘quv qo‘llanmada “Dizaynda amaliy dasturlar” fanining kompyuter grаfikаsi, kompyuter grаfikаsining ahamiyati va jamiyatdagi roli, kompyuter grаfikаsining qo‘llanishi va turlari, “Adobe Photoshop” va “Corel Draw” dizayn sohasiga tegishli dasturiy ta’minotlar va umumiy kasbiy faoliyatda ishlatiladigan amaliy dasturlarida ishlash uchun nazariy …

27-mart kuni institut boshqaruv apparatining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Unda amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilinib kelgusidagi taraqqiyotning istiqbolli rejalari belgilab olindi. Ishtirok etgan har bir boʻlim boshliqlari olib borilayotgan targʻibot ishlari hamda institutda ochilayotgan yangi va ilgʻor oʻquv yoʻnalishlar yuzasidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar xususida rektorga hisobot berishdi.  

Davron Vaxabov, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti rektori.

Assalomu alaykum, hurmatli hamkasb, ustoz-murabbiylar va qadrdon talabalar! Serquyosh yurtimizga koʻklam fasli — Navbahor kirib keldi. Yiliga uch yuz kun biz bilan birga boʻladigan quyosh bagʻirimizga haqiqiy maʼnoda qaytdi. Bogʻ-rogʻlarimiz, yuksak togʻlarimiz va sermahsul yerlarimiz endi uning zarrin nurlaridan yana toʻyinadi, yana isiydi. Bobodehqon gʻayrat bilan yerga ishlov beradi. Bu Sharq yangi yilida, ota-bolalarimizning “Yangi …

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Navroʻz umumxalq bayramiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi tabrik nutqi

Assalomu alaykum, aziz va muhtaram vatandoshlar! Uzoq-yaqindan tashrif buyurgan hurmatli mehmonlar! Siz, qadrdonlarimni, ko‘pmillatli butun O‘zbekiston xalqini barchamiz sog‘inib kutgan Navro‘zi olam bilan samimiy muborakbod etishdan baxtiyorman. Bugun fasllar almashib, yeru ko‘kda ilohiy mo‘jizalar yuz bermoqda. Yangi kun, yangi mavsum, yangi hayot nafasi boshlanmoqda. Tabiat uyg‘onishi bilan zimiston kechalardan zerikkan ko‘ngillar yasharib-yayramoqda. Albatta, bugungi shodiyona …

Dual-taʼlim tizimi asosida tahsil olgan talabalarni korxonada ishda olib qolish masalalari kelishib olindi

Taʼlim-ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash va chuqurlashtirish hamda “Kasb egasi” dual-taʼlim samaradorligini oshirish maqsadida joriy yilning 15-mart kuni institutimizning Oʻquv ishlari boyicha prorektori X.Kamilova boshchiligida “Virtus trikot” toʻqimachilik aksessuarlari korxonasining rahbariyati bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda qator istiqbolli kelishuvlarga erishildi, jumladan:

Ozodalik va orastalik kuni hozir ham davom etmoqda.

Sarishta va ozoda xalqimiz har yili Navroʻz ayyomi oldidan umumxalq xayriya hasharini oʻtkazishga odatlangan. Yosh-u qari oʻzining kichik vatani — mahalla va taʼlim olayotgan maskanlarining obodonlashtirish ishlariga oʻz hissasini qoʻshishga harakat qiladi. Xususan, 16-mart kuni TTYSIda ham umumjamoaviy hashar boʻlib oʻtdi. Unda professor-oʻqituvchilar va talabalar orasidan eko-koʻngillilar institutimizning bogʻ-rogʻlari, oʻquv binolari va talabalar turar joylari …

Institutda mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarmoqlari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga katta eʼtibor qaratilmoqda.

ARM va ilmiy innovatsiyalar ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash boʻlimi tashabbusi bilan “E-LINE PRESS” kompaniyasi institut doktorantlari uchun “EBSCO maʼlumotlar bazalari bilan ishlash: toʻqimachilik va yengil sanoat sohasida dolzarb maʼlumotlarni izlash” mavzusida amaliy seminar oʻtkazdi. Seminar yakunida yosh olimlar “EBSCOhost” platformasida ilmiy manbalardan foydalanish boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.