Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yilida talabalarda tadbirkorlik dunyo qarashini oshirish, ularda yetakchilik va hamkorlik koʻnikmalarini hosil qilish yoʻlidagi saʼy-harakatlar davom etmoqda.

Xususan, 2023-yilning oktyabr oyida ilgʻor startaplarni qoʻllab-quvvatlash hamda zamonaviy bozor tendensiyalariga javob beruvchi biznes gʻoyalarini va ularning mualliflarini kashf etish maqsadida Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutida rektor sovrini uchun “Oʻz biznesingni boshla” nomli tanlov eʼlon qilingan edi. Tanlovda qariyb uch yuzga yaqin yosh muhandislar, injener-texnologlar va dasturchilar ishtirok etishdi. Ular taqdim etgan loyihalar bugungi …

Bayram tabrigi!

Borliqdagi har bir goʻzal jarayon, betakror zayl va har qanday yorugʻlik, nurga toʻlalik ayol siymosini eslatadi. Har qanday chiroy va noziklik ayolga hamohang, unga maslakdosh va yoʻldoshdek goʻyo. Bugun poytaxt havosi gul hidiga burkangan. Har bir burchakdan nafis atirgullarning mayin sasi kelib turibdi. Ular oʻzbek ayolining matonatini, goʻzalligini va mehrini alqaydi, madh etadi, uning sharafi …

6-mart kuni Germaniyaning Albshtadt shahrida joylashgan Texnologiyalar markazi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

TTYSI tashrifi doirasida markazda Albshtatd shaxrining xokimi Roland Tralmer bilan uchrashuv ham tashkil etilib, mazkur shaharning toʻqimachilik sohasidagi boy tarixga hamda tajribasini almashish imkoniyatlari xususida muhokama boʻlib oʻtdi. Hozirgi kunda markaz sohaga oid startup loyihalarni amalga oshirish va toʻqimachilik yoʻnalishidagi yangi innovatsion texnologiyalarni yaratishga qaratilgan dasturlar ustida faoliyat olib bormoqda. Shu bilan birga, startup loyihalarni …

Jamiyatda xotin-qizlarning dizayn sohasida kreativ fikrlashini taʼminlash, ular orasida iqtidorlarni aniqlash va ijodiy faolligini qoʻllab-quvvatlash, yosh dizaynerlarni keng jamoatchilikka tanitish maqsadida 5-mart kuni “Durdona” koʻrik-tanlovining 1-bosqichi boʻlib oʻtdi.

Koʻrik-tanlovning birinchi saralash bosqichi adolat tamoyillarining barcha bosqichlariga amalga qilingan holda boʻlib oʻtdi. Unda: Havola qilingan ishlar 7 nafar komissiya aʼzolari tomonidan belgilangan shartlarga muvofiq sinchiklab oʻrganildi. Komissiyaning tavsiyasiga muvofiq, eng yaxshi ishlar 2-bosqichga tavsiya qilindi.

5-mart kuni Germaniyaning Albshtadt shahrida boʻlib turgan N.Shotursunova boshchiligidagi TTYSI delegatsiyasi Gros Bekkert akademiyasi vakillari va ekspertlari bilan uchrashdi.

Tashrif doirasida akademiya faoliyatiga bagʻishlangan taqdimot boʻlib oʻtdi. Unga koʻra, hozirda akademiya soha kesimida yangi innovatsion ihtirolar ustida ish olib borilayotganligi boʻyicha maʼlumotlar taqdim etildi. Shuningdek, TTYSI talabalarini ushbu jarayonlarga jalb qilish, soha boʻyicha amaliyot oʻtash masalalari muhokama markazida boʻldi. Shundan soʻng akademiya tadqiqot boʻlimlari faoliyati, xususan, turli boʻlimlar tomonidan toʻqimachilik jarayonlaridagi ignalar chidamkorligini tekshirish, …

5-mart kuni TTYSI delegatsiyasi Germaniyadagi toʻqimachilik sohasida yetakchi hisoblanadigan Albshtadt-Zigmaringen universitetiga tashrif buyurdi. 

Institutimiz vakillariga Zigmaringen rektori Doktor Ingebor Myuxldorfer xonim peshvoz chiqdi va iliq qabul qildi.  Ikki oliygoh oʻrtasidagi akadem-diplomatik aloqalarning oʻrnatilishi va mustahkamlanishida TTYSIning tutgan oʻrni va harakatlari hamkor tomonidan eʼtirof etildi. Prorektor N. Shotursunova rektor I. Myuxldorfer bilan doʻstlik aloqalarini yanada kengaytirish, shu jumladan qoʻshma taʼlim, talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvini yoʻlga qoʻyish masalalarini muhokama qildi. Uchrashuv …

Toshkent shahri va viloyati boʻylab targʻibot ishlari davom etmoqda. 

Uchtepa va Quyi Chirchiq tumanlaridagi maktablarda ham anʼanaga koʻra, oliygohda mavjud fakultet va yoʻnalishlar, olib borilayotgan islohotlar, ochilishi rejalashtirilgan yangi yoʻnalishlar, qoʻshma taʼlim dasturlari va dual-taʼlim tizimi xususida batafsil maʼlumotlar berilmoqda. Olib borilgan suhbatlar soʻnggida abituriyentlar institutimizda tashkil etilajak ochiq eshiklar kunlariga taklif etildi.