1-mart sanasida institutimiz vakillari Italiyadagi “Bitto” korxonasiga tashrif buyurdi.

Korxona deyarli bir asrli tarixga ega boʻlib moʻyna va moʻyna buyumlari sanoatida oʻz nufuziga va mavqesiga ega. Jahon moda olamidagi eng ulkan brendlar, jumladan, Fendi, Dior, Loro Piana va boshqalar aynan shu korxona mahsulotlaridan foydalanishadi. Ularning sifatida esa 10 dan ortiq laboratoriyada eng professional 50 nafar mutaxassis nazoratidan oʻtadi. Korxonaning istagiga koʻra endilikda u TTYSI …

29-fevral kuni institutimiz delegatsiyasi hamda Oʻzbekistonning Italiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Abat Fayzullayev oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida institut vakillarining oʻz oldiga qoʻygan maqsadlari hamda erishilgan kelishuvlar xususida batafsil maʼlumotlar bayon qilindi. Elchi janoblari hamkorliklar doirasidagi rejalar amalga oshishida oʻz koʻmagini ayamasligini taʼkidladi. Tashrif doirasida muhtaram elchi institut vakillari bilan “Home Jewels” korxonasining asoschisi Andrea Rolizzining ham uchrashuvini tashkil etdi. Suhbatdan soʻng korxona rahbari bilan zargarlik dizayni yoʻnalishi boʻyicha hamkorlikda oʻquv …

1-mart sanasida aʼlochi talabalar bilan suhbat boʻlib oʻtdi.

Unda institutning iqtidorli yoshlar boʻlimi ham qatnashib davlat rahbari tomonidan yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, yoshlarga oid davlat siyosati hamda ushbu yoʻnalishda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida belgilan ustuvor yoʻnalishlar xususida yoshlar fikri oʻrganildi. Shuningdek, tadbir soʻnggida institutimizda tashkil etilgan“Yoshlar akademiyasining yangi aʼzolari aniqlandi.

Yengil sanoat tarmoqlarida boʻyicha tadqiqotlar olib borish va sohada qoʻshimcha yoʻnalishlarni ochish institutimiz maʼmuriyatining eng oliy maqsadlaridan biridir.

Jumladan kelgusi oʻquv yilida institutda zargarlik yoʻnalishi boʻyicha ham yuqori malakali kadrlar tayyorlanadi. Shu bois 29-fevral sanasida TTYSI delegatsiyasi Accademia ltalianaoliygohiga tashrif buyurdi. Rim shahrida joylashgan akademiya eng baynalminal va eng nufuzli xalqaro italyan oliygohlaridan biri hisoblanadi. Accademia ltaliana Toskanadagi birinchi xususiy moda va dizayn akademiyasi boʻlib, Italiya Taʼlim vazirligi (MUR) tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi. Institut oʻz …

6–28-fevral kunlari ruhshunos va ayollar shifokorlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy tadqiqot institut hamda uning koʻp yillik hamkori – “Contineo Asia” kompaniyasi vakillari faol ishtirok etdi. Suhbat davomida Oʻzbekistonda ayollar va ularning salomatligini muhofaza qilish, bu boradagi bilim darajasini oshirish hamda xotin-qizlar salomatligini targʻibot qilish haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Davlatimiz rahbari taʼbiri bilan aytganda iqtisodimizning drayveriga aylangan toʻqimachilik sohasi va uning tarmoqlariaro tahsil olgan, yetuk bilim va koʻnikmalarga ega kadrlar kun sayin ehtiyoj koʻpayib bormoqda.

Bundan tashqari, sohada innovatsiyalarning inklyuzivligini oshirish hamda muhandis-texnologlarning faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida institutimiz yangi yoʻnalishlarga ham eshik ochmoqda. Sohaning ustunliklari, uning moddiy istiqbollari va manfaatlarini unib oʻsib kelayotgan avlod vakillariga targʻib qilish ishlari qizgʻin davom etmoqda. Xususan, 20 ta kafedradan koʻp sonli vakillar poytaxtning va Toshkent viloyatining qirqqa yaqin maktablarida boʻlishdi. Jami 2500 nafarga yaqin …

TTYSI vakillari 28-fevral kuni Italiyaning charm tadqiqot institutiga tashrif buyurdi.

Institut Italiyaning Savdo sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan boʻlib charm va charm buyumlarini oʻrganishda tadqiqot va innovatsiyalar yaratishga yoʻnaltirilgan ilmiy oʻquv markaz hisoblanadi. Tashrif davomida institut direktori Serena Iossa  va u yerdagi bir qator olimlar hamda professor-oʻqituvchilari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Suhbatda soha yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash va charm sanoatiga oid ilmiy tadqiqotlarni olib borish xususida mulohazalar olib …

Kamila Taviti, “Tecon” kompaniyasi mutaxassisi.

“Ochigʻi, TTYSIdagilarni juda sogʻingan edim. Xususan, Oʻzbekistonni ham. Bunga sabablar koʻp. Oʻzbekistonda ipak sanoati tez suratlarda rivojlanmoqda. Buni biz sinchkovlik bilan kuzatib bormoqdamiz. Albatta, yutuqlarning barchasini janob prezident saʼy-harakatlari mevasi deb bilaman. Sizning institut esa ana shunday harakatning namunasidir. Italiya brendlari va Oʻzbekistonning ipak matolari birlashsa har ikki mamlakat uchun ham manfaatli boʻlishiga aminmiz”.