Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti

Toshkent to‘qimachilik instituti 1932-yilda tashkil topgan. Dastlabki yillarda institutda ikkita fakultet mavjud edi: "Paxtani dastlabki qayta ishlash" va "Mexanik texnologiya", 4 ta mutaxassislik bo'yicha bitiruvchi mutaxassislar: paxtani dastlabki qayta ishlash, to'quv, yigiruv va ipak texnologiyasi. 1932-1933 o'quv yilida institut dastlabki 125 talabani qabul qildi.

Charm buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi

Charm buyumlarini kontruktsiyalash va texnologiyasi kafedrasi


Kafedra mudiri:Pozilova D.Z.
N.B. Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00Telefon:
(0 371) 253 63 41Manzil: Toshkent shahri, Shohjahon ko’chasi, 5 uy, 5-bino

E-mail: chbtd@titli.uz

KAFEDRA TARIXI

    “Charm buyumlarini konstruksiyalash texnologiyasi” kafedrasi 1969 yilda tashkil topgan. Tikuv texnologiyasi kafedrasini bo‘linishi  asosida tashkil topgan, ammo mutaxassislik 1961-yilda ochilgan (kechki o‘quv shakli asosida). Mazkur mutaxassislik bo‘yicha ilk bor birinchi diplom himoyalari 1967 yilda bo‘lgan. Kafedra tashkil topgan kundan to 1979 yilgacha  va 1988-1990 yillarda dots.S.H.Husnitdinov, dots. A.A.Haydarov (1979-1986, 1990-1994), dots. V.K.Makarichyeva (1986-1988), prof. S.S.Maksudov (1994-1996), prof. H.K.Tursunov (1996-2002, 2007-2008) kafedraga rahbarlik qilganlar. K.I.Abulniyozov (2002-2006, 2008-2010). A.A.Haydarov (2011). N.B.Mirzayev (2011). Akmal Toshev(2011-2018) t.f.f.d. dots. A.M. Djurayev (2018-2019) kafedraga rahbarlik qilgan  va hozirgi davrda N.B.Mirzayev rahbarlik qilmoqda. O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari orasida “Charm buyumlarni konstruksiyalash  texnologiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha tayanch kafedra hisoblanadi.
BAKALAVRIAT TA’LIM YO‘NALISHI:
5320900- “Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi” (charm va mo‘yna buyumlari);
5320900- “Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi” (teri (qorako‘l) va mo‘ynaga ishlov berish);
5321500- Texnologiya va jixozlar (poyabzal va charm-attorlik maxsulotlari)
5321500- Texnologiya va jixozlar (charm va mo‘yna, qorako‘l)
5321500- Yengil sanoat texnologiyalar va jihozlar (charm buyumlar texnologiyasi);
5321500- Yengil sanoat texnologiyalar va jihozlar (charm va mo‘yna texnologiyasi);
5321500- Yengil sanoat texnologiyalar va jihozlar (poyabzal va charm-attorlik ishlab chiqarish jihozlari);
MAGISTRATURA MUTAHASSISLIGI:
5A320903 – “Charm va mo‘yna buyumlari texnologiyasi va konstruktsiyasini ishlash”
5А320902- Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi va jihozlari (charm va moʼyna buyumlari texnologiyasi)
SIRTQI TAʼLIM:
5320900- Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (charm va mo‘yna buyumlari), teri (qorako‘l) va mo‘ynaga ishlov berish) yo‘nalishlar bo‘yicha sirtqi ta’lim bo‘yicha talabalar taxsil olmoqdalar.
BAKALAVR YO’NALISHIDAGI TALABALAR UCHUN:
  • Antropologiya 
  • Poyabzal korxonalarini loyihalash 
  • Poyabzal korxonalari jihozlari 
  • Charm buyumlarini loyihalashning avtomatlashtirilgan sistemasi 
  • Charm buyumlari ishlab chiqarish jarayonlarining asoslari 
  • Charm buyumlari ishlab chiqarish jarayonlarini kimyolashtirish 
  • Charm buyumlar teхnologiyasi 
  • Charm buyumlarni konstruksiyalash 
  • O‘quv ustaхonasi 
  • Charm va mo‘yna xom-ashyolariga dastlabki ishlov berish  
  • Charm va mo‘yna jarayonlari apparatlari
  • Oqsillar texnologiyasi 
  • Tarmoq kimyoviy materiallari 
  • Charm va mo‘ynani pardozlash 
  • Charm va mo‘yna teхnologiyasi 
  • O‘quv laboratoriyasi
MAGISTRATURA YO’NALISHIDAGI TALABALAR UCHUN:
 
  • Charm buyumlarini konstruksiyalash nazariyasi va hisobi 
  • Charm buyumlari teхnologiyasi nazariy asoslari 
  • Charm va mo‘ynani badiiy pardozlash 
  • Charm va mo‘yna kimyoviy teхnologiyasi  
  • Charm buyumlarini ishlab chiqarish korхonalarini loyihalash 
  • Charm va mo‘yna jarayonlarini apparatlari va agregatlari
  • Charm buyumlarini dizayn loyihalash
  • Texnik nazorat va sifatni boshqarish 
  • Pazilova D.Z.– texnika fanlari falsafa doktori, dotsent, kafedra mudiri  
  • Qodirov T.J.- texnika fanlari doktori, professor 
  • Maksudova U.M.- texnika fanlari doktori, professor 
  • Toshev A.Y.- texnika fanlari doktor, professor
  • Mirzayev N.B.- texnika fanlari doktori, professor
  • Jurayev A.M.- texnika fanlari falsafa doktori, dotsent  
  • Begaliyev X.X. – texnika fanlari nomzodi, dotsent  
  • Ilxamova M.U.- texnika fanlari falsafa doktori, dotsent 
  • Shamsiyeva M.B.- texnika fanlari falsafa doktori, dotsent 
  • Tursunova D.K. – texnika fanlari falsafa doktori, dotsent  
  • Axmadov X.N.– texnika fanlari falsafa doktori, katta o’qituvchi   
  • Ulug‘murodov J.F.– katta o’qituvchi
  • Axmedov J.Z.– katta o’qituvchi 
  • Ismatullayev I.N.– katta o’qituvchi 
  • Irisova Z.R.– assistent 
  • Po’latov T.A – assistent 
  • Sodiqov N – assistent 
  • Seyliyeva B – assistent  
  • Zuparova D – assistent  
  • Hamitov A. –  doktorant
  • Niyazova M. – doktorant
  • Maksudova D. – doktorant
  • Boymanov SH – doktorant  
  • Rashidova M.– laboratoriya mudiri
  • Xabirova F. – laborant
        Zamonaviy ishlab chiqarish talablariga javob beradigan loyihalashning ilg‘or usullarini mukammal biladigan mutaxassislarni tayyorlash maqsadida kafedrada Buyuk Britaniyaning “Crispin” poyabzalni avtomatik loyihalashtirish sistemasi bilan jihozlangan CAD/CAM laboratoriyasi mavjud. Kafedrada davlat grantlari asosida barpo etilgan o‘quv laboratoriyasi mavjud bo‘lib, bu laboratoriyada professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishadi. Talabalarning nazariy olgan bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash uchun kafedra qoshida “Workmanship” ishlab chiqarish laboratoriyasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedrada o‘qish davomida poyabzal va charm attorlik mahsulotlarini loyihalashning zamonaviy uslublari, ularni badiiy bezash va ishlab chiqarish texnologiyalarini o‘rganadilar.
     Jadal sur’at bilan rivojlanayotgan yengil sanoat korxonalari professor-o‘qituvchilarni tinmay ilmiy va uslubiy salohiyatini, malakasini oshirishga majbur etmoqda. Kafedra a’zolari  Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Belgiya, Gresiya,  Germaniya, Buyuk Britaniya, Qirgiziston, Qozog‘istonning turdosh oliy o‘quv yurtlari bilan bevosita aloqalar o‘rnatgan, doimiy ilmiy nashrlar bilan almashuv o‘rnatgan, mazkur OO‘Yuga professor-o‘qituvchilarni malakasini oshirish uchun yuboriladi, stajirovkaga, ilmiy-amaliy va uslubiy konferensiya va seminarlarda qatnashadilar.
  1. Sankt- Peterburg texnologiya va dizayn davlat universiteti. 
    2. Rossiya davlat universiteti. 
    3. Vitebsk davlat texnika universiteti.
    4. Rossiya sirtqi yengil sanoat texnologiyasi instituti. 
    5. Don davlat texnika universiteti.
    6. O‘zbek- Qirgiz universiteti,  Osh shahri.  
    7. Manchester Metropoliten Universiteti. 
    8. Janubiy Rossiya iqtisodiyot va servis davlat instituti.
    9. Kostroma texnologiya va dizayn davlat universiteti. 
    10. Taraz texnologiya universiteti, Qozoqiston. 
    11. Ivanovo to‘qimachilik akademiyasi.
    12. Xitoy charm poyabzal ilmiy-tadqiqot instituti.
    13. Buхoro muhandislik-texnologiya instituti. 
    14. Jizzax politexnika instituti. 
    15. Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
    16. elorussiyaning “FERMENT” kompaniyasi.
    17. Belorusiya Milliy fanlar akademiyasining “Fizika-texnika instituti” Davlat ilmiy muassasasi (BMFА “Fizika-texnika instituti)   
   Mustaqil respublikamizda yengil sanoatga kirib kelayotgan yangi texnologiya va jihozlar kafedraning professor-o‘qituvchilardan dolzarb bo‘lgan ilmiy-tadqiqot ishlarni olib borishga undamoqda. Charm buyumlar texnika va texnologiyasi muammolari bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, kafedrada o‘tgan yillar davrda Davlat byudjeti asosida bir necha million so‘m miqdorida ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. Ilmiy izlanishlar natijasida qator maqolalar chop etildi va ixtirolar uchun guvohnomalar olindi. Kafedrada hozirgi kunda Davlat byudjeti tomonidan mablag‘langan 4 ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilmoqda. Kafedra Respublikamizning bir qator poyabzal ishlab chiqarish qo‘shma korxonalarida “Nafis” Respublika poyabzal modellar uyida, “Poyabzalchi”, “Charm-attor”, “Ulkan-Laziz”, ‘Osiyo charm fayz” MChJ, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi qoshidigi “Charm poyabzal dizayn markazi” va bir qator kichik korxonalar bilan innovatsion hamkorlik ish olib boradi. 
Kafedrada hozirgi kunda 3 ta ishlab chiqarish korxonalarida filiallari mavjud boʼlib. Bular:
MChJ “Nafis”;
MChJ “Ulkan laziz”;
MChJ “Charm poyabzal invest”.
Barcha filiallar Toshkent shaxrida joylashgan.
      Oʼzbekiston Respublika Prezidentining 2909-son qarori asosida 2020 yil Jaxon taraqqiyot banki mablagʼlari boʼyicha 16 turdagi teri va moʼynaga ishlov berish va taxlil etish jihozlari keltirildi.

    2014-2015 o’quv yilda kafedraning katta o’qituvchisi D.Z.Pazilova O’zbekiston Respublikasi bo’yicha o’tkazilgan “ENG YAXSHI PEDAGOG” yil tanlovida “Innovatsion g’oyalarni qo’llovchi eng yaxshi pedagog” nominatsiyasi g’olibligini qo’lga kiritgan.

 

    2018 yil dosent N.Mirzaev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg‘armasi orqali “Don davlat texnika universiteti”ning filiali Shaxti shaxridagi Institut sferi obslujivaniya i predprinimatel’stva (ISOiP) 2018 yil 2 noyabrdan 30 noyabrgacha malaka oshirishda (stajirovka o‘tash) bo‘ldi.

                                                                         YARATILGAN ADABIYOTLAR
                                                                                                                          
2018 yilda T.J.Qodirov, A.Yu.Toshev “Charm va mo‘ynani pardozlash” darslik.
 
 
2019 yilda S.Maksudov “Charm buyumlar texnologiyasi” darslik.
 
 
 
2020 yilda O.Xaydarov “Amaliy antropologiya va biomexanika” darslik.
 
O.Xaydarov, N.Mirzaev “Charm buyumlariga oid O‘zbekcha-ruscha-inglizcha” izohli lug‘at.
 
           
 
2021 yilda A.Djurayev, N.Mirzayev, D.Pazilova, J.Ahmedov “Poyabzal korxonalarini loyihalash” darslik.
 
2021 yilda M.B.Shamsiyeva, D.T.Maksudova “Первичная обработка кожевенно-мехового сырья” darslik.
 
               
2022 yilda T.J.Qodirov, A.Yu.Toshev, N.A.Sodiqov “Charm va mo‘ynani korxonalari jihozlari” darslik.
 
2022 yilda A.A.Haydarov, D.Z.Pazilova, N.B.Mirzayev “Charm buyumlarini konstruksiyalash” darslik.
 
 

Davlat xizmatlari

Biz bilan aloqa

Manzil

Toshkent shahar shohjahon ko’chasi, 5 uy

call markazi

TEL : +(99871)  253 69-31,

           +(99871)  253 36-66

           +(99871) 253 63-51

           +(99871)  253 65-58

FAX: +(99871) 253-36-17 

Email : pochta@mail.ttyesi.uz

Devonxona

Dushanba – Juma 08:00 – 17:00

institutga keluvchi jamoat transportlari

77, 32,98

error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!