YANGILIK VA TADBIRLAR

Charm poyabzal va aksessuarlar yosh dizaynerlarning Respublika tanlovi

uzcharmStyle

“О‘ZCHARMSANOAT” Uyushmasi hamda TOSHKENT TО‘QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTI poyabzal, akssesuarlar, charm va mо‘yna buyumlari yosh dizaynerlarini «UZCHARM STYLE-2021» respublika tanlovida ishtirok etishga taklif etadi.

Tanlov tashkilotchilari – О‘zcharmsanoat uyushmasi va Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti (ТTYESI).
TANLOV MAQSADI
– oliy va о‘rta maxsus ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yosh mutaxassislar va talabalar orasida poyabzal, charm attorlik, charm va mо‘yna buyumlari ishlab chiqaruvchilarning iqtidorli dizaynerlarini aniqlash va rag‘batlantirish;
– poyabzal, charm va mо‘yna buyumlari dizaynerlari, modelyer-konstruktorlarining  maqomini oshirish;
– charm-poyabzal soha mutaxassisliklarini ommalashtirish
-iqtidorli yosh dizaynerlarni professional о‘sish imkoniyatlarini yaratish
– ijodiy va professional aloqalarni samarali о‘rnatish.
TANLOV QUYIDAGI NOMINATSIYALAR BО‘YICHA О‘TKAZILADI
 •         Eng yaxshi erkaklar poyabzali dizayni”;
•          “Eng yaxshi ayollar poyabzali dizayni”;
•          “Eng yaxshi bolalar va о‘smirlar poyabzali dizayni”;
•          “Eng yaxshi sport mahsulotlari dizayni”;
•          “Eng yaxshi charm- attorlik buyumlari  va aksessuarlar dizayni”;
•          “Qorakо‘l va charmdan tayyorlangan eng yaxshi ayollar kiyimi dizayni”;
•          “Qorakо‘l va charmdan tayyorlangan eng yaxshi erkaklar kiyimi dizayni”;
Tanlovda 30 yoshgacha bо‘lgan poyabzal, aksessuarlar va charm-mо‘yna buyumlari dizayni, konstruksiyasi va ishlab chiqarish texnologiyasi bо‘yicha ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari talabalari, korxonalarda faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar ishtirok etishi mumkin.
Tanlov 2-bosqichda о‘tkaziladi:
I-bosqich, 2021 yil 25 sentabrdan 25 oktabrgacha Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutida о‘tkaziladi;
I-bosqich g‘oliblari va sovrindorlari final ishtirokchilari hisoblanadi va tanlovning
II-bosqichiga yо‘naltiriladi;
II-bosqich,  poyabzal, aksessuarlar va charm-mо‘yna buyumlari tayyorlangan model namunalarining bosqichi
Ikkinchi bosqich 2021-yil 9-11 noyabr kunlari о‘tkazilib, hakamlar hay’ati va tanlov mehmonlari qarshisida tayyor modellar namoyishi bilan qatnashiladi.
Tanlov g‘oliblari va laureatlarini tantanali taqdirlash 2021-yil 11-noyabr kuni Toshkent shahrida bо‘lib о‘tadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun elektron pochta orqali rо‘yxatdan о‘tilishi va quyidagi hujjatlarni 2021 yil 25 oktabrdan kechiktirmay Tashkiliy qо‘mitaga topshirishilishi shart:
  • 3×4 sm о‘lchamdagi fotosuratli ishtirokchi anketasi;
  • pasport nusxasi
  • tanlov ishlari (A3 formatdagi 2 varaqli modellarning eskizlari va tо‘plam modellarining fotosuratlari)
uzcharmstyle@gmail.com elektron pochtasi yoki +998901340888 telegram raqami orqali yuborilishi, yoki 2021 yil 25 oktabrdan kechiktirmay, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shohjahon kо‘chasi – 5 (Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti 5-bino, 201-xona) manziliga yetkazilishi kerak.
Batafsil ma’lumotni quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin: +998901340888
+998900245142
Ishtirokchining anketasi 

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!