YANGILIK VA TADBIRLAR

DIQQAT E’LON!

1

Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutida mamlakatimizda amalga oshiralayotgan keng kо‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta о‘zlashtirib, blogerlik faoliyatini shakllantirish maqsadida “Eng yaxshi bloger” onlayn tanlovi о‘tkaziladi.

           Tanlovda talaba blogerlar tomonidan blogida yoritilgan xabar, tahliliy maqola, fotoreportaj va boshqa yо‘nalishi bо‘yicha hujjat topshirishlari mumkin.

           Materiallar tanlov mavzusi bо‘yicha yozilishi lozim va blogpostlar soni    3 tagacha bо‘lishi lozim.

           Talaba blogerlarning ijtimoiy tarmoqlardagi bloglari yoki agar mavjud bо‘lsa veb-saytlari havolasi kо‘rsatilishi lozim.

           Talaba blogerlarning ijtimoiy tarmoqlardagi kuzatuvchilarining soni ham inobatga olinadi

           Yuqoridapi talablarga javob bermaydigan ijodiy ishlar qabul qilinmaydi. Mualliflik huquqi buzilishiga yо‘l qо‘yilmaydi. Plagiat holati aniqlanganda ish tanlovdan chetlatiladi.

Tanlov 10 ballik tizim asosida baholanadi.

Xujjatlarni taqdim etish tartibi

           Tanlov ishtirokchilarining ishlari ijtimoiy tarmoqlarlarda yoritilib, yoritilgan materiallarining Print Screen (skrinshot) havolasi taqdim etiladi.

           Barcha ijodiy ishlar Ishchi guruh (i.bulanow@gmail.com, +998331832222)ga taqdim etiladi.

           Ijodiy ishlar ishtirokchi talaba-yoshlarning о‘qish joyi, fakulteti, kursi va ta’lim yо‘nalishi tо‘liq kо‘rsatilgan holda takdim etiladi.

           Hujjatlar joriy yilning 21 mayiga qadar qabul qilinadi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!