YANGILIK VA TADBIRLAR

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI О‘Z ISHINI BOSHLADI

333
Joriy yil 21-oktabr kuni Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutida О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-martdagi 78-F-son Farmoyishi bilan tasdiqlangan “О‘zbekiston Respublikasida 2021-yilda xalqaro va respublika miqyosida о‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy texnik tadbirlar rejasi” da belgilangan tadbirlarni amalga oshirish hamda О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 6-martdagi 122-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida tashkillashtirilgan “Paxta tozalash, tо‘qimachilik, yengil sanoat, matbaa ishlab chiqarish texnika-texnologiyalarni modernizatsiyalash sharoitida iqtidorli yoshlarning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanining ochilish marosimi va yalpi majlisi bо‘lib о‘tdi.
Anjumanda institut rektori t.f.d. I.K.Sabirov hamda “О‘ztо‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi maslahatchisi t.f.n. Dilbar Muxamedova ishtirok etishib, anjuman borasidagi tabrik nutqlari bilan yalpi majlis qatnashchilarini qutlashdi. Yalpi majlisda tayanch doktorantlar I.R.Shamsiyev va O.Xaqnazarova, magistrant K.M. Ismailova о‘z ma’ruzalari taqdimotlarini namoyish qilishdi. Ishtirokchilar о‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Shо‘ba yig‘ilishlari esa davom etmoqda.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!