YANGILIK VA TADBIRLAR

“Korrupsiyani birgalikda yengamiz!” shiori ostida o‘tkazilgan tanlovning taqdirlash tadbiri o‘tkazildi

photo_2021-11-27_12-09-15
❇️Har qanday davlat korrupsiyaga qarshi keskin kurashmas ekan, istiqboli so‘roq ostida qoladi. Shunga muvofiq, o‘z taraqqiyot yo‘lini qat’iy belgilab olgan mamlakat siyosatida ushbu yo‘nalish ustuvor ahamiyat kasb etadi. Xususan, yurtimizda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga qarshi murosasiz kurash kechmoqda.
✅Shu munosabat bilan 2021-yilning 2-dekabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Paxta sanoati texnologiyasi fakultetida “9-dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan “Korrupsiyani birgalikda yengamiz!” shiori ostida o‘tkazilgan tanlovning taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda fakultet dekan o‘rinbosarlari F.Sirojiddinov, I.Yusupov, fakultet tyutorlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
♻️Ushbu tadbirning taqdirlash qismini dekan o‘rinbosari I.Yusupov olib bordi va “Eng yaxshi ijtimoiy videorolik”, “Eng yaxshi insho” hamda “Eng yaxshi chizilgan rasm” nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib bo‘lgan talabalarga fakultet tomonidan diplomlar topshirildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!