YANGILIK VA TADBIRLAR

Korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

photo_2021-12-04_11-04-40
Davlatda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘lmas ekan uning kelajagi yaxshi bo‘lmaydi. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yurtimizda ham juda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Biroq, shunga qaramay, hamon jamiyatda noqonuniy “oldi-berdi”lar uchrab turgani hech kimga sir emas. Shunday ekan, korrupsiyaga karshi kurash bir zum ham to‘xtamaydi, uning samarali usullari, ta’sirchan choralari ishlab chiqilaveradi. Prezidentimizning 2019-yil 27-maydagi “O‘zbekistan Respublikasida korrupsiyaga karshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ana shu borada qo‘yilgan keyingi muhim qadam bo‘ldi.
Shu munosabat bilan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Matbaa texnologiyasi fakulteti tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda ham fakultet miqyosida “Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq” shiori ostida o‘tkazilgan “Eng yaxshi video rolik”, “Eng yaxshi insho”, “Eng yaxshi devoriy gazeta”lar tanlovi g‘oliblari diplomlar bilan taqdirlandi. Talabalar ijod namunalaridan tayyorlangan video roliklar va devoriy gazetalar tadbir ishtirokchilariga e’tiboriga havola qilindi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!