YANGILIK VA TADBIRLAR

Maktab

2022-yilning 12-may kuni Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida joylashgan 100-maktabning 2-sinf o‘quvchilarining Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Yigirish texnologiyasi”, “Ipak texnologiyasi” va “To‘qimachilik matolari texnologiyasi” kafedrasi o‘quv laboratoriyalariga sayohati uyushtirildi.

Mazkur amaliy jarayonlarni bolajonlarga tanishtirib chiqishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ularning yoshlikdan kasbga bo‘lgan qiziqishini ortishiga, kelajakka maqsad qo‘yib, ishonch harakat qilishiga zamin yaratadi.

Institut mutaxassislari tomonidan laboratoriya jihozlarining ishlash jarayonlari ko‘rsatib chiqildi. Garchi mazkur asbob-uskunlarning ishlatilish mexanizmiga tushunmagan bo‘lsalar ham, ularning ko‘zida sayohat natijasida bir olam quvonchni ko‘rish mumkin. Ayniqsa, ipak qurtlarining parvarishlanishi maktab o‘quvchilariga yanada zavq baxshida etdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!