YANGILIK VA TADBIRLAR

Ipak qurti parvarishi

photo_2022-05-14_11-26-26

Urug‘ yerga tushib chechak bо‘ldi,
Qurt jondan kechib ipak bо‘ldi.
Lola tuxumicha g‘ayrating yо‘qmu?!
Ipak qurticha himmating yо‘qmu?!

Joriy yilda Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Ipak texnologiyasi” kafedrasi professor-о‘qituvchilari, doktorant, magistr va bakalavr talabalari bilan birgalikda kafedra qoshidagi Qurtxonada 2022-yilning aprel oyida “О‘zbekipaksanoat” uyushmasi bilan hamkorlikda hamda uning tarkibida faoliyat yuritayotgan Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutidan ipak qurtining 10 dan ortiq mahalliy “Gulshan”, “Parvoz-1”, “Parvoz-2”, “Ipakchi-1”, “Ipakchi-2”, “Liniya-51”, “Liniya-203xParvoz-1”, “Liniya-207xParvoz-1”, “Liniya-207xS-8”, “Liniya-203xS-8” zotlari hamda xorij “Xitoy” va “Xitoy-K108” duragaylari namunalari keltirilib boqilmoqda.

О‘tgan yillarda institut hududida jami 1000 tupga yaqin tut kо‘chatlari о‘tqazilgan. Shundan 539 tup kо‘chatlar intensiv tomchilatib sug‘orish usulida о‘stirililib, tut plantatsiya barglaridan ipak qurtiga ozuqa sifatida foydalanilmoqda. Hozirgi vaqda parvarishlanayotgan qurtlar 5-yoshga о‘tib, pilla о‘rash arafasida turibdi.

Kelgusida kafedra qoshida mini talabalar Ipakchilik klasteri tashkil etilishi kо‘zda tutilgan bo‘lib, yetishtirilgan pilla hosillari doktorant va magistrlar ilmiy ishlarini olib borishda hamda bakalavr talabalariga dars jarayonida tajribalarni о‘tkazish uchun foydalaniladi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!