YANGILIK VA TADBIRLAR

Tashkent Fashion & Textile Expo – 2022

photo_2022-06-24_10-16-23

Joriy yilning 23-iyun kuni Poytaxtimizning “O’zexpomarkazi”da Tashkent Fashion & Textile Expo – 2022 o‘zbek va turk qo‘shma hamkorligi asosida ko‘rgazma ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur ko‘rgazmada mashxur brendga ega turk firmalarining ishlab chiqarish to‘qimachilik mahsulotlari, matolari, kiyim-kechak, poyabzal mahsulotlari namoyish qilindi. Hamkor korxona vakillari bilan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti xodimlari, talabalari yaqindan tanishib, o‘zaro firk almashdilar.

Qolaversa, ko‘plab turk kompaniyalarining O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish markazlari mavjud bo‘lib, ushbu ko‘rgazmani tashkil etishdan asosiy maqsad, ishlab chiqarish sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish hisoblanadi. Shuningdek, yarmarka doirasida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan ko‘plab mahsulotlar ko‘rgazmasi ham tashkil qilindi.

Ko’rgazma 23, 24, 25-iyun kunlari davom etadi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!