YANGILIK VA TADBIRLAR

Ijodiy imtihon jarayonidan lavhalar

Ayni damlarda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida yangi o‘quv yili uchun Dizayn (kostyum dizayni) va Dizayn (poyabzal va aksessuarlar) bakalavriyat ta’lim yo‘nalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda.

Ta’lim yo‘nalishlariga jami 370 nafar abituriyent hujjat topshirgan bo‘lib, shulardan 27 nafari imtihonga noma’lum sabablarga ko‘ra kelmadi.

Mazkur jarayonlarga abituriyentlar bilan birgalikda turli viloyatlardan ota-onalar ham tashrif buyurgan bo‘lib, ularga o‘z o‘rnida barcha qulayliklar yaratilgan. Shaffoflik va adolatlilikni ta’minlash maqsadida imtihonlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri kamera orqali kuzatilmoqda.

Onlayn kuzatish: https://imtihon.edu.uz/ hamda web.ttyesi.uz

Murojaat uchun: (+99871) 253-36-66

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!