YANGILIK VA TADBIRLAR

Trening qatnashchilari sertifikat bilan taqdirlandi

photo_2022-09-24_08-10-51

Joriy yilning 20-23 sentabr kunlari Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Germaniya rassomlik va dizayn universitetining xalqaro ekspertlari ishtirokida dizaynerlar va talabalar uchun chiqindisiz loyihalash (Zero Waste Design) bo‘yicha trening o‘tkazildi.

“Oʻzbekiston va Tojikistonda atlas va ipakning barqaror rivojlanishini tiklash” loyihasi doirasida tashkil etilgan, mazkur trening Istanbuldagi “Esmod” moda maktabi eksperti Jasmina Benferxat hamda Germaniyaning “Burg Giebichenstein Halle” sanʼat va dizayn universiteti mutaxassislari tomonidan olib borildi.

Trening yakunlangandan so‘ng ishtirokchilar rasmiy sertifikatlar taqdim etilib, 4 oylik (2022-yil oktabrdan 2023-yil fevraligacha) atlas va adrasdan zamonaviy liboslar qo‘shma kolleksiyasini yaratishga bag‘ishlangan loyihada ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!