YANGILIK VA TADBIRLAR

Xalqaro tajriba

To‘qimachilik sanoati murakkab va xilma-xil tarmoqlardan iborat bo‘lib, uning eng yirik mexanizmlaridan biri ip yigirish jarayonidir. Ular tabiiy va kimyoviy tolalardan sifatli iplar tayyorlash, orqali eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish uchun to‘quvchilarga katta imkoniyatlar yaratib beradi. Hozirda respublikamiz qo‘shma korxonalari Germaniyaning “Trutzschler” va “Saurer” kompaniyasiga qarashli “Schlafhorst”, “Volkmann” va “Zinser”, Shvetsariyaning “Rieter” firmalarining zamonaviy texnologiyalari bilan jihozlangan.

Institutning “Yigirish texnologiyasi” kafedrasi o‘quv laboratoriyasida o‘rnatilgan titish-tozalash agregati, markali tarash, piltalash, piliklash, halqali yigirish, markali pnevmomexanik yigirish, markali qayta o‘rash, sopmact ip pishitish mashinalarining eng so‘nggi turlaridan foydalanilmoqda. Ushbu uskunalarni yanada mukammal bilish esa xorijiy tajribani o‘rganishni talab qiladi. Shu sababli Mister Rolf Willen “Yigirish texnologiyasi” va “To‘qimachilik matolari texnologiyasi” kafedralarining bir qator professor-o‘qituvchilari bilan seminar trening darslarida Shvetsariyaning “Rieter” firmasi zamonaviy texnologiyalari, ulardan samarali foydalanish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda qo‘llanilish, ishlab chiqarishda sifatli mahsulotlar yetkazib berishdagi texnologiyaning imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar olib, seminar trening davomida o‘zlarining malakalarini oshirishmoqda.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!