YANGILIK VA TADBIRLAR

Institutda imkoniyati cheklangan talabalar o‘rtasida “Eng yaxshi talaba” nomiga ega bo‘lishni xohlovchi talaba yoshlar diqqatiga! 

photo_2022-10-22_09-51-37

Ushbu tanlov aynan sizlar uchun  Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talaba-yoshlarni jamiyatga davlatga yetuk, yosh, raqobatbardosh ,kadrlarni yetishtirib berish,  intellektual salohiyatini oshirish, iqtidorli talabalarni aniqlash, ularning o‘z salohiyatlarini namoyon etishlariga imkoniyatlar yaratish, jamoatchilik, fidoyilik fazilatlarini shakllantirish, talabalik nufuzini oshirish hamda rag‘batlantirish maqsadida “Eng yaxshi talaba” tanloviga start berdi.

 Tanlovda ishtirokchilar quyidagi  hujjatlarni topshiradi:

– tanlov ishtirokchisining qobiliyati, fanlarni o’zlashitirish darajasi, yetakchilik

qobiliyati, erishgan yutuqlari, darslardagi faol ishtiroki, talabalarga o‘rnak bo‘ladigan jihatlari va jamoat ishlaridagi faoliyati haqidagi ma‘lumotlar bayon etilgan ikki betdan oshmaydigan hajmdagi taqdimnoma;

– tanlov ishtirokchisining fanlarni o‘zlashtirish natijalari aks etgan hujjatlar

(baholarni qayd etish varaqalari, talabaning baholarni o‘zlashtirish sinov daftarchasi)

nusxalari;

-tanlov ishtirokchisining nashr etilgan ilmiy, ilmiy-uslubiy, ijodiy ishlari, ularga

tegishli mutaxassislardan olingan taqrizlar bilan birga va ijodiy ishlarning elektron

shakli;

– xalqaro va respublikamiz miqyosida o‘tkazilgan tadbirlar, tanlovlarda faxriy

yorliqlar va diplomlar bilan taqdirlanganlik  to‘g‘risidagi ma‘lumotlar (nusxalari ilova qilinadi);

-grantlarda ishtirok etgani to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, grantning nomi,

moliyalashtirish hajmi, ishtirokning shakli va darajasi ko‘rsatiladi (agar mavjud

bo‘lsa).   Tanlovda uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan imkoniyati cheklangan (1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan ) talabalar ishtirok etishi mumkin.

Tanlov ikki bosqichda:

-Institut bosqichi;

-Respublika bosqichida bo‘lib o‘tadi.

Ishtirokchilar tomonidan tayyorlanadigan hujjatlar to‘plami hamda rag‘batlantirish to‘g‘risida Nizom orqali tanishishingiz mumkin.

Hujjatlar 20-oktabrdan 28-oktabrga qadar Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga taqdim etiladi.

175-буйруқСкачать

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!