YANGILIK VA TADBIRLAR

IJARADA YASHAYOTGAN TALABA-YOSHLAR DIQQATIGA!

photo_2022-10-03_09-37-14

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan to‘lanadigan ijara to‘lovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil
24-sentabrdagi 605-son qaroriga muvofiq Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida tahsil olib, Ijarada yashayotgan talabalarga 2022-yil Oktabr oyi uchun oylik ijara to‘lovining bir qismi to‘lab berilayotganini ma’lum qilamiz.

Ariza beruvchi tomonidan oyning
7-sanasiga qadar arizalar mas’ullarga taqdim etilsin. Ushbu muddatlar tugagandan keyin taqdim etilgan arizalar ko’rib chiqilmaydi.

Bunda talaba-yoshlardan quyidagi kerakli hujjatlarni institutdagi mas’ul xodimga taqdim etishlari so‘raladi:

  • Rektor nomiga 2 nusxa ariza;

  • O‘z nomiga tuzilgan ijara shartnomasi.

    Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:

    71 253 11 93

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!