YANGILIK VA TADBIRLAR

Talabalar va tadbirkor ishtirokida mahorat darsi bo’lib o’tdi

Joriy yilning 1-dekabr kuni institutga qarashli Kor-Uz texnoparkida tadbirkor “Chust textile” korxonasi asoschisi J.X.Ismatullayev bilan mahorat darsi tashkil etildi.
Unda institut o’quv ishlari bo’yicha prorektor X.H.Kamilova, rektor maslahatchisi K.Xondamirovich, barcha fakultet dekan o’rinbosarlari hamda talabalari faol ishtirok etishdi.
Asli Namangan viloyati Chust tumanida tavallud topgan, Moliya institutini tamomlagan J.X.Ismatullayev To’qimachilik sanoatiga qanday kirib kelgani ,shu darajaga erishishdagi qiyinchilik yo’llari hamda ularni qanday qilib yengib o’tgani haqida talaba-yoshlarga batafsil ma’lumot berdi.
Mahorat darsi so’nggida talabalar tomonidan berilgan savollarga to’liq javob berdilar.
Eng qiziqarli, odamni o’ylantiradigan savol bergan talabaga tadbirkor tomonidan kutilmagan konvertda 100$ pul mukofoti taqdim etildi

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!