YANGILIK VA TADBIRLAR

TTYESI tadbir

Joriy yilning 5-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yillik yubileyi munosabati bilan YeSTDF “Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat” kafedrasi hamda TSTF hamkorligida “Konstitutsiya – Yangi O’zbekiston taraqqiyotining huquqiy asosi” nomli tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari – Z Xudoyberdiyev, A.To’lagenova, O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar masalalari bo’yicha rais o’rinbosari, Xalq deputatlari Sergeli tuman deputati U.Muxammedov va Toshkent davlat Yuridik universiteti professorlari – M.A.Utemuratov, S.T.Akobirova, M.G.Shamsitdinovalar Konstitutsiyaga oid ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Tadbirda talabalar tomonidan tayyorlangan musiqiy, sahna kòrinishlari qo’yildi.
Hamda hafta davomida talabalar o’rtasida o’tkazilgan insholar va devoriy gazetalar tanlovi g’oliblariga O’zLiDeP tashkilotchilar tomonidan faxriy yorlig’i hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!