YANGILIK VA TADBIRLAR

«Matematika va informatika» kafedrasi professor-oʼqituvchilari ishtirokida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasini oʼrganish

Toshkent toʼqimachilik va yengil sanoat instituti Matbaa texnologiyalari fakulteti Matematika va informatika kafedrasi tashabbusi bilan 28.12.2022 yil kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini targʼib etishga bagʼishlangan tadbir boʼlib oʼtdi.
Tadbirda kafedraning professor-oʼqituvchilari ishtirok etdi.
Davra suhbatida kafedra mudiri N.Sabirov, professor А.Mamatov, kafedraning katta oʼqituvchisi А.Qushbaqov mazkur tarixiy Murojaatnoma davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini yanada rivojlantirish, inson huquq va manfaatlarini taʼminlash, taraqqiyotimizning yangi bosqichi uchun dolzarb vazifalarni belgilab berganini qayd etdi.
Davra suhbatida Shavkat Mirziyoev 2023 yilni “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” deb eʼlon qilganligi, “Taʼlim sifatini oshirish – Yangi Oʼzbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona toʼgʼri yoʼlidir!”.deb eʼtirof etilganligi, taʼlim sohada boshlagan islohotlarimizni davom ettirish siyosati ustuvor yoʼnalishlarga bagʼishlangan maʼruzalar tinglandi.
Shuningdek Prezidentimizning taʼkidlashicha, taʼlim sifatini oshirish Yangi Oʼzbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona toʼgʼri yoʼlidir:«Yusuf Xos Hojib bobomiz aytganlaridek, „Zakovat bor joyda ulugʼlik boʼladi, bilim bor joyda buyuklik boʼladi“. Shuning uchun ushbu sohada boshlagan islohotlarimizni davom ettirishimiz, taʼlim dargohlariga borib, oʼqituvchi va murabbiylar bilan koʼproq muloqot qilib, sifatni oshirish boʼyicha ular qoʼygan masalalarni birgalikda hal qilishimiz zarur».
Shavkat Mirziyoev oʼqituvchi va murabbiylarning «obroʼi joyiga qoʼyilsa», maktablar, maktabgacha taʼlim tashkilotlari va oliygohlarda sifat oʼzgarishlarin amalga oshirilsa, «butun harakatlarimiz ikki-uch karra oʼzgarishi»ni aytib oʼtdi. «Yutuqlar bizniki boʼladi, faqat bilim kerak. Bilim kerak, nimaga desangiz, har birimiz orqamizga qarab, qanday buyuk ajdodlarning farzandi ekanimizni hech qachon unutmasligimiz kerak» — deya qoʼshimcha qildi prezident.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!