Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti

Toshkent to‘qimachilik instituti 1932 yilda tashkil topgan. Dastlabki yillarda institutda ikkita fakultet mavjud edi: "Paxtani dastlabki qayta ishlash" va "Mexanik texnologiya", 4 ta mutaxassislik bo'yicha bitiruvchi mutaxassislar: paxtani dastlabki qayta ishlash, to'quv, yigiruv va ipak texnologiyasi. 1932-33 o'quv yilida institut dastlabki 125 talabani qabul qildi.

REKTOR
VAHABOV DAVRON ABDUJALOLOVICH
DONOLAR FIKRLARI
Muhokama

TOSHKENT TOʼQIMАCHILIK VА YENGIL SАNOАT INSTITUTI TАLАBАLАRI DIQQАTIGА!

photo_2023-01-09_08-45-32

Mamlakatimizda havo haroratini pastligini inobatga olgan holda Toshkent shahar hokimligi tomonidan Toshkent shahridagi barcha taʼlim muasasalarida qishki taʼtil muddatini shu yilning
22 yanvarigacha uzaytirish va oʼquv mashgʼulotlarini 23 yanvardan boshlash toʼgʼrisidagi tavsiyasiga asosan institut rahbariyati quyidagilarni maʼlum qiladi:
Toshkent shahrida yashaydigan va shu kunga qadar oʼqishni davom ettirish uchun Toshkent shahriga yetib kelgan 1 kurs bakalavriat taʼlim yoʼnalishlari va magistratura mutaxassisliklari talabalari uchun oʼquv mshgʼulotlari hamda 2 va 3 kurs talabalari uchun barcha fanlardan konsulьtatsiyalar va yakuniy nazoratlar topshirish 2023 yil 23 yanvardan bosqichma-bosqich tashkil etiladi. Bunda:
Mamlakatimiz viloyatlaridan kelib tahsil oladigan talabalarga mavjud muammolarni (shaharlararo transport qatnovidagi muammolar, yoʼllarning yaxmalakligi, yoʼl haqining sunʼiy oshib ketishi, ota — onalarni xavotir olishlari va h.k) inobatga olgan holda hamda talabalarga qoʼlay sharoit yaratish maqsadida Institutga 23 yanvardan kech yetib kelgan talabalarga qoʼshimcha oʼquv mashgʼulotlari hamda barcha fanlardan yakuniy nazoratlarni qoʼshimcha topshirishlariga imkoniyat yaratiladi.
Institutning 4-kurs talabalari uchun 23 yanvardan 28 yanvarga qadar mutaxasislik kafedralarida malaka amaliyotlari hisobotlarini topshirishlari tashkil etiladi va 30 yanvardan 2022-2023 oʼquv yili bahorgi semestri oʼquv mashgʼulotlari tasdiqlangan jadval asosida boshlanadi.

Maʼlumot uchun: Xozirda institutning oʼquv binolari va talabalar turar joylari issiqlik manbalari bilan taʼminlangan hamda talabalarni qabul qilishga tayyor xolatda. TTJga yetib kelgan hamda Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi talabalar bilan 2023 yil 16 yanvardan boshlab konsulьtatsiya va qayta topshirish ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.

Davlat xizmatlari

Biz bilan aloqa

Manzil

Toshkent shahar shohjahon ko’chasi, 5 uy

Qabulxona

TEL : +(99871) 253-06-06

FAX: +(99871) 253-36-17 

Email : mail.ttyesi.uz

Devonxona

Dushanba — Juma 08:30 — 17:00

institutga keluvchi jamoat transportlari

77, 32,98

error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!