YANGILIK VA TADBIRLAR

Institut rektorining bayram tabrigi

13
Hurmatli hamkasblar!
Siz azizlarni, bugungi qutlug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
1989-yil 21-oktabrda, g‘oyat murakkab ijtimoiy-siyosiy sharoitda yurtimizda “Davlat tili haqida”gi qonunning qabul qilinishi milliy mustaqillik sari qo‘yilgan muhim qadam bo‘lganini barchamiz yaxshi eslaymiz. Jamoatchiligimiz, yurtdoshlarimizning xohish-istaklari inobatga olinib, ushbu tarixiy sanani O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlamoqdamiz.
Til – millat tafakkurining bebaho xazinasi hisoblanadi. Davlat tilining obro‘-eʼtibori – butun xalq, butun jamiyatning obro‘-eʼtiboridir. Аtoqli maʼrifatparvar Аbdulla Аvloniy bobomiz aytganidek, til – millat ruhini yuksaltiruvchi buyuk kuchdir. Shu maʼnoda, Ona Vatanga muhabbat va sadoqat – ona tiliga muhabbat va sadoqatdan boshlanadi, desak, yanglishmagan bo‘lamiz.
Sizlarni O‘zbek tili bayrami bilan yana bir bor samimiy tabriklayman. Barchangizga sog‘lik-omonlik, baxtu saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman. O‘zbek tilimiz hamisha bezavol yashasin, doimo mag‘rur yangrasin!
Hurmat bilan, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori, Ilxom Sabirov.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!