Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti

Toshkent to‘qimachilik instituti 1932-yilda tashkil topgan. Dastlabki yillarda institutda ikkita fakultet mavjud edi: "Paxtani dastlabki qayta ishlash" va "Mexanik texnologiya", 4 ta mutaxassislik bo'yicha bitiruvchi mutaxassislar: paxtani dastlabki qayta ishlash, to'quv, yigiruv va ipak texnologiyasi. 1932-1933 o'quv yilida institut dastlabki 125 talabani qabul qildi.

Ichki nazorat va manitoring bo'limi

 

Bo’lim boshlig’i: Abdugaffarov Abdusattаr Abdujabbarovich       
Qabul qilish kunlari:  Seshanba,   Juma  (15:00 – 17:00 )
Телефон: (0 371) 253-66-18
Email: monitoring.17@mail.ru

       “Monitoring va ichki nazorat” bо‘limi 2001-yilda tashkil topgan. Bо‘limga 2001-2003 yillarda dotsent S.Bobojonova; 2003-2005 yy.  dotsent S.Kamolova; 2005-yil oktabr oyidan dotsent A.Abdugaffarov rahbarlik qilmoqda.
Monitoring va ichki nazorat bо‘limi о‘z faoliyatini:
– О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari tо‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarori;

– О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “О‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bо‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida” 1999 yil  29 martdagi 140-son qarori;
– Vazirliklar, davlat qо‘mitalari, idoralar, xо‘jalik birlash-malari, ularning tarkibiy va hududiy bо‘linmalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish hamda ijro intizomining ahvoli monitoringini olib borish Tartibi (О‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan 2009 yil 28 avgustda 11-10-son bilan tasdiqlangan);
– O’z DSt 1157-2008, USD SORD. Hujjatlarni rasmiylashtirishga bо‘lgan talablarga muvofiq tuzilgan bо‘lib, Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutida ish yuritish va hujjatlar bilan ishlash hamda ularning bajarilishi ustidan nazoratni tashkil qilish hamda bо‘limning Nizomiga qat’iy amal qilgan holda olib boradi.
“Monitoring va ichki nazorat” bо‘limi “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonunda belgilangan vazifalarning bajarilishi, о‘quv-ta’lim jarayo-nida О‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruq va Hay’at qarorlarining bajarilishi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida qо‘yilgan masalalar hamda institut Kengashining qarorlari, institut rektorining buyruqlarini о‘z vaqtida ijro etilishini nazorat va tahlil qilish maqsadida tashkil etilgan. Shu bilan birga, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi va institut rektorining virtual qabulxonalariga tushgan murojaatlar monitoringini olib boradi.
Bо‘limning asosiy vazifasi:
    О‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’ati qarorlari, vazir buyruqlari, topshiriq va xat-hujjatlari hamda institut Kengashi qaroralari, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, institut rektori buyruq va topshiriqlari ijrolarini monitoringini va nazoratini olib borish, har oy va har chorakda vazirlikka hisobot tayyorlash hamda bu asosiy vazifa bо‘yicha institut Kengash yig‘ilishlarida axborot berib borishdan iborat. Yuqorida ta’kidlab о‘tilganlar bilan birga, har hafta institut rektori tomonidan о‘tkaziladigan “Apparat yig‘ilishi”da ham doimiy haftalik ijro intizomi holati haqida axborot berib boriladi.

Mazkur asosiy vazifalarda qator ishlar amalga oshirildi.
          Institutda 2014 yil aprel oyidan yuqori tashkilotlardan kelgan barcha normativ-huquqiy hujjatlarni ijrosini о‘z vaqtida nazoratini ta’minlash yanada qulaylashtirish maqsadida elektron hujjat almashinuvi dasturi(exujjat.titli.uz) joriy qilindi. Buning natijasida qog‘ozbozlik va ijro intizomi uchun mas’ul bо‘lgan xodimlarni ortiqcha vaqt sarflashini oldi olindi.

Davlat xizmatlari

Biz bilan aloqa

Manzil

Toshkent shahar shohjahon ko’chasi, 5 uy

call markazi

TEL : +(99871)  253 69-31,

           +(99871)  253 36-66

           +(99871) 253 63-51

           +(99871)  253 65-58

FAX: +(99871) 253-36-17 

Email : pochta@mail.ttyesi.uz

Devonxona

Dushanba – Juma 08:00 – 17:00

institutga keluvchi jamoat transportlari

77, 32,98

error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!