Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti

Toshkent to‘qimachilik instituti 1932-yilda tashkil topgan. Dastlabki yillarda institutda ikkita fakultet mavjud edi: "Paxtani dastlabki qayta ishlash" va "Mexanik texnologiya", 4 ta mutaxassislik bo'yicha bitiruvchi mutaxassislar: paxtani dastlabki qayta ishlash, to'quv, yigiruv va ipak texnologiyasi. 1932-1933 o'quv yilida institut dastlabki 125 talabani qabul qildi.

Ilmiy anjumanlar

Diqqat e’lon!!!
Qadrli institut talaba-yoshlari!

2022-yilning 18-19 may kunlari institutda “Fan, taʼlim, ishlab chiqarish integratsiyalashuvi sharoitida paxta tozalash, toʻqimachilik, yengil sanoat, matbaa ishlab chiqarish innovatsion texnologiyalari dolzarb muammolari va ularning yechimi” mavzusidagi respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumani doirasida “Inno-Day” iqtidorli yoshlar ilmiy-innovatsion startap tanlovi oʻtkazilishini ma’lum qilamiz.
Tanlov quyidagi yoʻnalishlarda o‘tkaziladi:
Paxta sanoatida innovatsion texnologiyalar
Mexanika va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish
Toʻqimachilik sanoati texnika-texnologiyasi va innovatsiyalari
Dizayn va yengil sanoati innovatsion ishlanmalari
Matbaa va kimyo sanoati innovatsion ishlanmalari
Tanlovda ishtirok etish muddatlari:
Tanlov joriy yilning 18-may kuni oʻtkaziladi. Ishtirok etuvchilar papkaga jamlangan quyidagi hujjatlarni topshirishlari talab etiladi:
innovatsion ishlanma, uning qisqacha annotatsiyasi va taqdimoti (namuna asosida);
muallif haqida maʼlumotnoma (anketa);
dekanat tomonidan berilgan tavsifnoma;
ekspertlar xulosasi (tegishli kafedradan olinadi).
Hujjatlarni qabul qilish “Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi” tomonidan 2022-yil 10-mayga qadar qabul qilinadi.
Tanlov gʻoliblarini taqdirlash:
Eng yuqori natijaga erishgan ishtirokchilar tashkilotning sertifikat, diplom va pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
1-oʻrin: 3 million soʻm
2-oʻrin: 2 million soʻm
3-oʻrin: 1 million soʻm
Qo‘shimcha ma’lumotlarni Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimidan olishingiz mumkin.
Murojaat uchun tel:
(93) 584-97-79

“Inno-Day” IQTIDORLI YOSHLAR ILMIY-INNAVATSION TANLOVI NATIJALARI.MALAKALI KADRLAR TAYYORLASHDA ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATI MUHIM OMIL

Taraqqiyotning bugungi bosqichi bizning oldimizga yuqori malakali kadrlar tayyorlash bilan birga ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish, intellektual va moddiy resurslarni iqtisodiyotning rivojlanishiga ijobiy ta’sir kо‘rsatuvchi yirik ilmiy-amaliy dasturlarni, innovatsion loyihalarni tayyorlash, ularni ishlab chiqarishga yо‘naltirishda ta’lim, fan va amaliyotning bir-biri bilan uzviy aloqadorligini ta’minlash, bunday bog‘lanish va hamkorliklar samarasini hisobga olib ish yuritishni kun tartibiga qо‘ydi. Ushbu yо‘nalishdagi vazifalarni bajarishda biz ustozlarimizning hayotiy tajribalaridan, ularning ilmiy maktablari doirasida iqtidorli yoshlarimizning tegishli soha mutaxassislari bо‘lib yetishishlarini ta’minlashimiz, ish beruvchilarning joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini, hududlarning kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini e’tiborga olib tayyorlanayotgan mutaxassislar soni va ta’lim yо‘nalishlari uyg‘unligiga ham erishishimiz lozim.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 martdagi
101F-son Farmoyishi bilan tasdiqlangan “О‘zbekiston respublikasida 2022 yilda xalqaro va respublika miqyosida о‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy texnik tadbirlar rejasi” da belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida joriy yil 18-19 may kunlari institutimizda o‘tkazilgan “Fan, ta’lim, ishlab chiqarish integratsiyalashuvi sharoitida paxta tozalash, to‘qimachilik, yengil sanoat, matbaa ishlab chiqarish innovatsion texnologiyalari dolzarb muammolari va ularning yechimi” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda nafaqat institut, turdosh oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, magistrant va iqtidorli talabalari, qolaversa, «O‘zto‘qimachiliksanoat» kabi soxa uyushmalari, ilmiy tadqiqot instituti vakillari, soxa korxonalari yetakchi mutaxassislari ishtirok etishdi. Anjuman Akademik Maqsuda Agzamovna Xodjinovaning 110 yilligiga hamda Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi kafedrasining 70 yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, institut va soha olimlari tomonidan erishilgan ilm-fan yutuqlarini namoyish qilish bilan birgalikda o‘zaro tajriba almashish maqsadida tashkil qilindi. Unda nafaqat institut, balki turdosh OTMlarning professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, magistrant va iqtidorli talabalari, «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi, ilmiy tadqiqot instituti vakillari, soha korxonalari yetakchi mutaxassislari ishtirok etishdi.
Anjuman doirasida 4 ta sho‘ba ish olib borib unda jami 250 dan ortiq ma’ruzalar tinglandi. Unda doktorantlar, magistrlar va yosh iqtidorli talaba yoshlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari muhokama qilindi. Sho‘ba majlislarida eng yaxshi ma’ruza tanlovi o‘tkazilib g‘oliblar aniqlandi. 8-20 guruhi talabasi Akademik M.A.Xodjinova stipendianti A.Jumageldiyeva, 10-19 guruhi talabasi Beruniy Davlat stipendianti M.To‘lqunova, 8-20 guruhi talabasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi stipendianti K.Toshqulovalar yalpi majlisda o‘z ma’ruzalari bilan faol ishtirok etishdi. Sho‘balar bo‘yicha 1-o‘rin tayanch doktorant J.Mardonov, 8r-19 talabasi S.Xalilova, magistrant F.Muxiddinova, 11r-19 guruhi talabasi N.Abdanbekovalarga nasib etdi. G‘oliblar faxriy yorliq va sovg‘alar bilan taqdirlanishdilar.
Anjuman doirasida o‘tkazilgan “Inno-Day” iqtidorli yoshlar ilmiy-innovatsion startap tanlovi natijalariga ko‘ra, 1-o‘ringa Paxta sanoatida innovatsion texnologiyalar yo‘nalishi bo‘yicha M1-21 guruhi magistranti-Hamidov Odiljon Qambarali o‘g‘li, Dizayn va yengil sanoati innovatsion ishlanmalar yo‘nalishi bo‘yicha M10-11-20 guruhi magistranti-Qurbonova NilufarAzad qizi, To’qimachilik sanoati texnika-texnologiyasi va innovatsiyalari yo‘nalishi bo‘yicha M7-21 guruhi magistranti-Boysariyev Asqar Boymurodovich, Matbaa va kimyo sanoati innovatsion ishlanmalari yo‘nalishi bo‘yicha tayanch doktorant-Abdumajidov Anvar Abdumalikovichlar sazovor bo‘lishdi. G‘oliblarga 1-o‘ringa 1-darajali diplom va
3 mln. so‘mlik vaucher, 2-o‘ringa 2-darajali diplom va 2 mln. so‘mlik vaucher va
3-o‘ringa 3-darajali diplom va 1 mln. so‘mlik vaucher bilan taqdirlanishdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra saralab olingan ilmiy ishlanmalar respublika «INNOWEEK» innovatsion g‘oyalar haftaligiga tavsiya etiladi.

OAV dagi chiqishlar:

Taklifnoma va Dastur 18-19-may 2022

INTELLEKTUAL MULKKA EGALIK QILISH
BORASIDA
O‘QUV MASHG‘ULOTI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi PQ–221-son qarori bilan tasdiqlangan topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Adliya vazirligi tomonidan Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining intellektual mulk sohasidagi malakasini oshirish yuzasidan o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotlari grafigiga muvofiq 2022-yilning 6 iyun Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti xodimlarini intellektual mulk sohasidagi malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Mazkur o‘quv mashg‘ulotini institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor A.Gulamov ochib berdi. Unda О‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk markazi davlat muassasasi ixtiro va foydali modellar bо‘limi eksperti Xasanov Azimjon o‘zining “Ixtiro va foydali modelga talabnomani tayyorlash, ish yuritish va ekspertiza jarayoni” mavzusidagi taqdimoti bilan ishtirok etdi. O‘quv mashg‘ulotida institut professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, izlanuvchilar va yosh olimlar ishtirok etishdi. O‘quv mashg‘uloti yuqori ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Ishtirokchilar о‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ilmiy faoliyatlari jarayonida duch kelgan intellektual mulkni himoyalash, sohadagi ilmiy-tadqiqot va boshqa yangiliklariga egalik huquqlarini oshirish bо‘yicha ma’lumotlarga ega bо‘lishdi. O‘quv mashg‘uloti yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.  

Ma’lumot o‘rnida…

Joriy yilning 26-aprel kuni bo’lib o’tgan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligida “26-aprel – Xalqaro intellektual mulk kuni” munosabati bilan an’anaviy o‘tkaziluvchi eng yaxshi intellektual mulk obyekti “Best IP – 2022” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimida Butunjahon intellektual mulk tashkiloti tomonidan e’lon qilingan uchta nominatsiyadan “Intellektual mulk sohasidagi eng yaxshi korxona” deb e’tirof etilgan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti oltin medal va diplom bilan taqdirlandi. Shuningdek, institutining “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi mudiri Mastura Rasulova rahbarligida, Gavxarxon Orziqulova, Nilufar Qurbanova, Mushtariybonu To‘lqunovalar muallifligida yaratilgan Tos-son bo‘g‘inlari uchun bandaj dizayni esa “Eng yaxshi Sanoat namunasi” nominatsiyasi bo‘yicha III-darajali diplomga loyiq deb topildi.

Hozirgi kunda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Intellektual mulk agentligiga talabnoma topshirish va patent olish bo‘yicha respublika oliy ta’lim muassasalari ichida birinchi uchtalikda turadi. Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tgan 2020-2021 yillarda institut professor-o‘qituvchilari tomonidan bajarilayotgan ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish maqsadida Intellektual mulk agentligiga patent olish uchun jami 150 ga yaqin talabnomalar topshirilib, 94 ta patent (43 ta ixtiro, 21 ta foydali model, 11 ta sanoat namunasi, 19 ta mualliflik guvohnomasi) olindi.

Ta’kidlash joizki, institutda faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilarning to‘qimachilik sohasida yaratayotgan yangi ishlanmalarini muhofazalash va ularga egalik qilish huquqini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida 2021-yil 30-mart kuni institutda O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi “Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Aynan mazkur markaz institut professor-o‘qituvchilarining ishlanmalarni patentlash borasidagi huquqiy bilimlari yanada oshirishga zamin yaratmoqda. Buguni o’tkazilgan o’quv seminari ham bu yuqoridagilarga xizmat qiladi.

 

 

Davlat xizmatlari

Biz bilan aloqa

Manzil

Toshkent shahar shohjahon ko’chasi, 5 uy

call markazi

TEL : +(99871)  253 69-31,

           +(99871)  253 36-66

           +(99871) 253 63-51

           +(99871)  253 65-58

FAX: +(99871) 253-36-17 

Email : pochta@mail.ttyesi.uz

Devonxona

Dushanba – Juma 08:00 – 17:00

institutga keluvchi jamoat transportlari

77, 32,98

error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!