YANGILIK VA TADBIRLAR

Islohotlar amalda

photo_2022-05-14_10-03-50

2022-yilning 4-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida xalq ta’limini isloh qilish bо‘yicha yil boshida belgilangan topshiriqlar ijrosini muhokama qilish hamda yil yakuniga qadar bajarilishi lozim bо‘lgan ustuvor vazifalarni belgilab olish maqsadida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tgan edi. Xalq ta’limini yanada yaxshilash borasidagi topshiriqlar doirasida Oliy ta’lim muassasalari rahbarlari zimmasiga о‘ziga biriktirilgan maktablar bilan hamkorlik о‘rnatish, ularda ma’naviy muhitni tubdan yaxshilash bо‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqish kabi qator vazifalar belgilab berildi.

Joriy yilning 13-may kuni ushbu dolzarb vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Korporativ boshqaruv” kafedrasi professori R.Isayev va assistant B.Davlyatov hamda kafedra a’zolari Yangiyo‘l tumanida joylashgan 17-36-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida dars tahlili va ta’lim sifatini oshirish bo’yicha master-klass tashkil etildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!