Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti

Toshkent to‘qimachilik instituti 1932-yilda tashkil topgan. Dastlabki yillarda institutda ikkita fakultet mavjud edi: "Paxtani dastlabki qayta ishlash" va "Mexanik texnologiya", 4 ta mutaxassislik bo'yicha bitiruvchi mutaxassislar: paxtani dastlabki qayta ishlash, to'quv, yigiruv va ipak texnologiyasi. 1932-1933 o'quv yilida institut dastlabki 125 talabani qabul qildi.

Kadrlar bo'limi

KADRLAR BO’LIMI
Kadrlar bo’limi boshlig’i:
Shoraxmedova Ma’mura Damirovna
Qabul vaqti: Dushanba – Payshanba (10:30-16:00 gacha)
Juma: 10:30 – 15:00
Tushlik: 13:00 – 14:00
Telefon: (71) 253-17-78

Kadrlar bo‘limi faoliyati bo’yicha qisqacha ma’lumot

  O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va farmoyishlari, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta’lim to’g’risidagi Qonun, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim va yosh  avlodni tarbiyalash, bilim berish haqidagi  amalga tadbiq etilgan qarorlari, shuningdek,   O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi farmoyish, buyruq, nizom va yo’riqnomalari, O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga,  Institut  Nizomi,  yo’riqnomalari va tegishli ko’rsatmalari asosida ish olib boradi.  
     Institut mehnat ichki tartib-qoidalariga, reglamentga, nazorat qoidalariga, mehnat intizomiga, lavozimiy yo’riqnomalarga amal qiladi, o’rnatilgan qonun-qoidalarga, huquqiy tartibga muvofiq xodimlar ishini tashkil etadi.
       Institut rahbariyati bilan birgalikda mutaxassisligiga va kvalifikatsiyasiga ega  bo’lgan, ish saviyasi, uslubi  talabga javob  bera  oladigan professor-o’qituvchilar,  ma’muriy va xizmat ko’rsatuvchi xodimlar bilan ta’minlashni tashkil etadi.
      Kadrlar bo’limining professor-o’qituvchi, ma’muriy va xizmat ko’rsatuvchi ishchi-xodimlar hamda talabalar bilan ishlash   inspektorlari bevosita kadrlar bo’limi boshlig’i topshirig’i va ko’rsatmalariga muvofiq  ishni tashkillashtiradi. Belgilangan tartibda yo’riqnoma asosida ish olib boradi. Ularning ish faoliyatini bo’lim boshlig’i nazorat qiladi.

Kadrlar bo’limi umumiy faoliyati bo’yicha qisqacha ma’lumot

       Kadrlar tayyorlash  milliy dasturida belgilangan  maqsadlarga  erishish va uni tatbiq etish  uchun unumdor  va samarali  mehnat kilishni tashkil etadi.
       Kadrlarni joy-joyiga qo’yish  bo’yicha rahbariyatga takliflar kiritadi.
Institut  shtat jadvalini moliya-reja bo’limi bilan birgalikda  muvofiqlashtiradi va shtat jadvaliga asosan ish olib boradi.
      Professor-o’qituvchi, ma’muriy va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarni  ishga olish, ishdan bo’shatish, lavozimini o’zgartirish, mehnat ta’tili berish va muddatidan avval ishga chaqirib olish, qo’shimcha ta’tillar, tanlovdan, attestatsiyadan o’tish muddatlarini aniqlab, belgilashni nazorat etadi.
      Professor-o’qituvchi va xodimlarini institut ichki tartib-qoidalariga amal qilishi va O’zbekiston Respublikasi qonunlarini buzmasliklarini umumiy nazorat  qilish, ularni rag’batlantirish, moddiy yordam  ko’rsatish, intizomiy jazo choralarini qo’llash yuzasidan buyryq tayyorlaydi.
    Harbiy xizmatga majbur  bo’lganlar, harbiy xizmatga chaqiruv  yoshidagi o’smirlarning hisobini tegishli bo’lim (2-bo’lim) bilan hamkorlikda olib boradi va nazorat qiladi.
     Professor-o’qituvchi, ma’muriy va xizmat ko’rsatuvchi xodimlar va talabalarning  shaxsiy  ish jildini, shaxsiy kartochkasini (T-2 shakl), shaxsiy ma’lumotnoma (ob’ektivka) shakllantiradi, belgilangan tartibda yuritilishini tashkil etadi.
    Professor-o’qituvchi, ma’muriy va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarga shaxsiy guvohnoma, ma’lumotnoma berishni o’z vaqtida muddatini  uzaytirilishini nazorat etadi.
    Mehnat daftarchasi va akademik ma`lumotnoma blankalarini ishlatish, hisobining yuritilishini nazorat qiladi.
      Nafaqa yoshiga yetgan xodimlarni hisobini yuritadi, ularga o’z vaqtida pensiya tayinlanishi uchun kerakli hujjatlarni tayyorlaydi.

Kasallik varaqalarini rasmiylashtiradi.

   Institutdagi  professor-o’qituvchi, ma’muriy va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning va talabalarning belgilangan shaklda stastistik hisobotlarini olib boradi.
Har oyda tuman aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish bo’limiga kvotali joylar va vakant joylar (bo’sh ish o’rni) bo’yicha  ma’lumot beradi.

Davlat xizmatlari

Biz bilan aloqa

Manzil

Toshkent shahar shohjahon ko’chasi, 5 uy

call markazi

TEL : +(99871)  253 69-31,

           +(99871)  253 36-66

           +(99871) 253 63-51

           +(99871)  253 65-58

FAX: +(99871) 253-36-17 

Email : pochta@mail.ttyesi.uz

Devonxona

Dushanba – Juma 08:00 – 17:00

institutga keluvchi jamoat transportlari

77, 32,98

error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!