Kimyo

Kimyo  kafedrasi

Kimyo 
kafedrasi

Kafedra mudiri: Karimov S.X. 
Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00

Telefon: (0 371) 253 62 76

Manzil: Toshkent shahri, Shohjahon ko‘chasi, 5 uy, 2-bino
E-mail: 
kimyo@titli.uz

KAFEDRA TARIXI

Umumiy va anorganik kimyo kafedrasini 1935 yilda professor Rustovskiy А.P. tashkil qildi. 1939 – 1963 yillarda kafedrani dotsent Аlimov А.А. boshqardi.Ushbu kishining taklifi bilan 1959 yilda prof. Yunusov L.Yu. mudirligi ostida “Organik kimyo” kafedrasi va prof. Geller B.E. mudirligi ostida “Yuqori molekulyar birikmalar texnologiyasi” kafedralari tashkil etildi. 1963 – 1973 yillarda kafedraga prof. Timbekov E.X. mudirlik qildi. Uning raxbarligida talabalarni programmalashtirilgan oʼqitish soxasida yangi usullar ishlab chiqildi, natijada kafedra Oʼzbekiston Respublikasi Oliy oʼquv yurtlarining bazasiga aylandi. 1971 yilda esa institut rektori akademik Xodjinova M.А. tashabbusi bilan “Organik kimyo” kafedrasining nomi “Nazariy kimyo” deb oʼzgartirildi. 1971-1976 yillarda Nazariy kimyo kafedrasiga prof. L.Yu. Yunusov boshchilik qildi. 1974 – 1983 yillar mobaynida “Umumiy va anorganik kimyo” kafedrasini akademik Toshpoʼlatov Yu.T. boshqardi. 1976–1983 yillar davomida esa “Nazariy kimyo” kafedrasi prof. Sobirov Z.S. boshchilik qildi. 1983 – 1988 yillarda kafedrani OʼzRFА akademigi
Аsqarov M.А. boshqardi, va shu yillar ichida kafedrada ilmiy ishlar jadallashtirildi.

 1988 – 2001 yillarda kafedraga prof. Ismoilov I.I. raxbarlik qildi.

1995 yilda xar ikkala kafedralar qoʼshilib, “Nazariy kimyo” kafedrasi nomi berildi va unga prof. Ismoilov I.I. mudir etib tayinlandi.

2001– 2005 yillarda “Nazariy kimyo” kafedrasini dots. Toʼlaganov А.R. boshqardi.

2005 – 2013 yillarda kafedra “Kimyo” kafedrasi deb nomlanib, uni dots. Karimov Sh.I. boshqardi.

2013-2015 yillarda kafedrani k.f.n., dotsent Аbduraxmanov U.N. boshqardi.

2015 – 2018 yillarda kafedrani k.f.d., professor Rafikov А.S. boshqardi.

2018 yil dekabr oyidan “Kimyo” kafedrasini PhD., dotsent  Karimov S.X. boshqarib kelmoqda.

  1. BAKALAVR YO’NALISHIDAGI TALABALAR UCHUN:

    1. Kimyo

    2. Umumiy va noorganik kimyo

    3. Organik kimyo

    4. Organik, analitik kimyo

    5. Polimerlar fizikasi va kimyosi

    6. Fizik va kolloid kimyo

    7. Analitik kimyo

    8. Polimerlar fizikasi va kimyosi

KAFEDRA A’ZOLARI:

Karimov Sardorbek Xojiboevich – kafedra mudiri, dotsent, kimyo fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD)

Rafikov Аdxam Salimovich – kimyo fanlari doktori, professor

Ibragimov Аbdusattor Turgunovich – texnika fanlari doktori, professor

Karimov Shavkat Ismatovich – kimyo fanlari nomzodi, dotsent

Toʼlaganov Аbduahad Rasulovich – kimyo fanlari nomzodi, dotsent

Djalilov Shuhrat Suratovich – kimyo fanlari nomzodi, dotsent

Аbdusamatova Dilfuza Ozotovna – kimyo fanlari nomzodi, dotsent

Garibyan Irina Ivanovna – dotsent

Xakimova Muqaddas Shomurotovna – kimyo fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD), katta o`qituvchi  

Alimxanova Sevara Shavkatovna – kimyo fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD), katta o`qituvchi

Xodjaeva Saodat Odilbekovna – kimyo fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD), v.b. dotsent

Reyimov Аzimbay Fayzullaevich –  kimyo fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD), v.b. dotsent

Islamova Dilfuza Azim qizi – assistent

Ibodullaev Bekzod Shuxrat oʼgʼli – doktorant

Zubaydullaeva Malika Murotovna – doktorant  

Kadirova Nargis Rustam qizi – doktorant

Jo`rayeva Kamola – doktorant

Fayzullayeva Kamola – doktorant

Mo`minxodjayev Muxammadamin Baxtiyorovich  – laboratoriya muduri

Boʼrieva Raʼno Xaytmatovna  – laborant

Igamberdiyeva Umida – laborant

       Zamonaviy ishlab chiqarish talablariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlash maqsadida kafedrada Germaniyadan keltirilgan  laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlangan zamonaviy  laboratoriyasi mavjud. Kafedrada davlat grantlari asosida barpo etilgan o‘quv laboratoriyasi mavjud bo‘lib, bu laboratoriyada professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishadi. Kafedrada o‘qish davomida talabalar olgan nazariy bilimlarni  laboratoriya tajribalari orqali mustahkamlab, laboratoriyada qo`llaniladigan moddalarning kimyoviy xossalarini o`rgangan holda, ulardan ishlab chiqarish sohasida samarali foydalanishni o`rganadilar.

 

     

KAFEDRANING INNOVATSION HAMKORLIK ALOQALARI:

 

          Jadal sur’at bilan rivojlanayotgan sanoat professor-o‘qituvchilarni tinmay ilmiy va uslubiy salohiyatini, malakasini oshirishga majbur etmoqda. Kafedra a’zolari  Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, Kimyoviy texnologiyasi instituti kabi turdosh oliy o‘quv yurtlari bilan bevosita aloqalar o‘rnatgan, doimiy ilmiy nashrlar bilan almashuv o‘rnatgan, ilmiy-amaliy va uslubiy konferensiya va seminarlarda qatnashadilar.

 

  1. Oʼzbekiston Respublikasi IIV Yongʼin xavfsizligi instituti;

  2. Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar Аkademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti

  3. Oʼzbekiston Milliy Universiteti

  4. Toshkent Kimyo texnologiyasi instituti

  5. Kafedra bilan hamkorligi mavjud maktablar bitiruvchi oʼquvchilariga (Sergeli va Yangiyoʼl tumanidagi 10 ta maktablar (17, 29, 42, 12, 304, 322, 269, 267, 266, 237 sonli)) kafedra professor-oʼqituvchilari mahorat darslarini olib bormoqdalar.

 

Mustaqil respublikamizda yengil sanoatga kirib kelayotgan yangi texnologiya va jihozlar kafedraning professor-o‘qituvchilardan dolzarb bo‘lgan ilmiy-tadqiqot ishlarni olib borishga undamoqda. Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi muammolari bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, kafedrada o‘tgan yillar davrda Davlat byudjeti asosida bir necha million so‘m miqdorida ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. Ilmiy izlanishlar natijasida qator maqolalar chop etildi va ixtirolar uchun guvohnomalar olindi. 

  1. Oʼzbekiston Respublikasi IIV Yongʼin xavfsizligi instituti;
  2. Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar Аkademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti
  3. Oʼzbekiston Milliy Universiteti
  4. Toshkent Kimyo texnologiyasi instituti
  5. Kafedra bilan hamkorligi mavjud maktablar bitiruvchi oʼquvchilariga (Sergeli va Yangiyoʼl tumanidagi 10 ta maktablar (17, 29, 42, 12, 304, 322, 269, 267, 266, 237 sonli)) kafedra professor-oʼqituvchilari mahorat darslarini olib bormoqdalar.
 
Mustaqil respublikamizda yengil sanoatga kirib kelayotgan yangi texnologiya va jihozlar kafedraning professor-o‘qituvchilardan dolzarb bo‘lgan ilmiy-tadqiqot ishlarni olib borishga undamoqda. Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi muammolari bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, kafedrada o‘tgan yillar davrda Davlat byudjeti asosida bir necha million so‘m miqdorida ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. Ilmiy izlanishlar natijasida qator maqolalar chop etildi va ixtirolar uchun guvohnomalar olindi. 

 

Rotorli bug’latgich

Avtomatik titrator

Spektrofotometr

Sentrifuga

Gaz xromatografiyasi

Distillyator

Past kuchlanishli transformator

Elektrokimyo ish o`rni

Quritish shkafi

       Hozirda kafedra professor-oʼqituvchilari va xodimlari kimyo fanlaridan hamda soha ishlari boʼyicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Shu kungacha kafedra professor-oʼqituvchilari va xodimlari tomonidan 5 tadan ortiq patentlar olingan, 5 ta darslik 10 tadan ortiq oʼquv qoʼllanmasi, 10 tadan ortiq metodik qoʼllanmalari, 320 tadan ortiq ilmiy maqola va tezislar Respublikamiz hamda chet el jurnallarida chop etilgan.

 

     Ushbu dasturda kafedrada faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni ilm fanga jalb qilish maqsadida tashkil qilingan “TADQIQOTCHI” to‘garakning nizomi, ish rejalari, hamda unga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar jamlangan. Dastur to‘garak a’zolari uchun mo‘ljallangan. Bunga ko’ra dasturda belgilangan vazifalarni birma bir bajarib boradi.

     Kimyo kafedra professor oʼqituvchilari Toshkent shahar Sergeli va Yangiyoʼl tumanidagi 10 ta maktablar (17, 29, 42, 12, 304, 322, 269, 267, 266, 237 sonli) oʼrta taʼlim maktabi bitiruvchi oʼquvchilari bilan uchrashuv oʼtkazib, kasbga yoʼnaltirish boʼyicha treninglar yoʼlga qoʼyildi. Bunga koʼra bitiruvchi yoshlarni kimyo) sohasiga qiziqtirish malakali kadrlar tayyorlash, ularga ishlab chiqarishni tashkil etishning zamonaviy usullari va innovatsion yondashuvlarini oʼrgatish koʼzda tutilgan.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!