Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti

Toshkent to‘qimachilik instituti 1932-yilda tashkil topgan. Dastlabki yillarda institutda ikkita fakultet mavjud edi: "Paxtani dastlabki qayta ishlash" va "Mexanik texnologiya", 4 ta mutaxassislik bo'yicha bitiruvchi mutaxassislar: paxtani dastlabki qayta ishlash, to'quv, yigiruv va ipak texnologiyasi. 1932-1933 o'quv yilida institut dastlabki 125 talabani qabul qildi.

Korporativ boshqaruv

Korporativ boshqaruv kafedrasi

Kafedra mudiri: Mansurov Mansur Alisherovich
Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00
Telefon: +998(98) 128 33 28
Manzil: Toshkent shahri, Shohjahon ko‘chasi, 5 uy, 4-bino
E-mail: mail.titli.uz

KAFEDRA TARIXI 

     XX asrning o’ttizinchi yillarida tashkil topgan Toshkent to’qimachilik institutida texnologlarning iqtisodiy bilimlarini oshirishni dotsent Shaxov U.Y. boshchilik qilgan “Ijtimoiy- iqtisodiy fanlar” kafedrasida amalga oshirilgan. Kafedra tarkibida dastlab 3 nafar professor-o`qituvchi ishlab chiqarishni tashkil qilish va iqtisod masalalari bilan shug’ullanganlar.
1937 yili 7 nafar professor-o`qituvchidan iborat mustaqil kafedra ajralib chiqdi va unga dotsent Bunimov Sergey Fyodorovich 1940 yilgacha rahbarlik qilgan (Bunimovich S.F. Ulug’ Vatan urushida halok  bo’lgan). Ulug’ Vatan urushi davrida kafedraga Erlix David Dmitrievich rahbarlik qilgan, keyinchalik iqtisod fanlari doktori, professor Erlix D.D. xalq xo’jaligi institutida ishlagan.
1946-1949 yillarda kafedraga Xudkovskiy Arkadiy Borisovich boshchilik qilgan. 1949 yilda muhandis-iqtisodchilarning birinchi guruhiga talabalar qabul qilindi, 25 nafar talabadan iborat 2 ta rus va 1 ta o’zbek guruhlari tashkil qilindi. Bir vaqtning o’zida 2-bosqichga a’lochi injener-texnolog talabalardan guruhlar tashkil qilindi.
1951-yil fevral oyidan 1965 yilgacha kafedraga dotsent Patapov F. rahbarlik qilgan. (1949-1956 yillar davomida “Muhandis-iqtisod” fakul`tetining dekani lavozimida faoliyat yuritgan.)
Bu yillar davomida 413 nafar talaba kunduzgi bo’limning muhandis-iqtisod mutahassisligini bitirgan. Shu yillarida institutni tamomlagan yosh assistentlar: Guzaeva-Shabazova T.M., Kattaxo’jayev M.M., Shaxanov A.S., Izyumskaya N.I.lar kafedraga ishga qabul qilindilar. Ishlab chiqarish korxonasidan Livshits L.G., Vol G.I.lar taklif qilindi. 1952-yil institutni tamomlagan injener-texnolog (ipak texnologiyasi bo’yicha) Muhamedov M.M., 1951-yili mexanika fakultetini tamomlagan Marupov M.M. kafedraning aspiranturasiga qabul qilindi. 1955 yilda kafedraga Podolskaya R.M. va Moskva aspiranturasini tamomlalab kelgan Konotopiva A.G. ish boshladilar.
1965 yilga kelib, kafedra 14 nafardan iborat professor-o’qituvchilar tarkibiga ega bolib, ular asosan fakul`tetlarning bitiruvchilari edilar.
1965 yili kafedra 2 ta kafedraga bo`lindi: “Sanoat iqtisodi” va “Ishlab chiqarishni tashkil qilish va rejalashtirish”.
Tashkil qilingan “Ishlab chiqarishni tashkil qilish va rejalashtirish” kafedrasiga 1967 yildan 1979 yilgacha dotsent Marupov M.M. rahbarlik qildi. Shu yillar davomida 843 nafar muhandis- iqtisodchilar kunduzgi bolimni va yana shuncha talabalar kechki va sirtqi bo’limni tugatdilar. Bu vaqtda kafedrada 25 nafar professor-o’qituvchi faoliyat yuritdi. Kafedra qoshida ilmiy-tadqiqot labaratoriyasi tashkil qilinib, xo’jalik hisobi bo’yicha qilinadigan ishlar hajmi oshib bordi.
Kunduzgi, kechgi va sirtqi bolimlarda har yili 130-150 nafar kishi muhandis-iqtisodchi mutaxassisligini tamomladilar.
Mutaxassislar tayyorlash bo’yicha talabni oshib borishiga ko’ra, iqtisodiy kafedrani iqtisoslashtirish masalasi qo’yildi va 1979 yildan boshlab institutda 3 ta iqtisodiy kafedra tasnkil qilindi: “Yengil sanoat korxonalarini iqtisodi va tashkil qilish”-kafedra mudiri dotsent Marupov M.M. “To’qimachilik sanoat korxonalarini iqtisodi va tashkil qilish”-kafedra mudiri Kattaxo’jaev M.M., “Paxtani dastlabki ishlash korhonalarini iqtisodi va tashkil qilish”-kafedra mudiri prof. Xutkovskiy A.B.
1979 yildan kafedra to’qimachilik korxonalari uchun mehnatni me’yorlash bo’yicha mutaxassislarni tayyorlash bo’yicha ishlar olib borildi.
Yangi mutaxassislarni tayyorlashda prof. Kattaxo’jaev M.M. boshchiligidagi dots. Qodirov S.G., Linetskiy M.V., dots. Xmeleva E.M., dots. Slilikova T.P. va boshqalar jonbozlik korsatganlar. 1985 yili injener-me`yorlovchilaning birinchi qaldirg’ochlari institutni bitirdilar.
1985-1995 yillar davomida “To’qimachilik korxonalari iqtisodi va menejment” kafedrasida 24 ta shtatdagi o’qituvchilar faoliyat yuritdilar, ulardan 21 nafari injener-muxandislardir. 10 nafardan ortiq xodimlar esa hamkorlikda ishlayotganlar bolib, ular ilmiy muassasa va korxonalardan taklif qilinganlar.
1982-1992 yillarda kafedrada 15 ta darslik va o’quv qo’llanmalari nashr qilindi. Kafedra a’zolaridan 8 nafari nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildilar, 100 dan ortiq ilmiy ishlar ishlab chiqarishga joriy etildi.
Kaferda mudiri prof. M. Kattaxo’jaev korxonalar bilan bevosita aloqada xo’jalik hisobi bo’yicha katta ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilgan. Ilmiy tadqiqot natijalari bo’yicha 62 ta ilmiy ishlar va maqolalar nashr qilingan. Uning muallifligida o’zbek tilida “To’qimachilik sanoatida mehnatni tashkil qilish va me’yorlash” o’quv darsligi tayyorlandi va nashr qilindi, bir qancha monografiya, o’quv qo’lanmalar, broshuralar, maqolalar va boshqalar chop etilgan, “SSSR oliy talim a’lochisi” degan ko’krak nishoni bilan taqdirlangan.
1992 yildan boshlab kafedrada tashqi-iqtisodiy aloqalar bo’yicha muhandis-iqtisodchilami tayyorlash yolga qo’yildi. Yangi mutaxassislikni tayyorlash uchun bir qancha o’qituvchilar o’zlarini malakalarini Germaniya, Turkiya va Rossiyadagi institutlarda oshirdilar. Yangi fanlar bo’yicha o’quv rejasi va fan dasturlari tayyorlandi. Ularga jumlasiga “Tashqi iqtisodiy aloqalar asosi”, “Marketing”, “Menejment”, “Birja faoliyatining asosi” kabi fanlar kirdi. Bu fanlarni o’qitish kafedraning tajribali o’qituvchilariga topshirildi, boshqa institutlar va chet ellik mutaxassislar taklif qilindi. Kafedra ishlab chiqarish amaliyotini ham tashkil qilishda faollik ko’rsatdi. 3-kurs talabalaridan yangi mutaxassislik uchun yoshlar tanlab olindi.
1985-1994 yillar davomida 996 ta diplom ishi va loyihasi bajarilgan, ulardan 162 tasi ilmiy diplom ishlari bolib, korxonaning buyurtmasi asosida bajarilgan. 5 ta o’quv darsligi va o’quv qo’llanmasi, 11 ta monografiya va 96 ta maqolalar chop etilgan. Kafedra chet eldagi institut va ilg’or korxonalar bilan aloqani ko’chaytirish maqsadida bir qancha amaliy ishlar amalga oshirgan.
1995 yil bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida institutda faoliyat ko’rsatayotgan 4 ta iqtisodiy kafedradan 2 ta: “To’qimachilik va yengil sanoat iqtisodiyoti va menejment” va “Paxta tozalash va to`qimachilik sanoatlari marketing va audit” kafedralari tashkil qilindi. 2003 yildan kafedra “Menejment” kafedrasi va 2015 yildan “Buxgalteriya hisobi va audit” hamda “Menejment” kafedrasi birlashtirilib “Korporativ boshqaruv” kafedrasi deb yuritila boshladi.
Hozirgi kunda kafedada bir nafar professor, 9 nafar dotsent, 7 nafar katta o’qituvchi, 5 nafar assistent, 1 nafar doktorant va 1 nafar mustaqqil tadqiqotchi faoliyat yuritmoqdalar. “Korporativ boshqaruv” yunalishi bo’yicha mutaxassislarni tayyorlash uclun kafedrada barcha m’yoriy xujjatlar tayyorlangan.
2018 yildan Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish yо‘nalishiga va 2019 yildan bolshlab Marketing hamda  Buxgalteriya hisobi va audit, 2020 yildan Iqtisodiyot ta`lim yо‘nalishlariga talabalar qabul qilindi.
Shu bilan birga 2020 yildan boshlab “Marketing” mutahassisligi bo`yicha magistraturaga ham qabul bo`lib o`tdi.
Kafedrada o’qitiladigan hamma fanlardan o’quv dasturlari, ma’ruza matnlari, uslubiy qollanmalar ishlab chiqilgan.
Respublikamizda qabul qilingan “Ta`lim to`g`risida”gi qonun doirasida kafedrada 1 bosqichli tizim bo’yicha Oliy malumotli bakalavrlar tayyorlanmoqda.
Kafedrada mutaxassislarni tayyorlashni jahon andozalariga moslashtirish va milliy dasturni hayotga tadbiq etish maqsadida Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti, “O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasi, “O’zpaxtasanoat” uyushmasi, Xitoy Xalq Respublikasi Xebey Provinsiyasi Vuxan shaxridagi Training Room A of China-Europe Vocational Training Center, Moskva davlat yengil sanpat akademiyasi 0’zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi iqtisodiyot instituti va respublikadagi ilgor korxonalar bilan hamkorlikda ish olib boradi.
Kafedrada bitiruv malakaviy ishlari asosan yengil sanoat korxonalarining buyurtmasi asosida bajariladi. Shu vaqtlar davomida kafedra a’zolari tomonidan 6 ta o’quv ollanma 4 ta darslik, 8 monografiya va 100 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan.
Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash xam aniq yolga qo’yilgan boib, ularning faol ishlashi natijasida talabalardan  Abduvoxidova SH., Xajimanova SH. Sherova SH.,lar institut miqyosidagi Akademiklar M.A.Xojinova, M.T. O’razboyev hamda Ilmiy kengash nomidagi stipendiyalarni olishga sazovor boldilar.

Ta’lim yo’nalishi

Kurs

Shifr

Ta’lim yo’nalishi nomi

1.                 

1

60310100

Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

2.                 

1

60410100

Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)

3.                 

1

60412500

Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

4.                 

2

60310100

Iqtisodiyot (paxta, to‘qimachilik va yengil sanoat)

5.                 

2

60410100

Buxgalteriya hisobi va audit (paxta, to‘qimachilik va yengil sanoat)

6.                 

2

60412500

Marketing (paxta, to‘qimachilik va yengil sanoat)

7.                 

3

60310100

Iqtisodiyot (paxta, to‘qimachilik va yengil sanoat)

8.                 

3

60410100

Buxgalteriya hisobi va audit (paxta, to‘qimachilik va yengil sanoat)

9.                 

3

60412500

Marketing (paxta, to‘qimachilik va yengil sanoat)

10.            

4

4

4

5230100

5230400

5230900

Iqtisodiyot (to‘qimachilik va yengil sanoat)

Marketing (to‘qimachilik va yengil sanoat)

Buxgalteriya hisobi va audit (paxta va to’qimachilik sanoati)

Курс

Шифр

Мутахассислик номи

11.            

1

70412501

Marketing (paxta, tо‘qimachilik va yengil sanoat)

12.            

2

70412501

Marketing (paxta, tо‘qimachilik va yengil sanoat)

 

  

 

“Iqtisodiyot” ta’lim yo‘nalishi:
Iqtisodiyot nazariyasi
Korporativ boshqaruv nazariyasi
Statistika
Pul, kredit va banklar
Iqtisodiy tahlil va audit
Buxgalteriya hisobi
Raqobatbardoshlik va klaster
Mikro va makroiqtisodiyot
Iqtisodiy matematik usullar va modellar
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish
Menejment
Marketing
Sanoat iqtisodiyoti
Innovatsion iqtisodiyot
Global iqtisodiy rivojlanish
Institusional iqtisodiyot
Biznes rejalashtirish
Investitsiya loyihalari tahlili
“Marketing” ta’lim yo‘nalishi:
Iqtisodiyot nazariyasi
Korporativ boshqaruv nazariyasi
Mikro va makroiqtisodiyot
Statistik
Iqtisodiy-matematik usullar va modellar
Logistika
Iste’molchilar xulq-atvori
Brendni boshqarish
Marketing tadqiqotlari
Strategik marketing
Marketingni boshqarish
Soliq va soliqqa tortish
Raqobatbardoshlik va klaster
Pul, kredit va banklar
Marketing
Buxgalteriya hisobi
Iqtisodiy tahlil
Marketing kommunikatsiyasi
“Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo‘nalishi:
Iqtisodiyot nazariyasi
Korporativ boshqaruv nazariyasi
Mikro va makroiqtisodiyot
Pul va banklar
Statistika
Iqtisodiy-matematik usullar va modellar
Raqobatbardoshlik va klaster
Buxgalteriya hisobi
Xalqaro buxgalteriya hisobi
Moliyaviy va boshqaruv tahlil
Audit
Soliq va soliqqa tortish
Moliyaviy menejment
Buxgalteriya hisobi nazariyasi
Marketing
Boshqaruv hisobi
Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobi
Ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish
Merchendayzing
Innovasion marketing
Internet marketing
Nevromarketing
Xalqaro marketing
1 Mansurov Mansur Alisherovich Kafedra mudiri, prof, DSc
2 Isayev Ravshan Abduraxmonovich prof, DSc
3 Muminova Nargiza Maksudjonovna prof, DSc
4 Temirov Xamid Amirovich prof., i.f.n.
5 Fayziyev Zoxid Adilovich dotsent, i.f.n.
6 Yuldashev Samad Normо‘minovich dotsent, i.f.n.
7 Azimova Feruza Payziyevna dotsent, PhD
8 Davlyatov Bekzod Aslanxodjayevich dotsent, PhD
9 Xolbekova Feruza Rausulovna dotsent, PhD
10 Maxmudova Dilfuza Marlenovna katta о‘qituvchi
11 Kadirova Lolaxon Ganiyevna katta о‘qituvchi
12 Saidmurotova Tursunoy Sobirovna katta о‘qituvchi
13 Azimova Lola Safarovna katta о‘qituvchi
14 Umarova Maxfuza Nigmatovna katta о‘qituvchi
15 Yaxyayeva Dilfuza Bagdatovna katta о‘qituvchi
16 Abduganiyeva Gulzodaxon Karimullayevna katta о‘qituvchi
17 Otaniyozov Orifjon Otaxonovich katta о‘qituvchi
18 Turapov Javoxir Kamiljanovich assistent
19 Muminova Umidaxon Dilshod qizi assistent
20 Qodirova Xurshida Ismoilovna assistent
21 Saidova Kamola Xoshimovna assistent
22 Yusupova Orzigul Ravshanbek qizi assistent
23 Xolmedova Nodirabegim Xurshidovna assistent
24 Nam Tatyana Gennadyevna assistent
25 Shotursunova Nodira Nosirovna dotsent, PhD
26 Xudoyqulov Mamarasul Radjabovich dotsent, PhD
27 Berdiyev Toshkentboy Panjiyevich assistent
28 Axmedova Nazokat Zikirillo qizi assistent
29 Yо‘ldasheva Maftuna Baxtiyor qizi assistent
30 Davranov Orzu Abdujabbarovich PhD
31 Muradov Baxrom Akramjonovich PhD
32 Dustmirzayev Farxod Bekmirzayevich assistent
 

 

     Jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan sanoat tarmoqlari kafedra professor-o‘qituvchilarni tinmay ilmiy va uslubiy salohiyatini, malakasini oshirishga majbur etmoqda. Kafedra a’zolari  Qаrshi muhаndislik vа iqtisodiyot instituti, Jizzаx poletexnikа instituti va boshqa turdosh oliy o‘quv yurtlari bilan bevosita aloqalar o‘rnatgan, doimiy ilmiy nashrlar bilan almashuv o‘rnatgan, ilmiy-amaliy va uslubiy konferensiya va seminarlarda qatnashadilar.
Kafedra bilan hamkorligi mavjud maktablar bitiruvchi oʼquvchilariga (Sergeli 300-mаktаb va Chilonzor tumanidagi 10 ta maktablar (17, 29, 42, 12, 304, 322, 269, 267, 266, 237 sonli)) kafedra professor-oʼqituvchilari mahorat darslarini olib bormoqdalar.

Mustaqil respublikamizda iqtisodiyotning tubdan isloh qilinayotganligi professor-o‘qituvchilardan dolzarb bo‘lgan ilmiy-tadqiqot ishlarni olib borishga undamoqda. Kafedrada soha ishlab chiqarish korxonalari boshqaruvi bilan bog’liq muammolarni echish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, kafedrada o‘tgan yillar davrda Davlat byudjeti asosida bir necha million so‘m miqdorida ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. Ilmiy izlanishlar natijasida qator maqolalar chop etildi va ixtirolar uchun guvohnomalar olindi. 

Kompyuter xonasi
Professor-о‘qituvchilarini AKTdan foydalanishi

Davlat xizmatlari

Biz bilan aloqa

Manzil

Toshkent shahar shohjahon ko’chasi, 5 uy

call markazi

TEL : +(99871)  253 69-31,

           +(99871)  253 36-66

           +(99871) 253 63-51

           +(99871)  253 65-58

FAX: +(99871) 253-36-17 

Email : pochta@mail.ttyesi.uz

Devonxona

Dushanba – Juma 08:00 – 17:00

institutga keluvchi jamoat transportlari

77, 32,98

error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!