Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti

Toshkent to‘qimachilik instituti 1932-yilda tashkil topgan. Dastlabki yillarda institutda ikkita fakultet mavjud edi: "Paxtani dastlabki qayta ishlash" va "Mexanik texnologiya", 4 ta mutaxassislik bo'yicha bitiruvchi mutaxassislar: paxtani dastlabki qayta ishlash, to'quv, yigiruv va ipak texnologiyasi. 1932-1933 o'quv yilida institut dastlabki 125 talabani qabul qildi.

Yoshlar bilan ishlash,ma'naviyat va ma'rifat bo'limi

Yoshlar bilan ishlash,ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

Bo‘lim boshlig‘i: Allayarov Tuyli Buriyevich
Bog‘lanish uchun ma’lumotlar:
Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00
Tel: (99871) 253-11-93
 E-mail: ttyesi-m@mail.ru

Institutda ma’naviy-axloqiy tarbiya sohasida olib borilayotgan ishlar quyidagi asosiy yo’nalishlarda amalga oshiriladi:

1. Talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida mustaqil O‘zbekistonning vatanparvar fuqarolari etib shakllantirish, ularda milliy g‘urur, Vatan va millat oldidagi fuqarolik, farzandlik burchi va vazifalarini bajarishga tayyorlash;
2. Talabalarda kasb-hunarni egallashda mas’uliyatli munosabatni tarbiyalash, ularda, fuqaro sifatida o‘z burchlarini halol bajarish tuyg’ularini uyg’otish va takomillashtirish;
3. Oilaparvarlik mas’uliyatini, ota-ona, qo‘ni-qo‘shni, mahalla-ko‘y, el-yurt oldidagi burch tuyg‘usini shakllantirish;
4. Talaba-yoshlarni jamiyat taraqqiyotiga tahdid soladigan har qanday ekstremistik oqimlarga nisbatan mustahkam immunitetni shakllantirish;
5. Talabani erkin, mustaqil shaxs sifatida o‘z haq-huquqlarini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan inson sifatida shakllantirish.
    O‘zbekiston mustaqilligi prinsiplariga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga qodir shaxslarni kamol toptirish maqsadida institutda ota-onalar, oila, mahalla fuqarolar yig’ini, jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikda ishlar olib boriladi.
 Yoshlarni ma’naviy va axloqiy tarbiyalashda;
 1.O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.Mirziyoyev asarlariga bag‘ishlangan tadbirlar;
2.Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi” asosida o‘tkaziladigan tadbirlar;
3.Tarixiy sanalar va bayramlarga bag‘ishlab o‘tkaziladigan tadbirlar;
4.Axloqiy tarbiya va urf-odatlar negizida umuminsoniy qadriyatlarni ulug‘lash, vatanga muhabbat, uni ardoqlash tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar;
5.Giyohvandlikka qarshi kurashga oid tadbirlar;
6.Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashga oid tadbirlar;
7.Huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan tadbirlar;
8.Ijarada yashovchi talabalar bilan o‘tkaziladigan suhbatlar;
9.Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish yuzasidan tadbirlar;
10.Talabalar turar joylarida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan tadbirlar;
11.Huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish yuzasidan tadbirlar;
12.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oid tadbirlar;
13.Ekologiya va salomatlikka oid tadbirlar;
14.Inson salomatligi va jismoniy tarbiya sohasida talabalar bilan olib boriladigan
tadbirlar
dan foydalaniladi.
     Institutda «Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi» asosida talabalar bilan olib borilgan ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarining yil sayin sifati, samaradorligi va ta’sirchanligi oshib bormoqda. Bu ko‘rsatkich asosida talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari hamda usullari ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan. Bunga, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarida institutning barcha talabalarini qamrab olish, guruh murabbiylarining talabalar bilan olib borayotgan ishlarini yanada faollashtirish va har bir talaba bilan individual ish olib borish natijasida erishilmoqda.
      Shuningdek, institut kafedralarida 30 dan ortiq to‘garaklar faoliyat olib bormoqda va ularda 600 dan ortiq talaba-yoshlar o’z bilimlarini boyitmoqda. O‘quv yili davomida oyning 1-haftasi PSTF, 2-haftasi TSTF, 3-haftasi MTF, 4-haftasi ESTDF fakultetlarida “Ma’naviyat kunlari”  o‘tkaziladi. Institut talaba-yoshlarini respublikamizda va dunyoda bo‘layotgan xabarlar bilan guruh murabbiylari “Axborot soatlari”da tanishtirib boradi. Buning ahamiyati juda katta bo‘lib, u talabalarda jamiyatda bo‘layotgan o‘zgarishlarga, voqea-hodisalarga, islohotlarga faol munosabatni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
     Institut talaba-yoshlari o‘rtasida turli xil ko‘rik-tanlovlar: jumladan,  “Institut malikasi”, “Talabalar teatr studiyasi”, “Tafakkur sinovlari”, “Kecha kim edigu, bugun kim bo‘ldik, ertaga qanday marralarni egallashimiz kerak?”, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Talabalar bahori” kabi ko‘rik-tanlovlar o‘tkaziladi.
      Institutimizda taniqli shoir, yozuvchi, davlat arboblari, huquqshunos va boshqalar bilan turli mavzularda uchrashuvlar o‘tkazilib kelinmoqda.
      Ma’lumki, ta’lim tizimida xalqimizning boy ma’naviy va intellektual meros va umumbashariy qadriyatlar asosida ta’limning insonparvarlik yo‘nalishini ta’minlash masalasi muhim ahamiyatga ega. Chunki biron-bir xalq o‘z tarixini bilmay, asrlar osha yaratilgan ma’naviy merosiga tayanmay, uni yanada rivojlantirmay turib, o‘z kelajagini tasavvur eta olmaydi

Davlat xizmatlari

Biz bilan aloqa

Manzil

Toshkent shahar shohjahon ko’chasi, 5 uy

call markazi

TEL : +(99871)  253 69-31,

           +(99871)  253 36-66

           +(99871) 253 63-51

           +(99871)  253 65-58

FAX: +(99871) 253-36-17 

Email : pochta@mail.ttyesi.uz

Devonxona

Dushanba – Juma 08:00 – 17:00

institutga keluvchi jamoat transportlari

77, 32,98

error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!