Marketing bo'limi

 

Marketing va mehnat bozori tahlili bo‘limi
Marketing va mehnat bozori tahlili bo‘limi boshlig‘i
Xazratkulov Xamidjon Alikulovich
(+998 71) 253-66-48
E-mail: xamidjon.xazratkulov.80@mail.ru
Qabul kunlari: Chorshanba 15:00-17:00

Bo‘limning vazifalari
 -Respublikaning barcha korxona, muassasa, tashkilotlar va fuqarolarning oliy o‘quv yurtida tayyorlanadigan malakali kadrlarga bo‘lgan extiyojini o‘rganish asosida ta’lim xizmatlari bozorini shakllantirish va axborotli ma’lumotlar bazasini yaratish.
         -Inistitutga qabul qilinadigan abituriyentlarning har yilgi miqdoriy ko‘rsatkichlarini aniqlash va joriy yilning 15 yanvariga qadar rektor tomonidan tasdiqlangan qabul rejasi loyihasini vazirlikka taqdim etish. Miqdoriy ko‘rsatkichlar va yo‘nalishlari nomenklaturasi mos sohalarining mutaxassislarga bo‘lgan extiyoji asosida oliy o‘quv yurtining o‘quv-meyoriy ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib aniqlanadi.
      -O‘quv yilining tugallanishiga qadar institutda tayyorlanayotgan yosh mutaxassislar uchun ish joylarini aniqlash va belgilangan tartibda ish bilan taminlash.
      -Institutning mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha korxonalar xizmatchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganish hamda bu ishni tashkil etish bo‘yicha taklif va mulohazalarni ishlab chiqish
      -Respublika fondlari bilan aloqani mustahkamlash, xalqaro fondlarning dastur va loyihalarida ishtirok etish, ular bilan birgalikda respublika ijtimoiy infrostrukturasi va iqtisodiyotining ustivor yo‘nalishlari uchun tayyorlanayotgan mutaxassislarning sifatini oshirish muammolarini echish.
      -Xorijning ilg‘or o‘quv, ilmiy va ishlab chiqarish tashkilotlari bilan qo‘shimcha shartnomalar tuzish va bajarish, shu jumladan, texnologik va tanishuv amaliyotlarini hamda stajirovkalarini tashkil qilish ishlarida
qatnashish.
       -Oliy kasb ta’limining mos yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha talabalar amaliyotini o‘tkazish uchun ilg‘or korxona va muassasalarni aniqlash.
      -Korxona, muassasa, tashkilotlar, jismoniy shaxslar bilan mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha kontraktlarni rasmiylashtirish hamda to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalar bilan o‘qish bo‘yicha harajatlarni o‘z vaqtida to‘lash ishlarini o‘tkazish.
     -Extiyojmandlar va jismoniy shaxslarni  institut tomonidan ko‘rsatilishi mumkin bo‘lib ta’lim xizmatlari spektri bilan ommoviy axborot vositalari orqali xabardor qilish, buyurtmachilarni jalb qilish maqsadida prospektlar tayyorlash va chiqarish.

Marketing bo'limi faoliyati

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!