Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti

Toshkent to‘qimachilik instituti 1932-yilda tashkil topgan. Dastlabki yillarda institutda ikkita fakultet mavjud edi: "Paxtani dastlabki qayta ishlash" va "Mexanik texnologiya", 4 ta mutaxassislik bo'yicha bitiruvchi mutaxassislar: paxtani dastlabki qayta ishlash, to'quv, yigiruv va ipak texnologiyasi. 1932-1933 o'quv yilida institut dastlabki 125 talabani qabul qildi.

O'quv ishlar bo'limi

            O’quv-uslubiy bo’lim
            Bo‘lim boshlig‘i:
            Ismailov Alisher Abdulxayevich
            Qabul vaqti: Har kuni
            Telefon: (0 371)253-09-14

       O‘quv-uslubiy bo‘lim-o‘quv jarayonini tashkil qiluvchi tuzilma bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunida belgilangan vazifalarni amalga oshirishni maqsad qilib qo‘ygan va shu asosda faoliyat olib boradi.
        O‘quv-uslubiy bo‘lim institut ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, asosiy o‘quv xujjatlari bilan ta’minlash, fakultet, kafedralar o‘quv ishlarida erishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish vakolatlariga ega.
       O‘quv-uslubiy bo‘lim talabalarni zamon talablari darajasida yetuk, malakali mutaxasis bo‘lib yetishib chiqishlari uchun zarur barcha fanlarni zamonaviy pedagogic texnologiyalar asosida chuqur oqitilishiga katta e’tibor beradi.
            O‘quv-uslubiy bo‘limning vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
-Institut ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, institut tuzilmalarini davlat ta’lim standartlari va asosiy o‘quv xujjatlari bilan ta’minlash;
-Institutda o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil qilish;
-Institut fakultetlari va kafedralarining o‘quv, o‘quv-uslubiy ishlarini muvofiqlashtirish;
-O‘quv jarayonini boshqarishdagi me’yoriy-uslubiy hujjatlarni doimiy takomillashtirish;
-Institut ta’limini rivojlantirish uchun istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va institut Ilmiy kengashiga tavsiya qilish;
-Institut fakultetlari, kafedralari va tuzilmalarini o‘quv ishlarda yerishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish va institut ta’lim jarayoniga tadbiq qilish;
-Talabalar davomatini tahlil etish; 
-Institut professor-o‘qituvchilari va talabalarining o‘quv intizomiga rioya qilishini ta’minlash;
-Institutdagi barcha fakultetlar va magistraturada joriy, oraliq, yakuniy nazoratlarning tashkil yetish va tahlil qilish;
-Kafedra va dekanatlarda asosiy ish hujjatlarini yuritilishini ta’minlash;
-Institutda shtatlar jadvalini tuzish uchun hujjatlarni tayyorlash, o‘quv yuklamalarini bajarish yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
-O‘rindosh va soatbay dars o‘tuvchi o‘qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, soatbay dars fondining taqsimlanishini tashkil qilish va muvofiqlashtirish;
-Institut fakultet va kafedralarini o‘quv masalalari bo‘yicha faoliyatini o‘rganish;
-Professor-o‘qituvchilar tanlovini tashkil etish;-O‘quv jarayoniga rivojlangan chet el tajribalarini joriy etish;
-Amaliyotlarni tashkil etish va uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlanlash;-Akademik litsey faoliyatini o‘quv-uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish;
-O‘quv-uslubiy bo‘limda boshliq, uslubchi, inspektor, dispetcherlar faoliyat olib boradi.

Davlat xizmatlari

Biz bilan aloqa

Manzil

Toshkent shahar shohjahon ko’chasi, 5 uy

Qabulxona

TEL : +(99871) 253-06-06

FAX: +(99871) 253-36-17 

Email : pochta@mail.ttyesi.uz

Devonxona

Dushanba — Juma 08:00 — 17:00

institutga keluvchi jamoat transportlari

77, 32,98

English English Uzbek Uzbek
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!