YANGILIK VA TADBIRLAR

“REILEAP” loyihasining 5 – uchrashuvi

1
Joriy yilning 13-16 oktabr kunlari Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Yevropa hamkorligining ERASMUS+ dasturi doirasida “Oliy ta’lim muassasalari hamda charm-mo‘yna va poyabzal sanoati korxonalari o‘rtasida strategik hamkorlikning dolzarb masalalari” nomli xalqaro ilmiy-amaliy seminar ishtirokchilarining “REILEAP” loyihasi 5-uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Gretsiya, Ruminiya, Turkiya, Italiya, Qozog‘iston davlatlaridan vakillar hamda TTYeSI rektori Ilxom Sabirov, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi Faxriddin Boboyev, O‘zbekiston NEO ofisi koordinatori Aziza Abduraxmanova, JizPI rektori Alisher Usmankulov, O‘zbekiston Ixtirochi ayollari markazi rahbari Karima Narkulova tashrif buyurishdi. Yig’ilishda “Charm buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedra professor-o’qituvchilari,doktorantlari va talaba-yoshlari ishtirok etishdi.
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori Ilxom Sabirov yig‘ilish avvalida so‘zga chiqib, loyiha doirasida hamkorlik ishlarini yanada mustahkamlash, tajriba almashilgan holda mutaxassislik fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirish, xususan, amaliyotga suyanib yetuk kadrlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish haqida alohida ta’kidladi.
Ushbu loyihadan ko‘zlangan maqsad Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, yosh olimlar, tadqiqotchilar hamda ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashishga qaratilgan.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!