Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti

Toshkent to‘qimachilik instituti 1932-yilda tashkil topgan. Dastlabki yillarda institutda ikkita fakultet mavjud edi: "Paxtani dastlabki qayta ishlash" va "Mexanik texnologiya", 4 ta mutaxassislik bo'yicha bitiruvchi mutaxassislar: paxtani dastlabki qayta ishlash, to'quv, yigiruv va ipak texnologiyasi. 1932-1933 o'quv yilida institut dastlabki 125 talabani qabul qildi.

Ta'lim sifati nazorati bo'limi

Ta’lim sifatini nazorat qilish bо‘limi boshlig‘i
 Xoliyarov Musadilla Shodiyevich
Telefon: 99871-253-32-00
 E-mail: musodilla@mail.ru


Bо‘lim faoliyati haqida

        Bо‘lim о‘z faoliyatini О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlari, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Davlat inspeksiyasi hamda institut rektori buyruqlari va qonuniy kо‘rsatmalariga, shuningdek Bо‘lim tо‘g‘risidagi Nizomga muvofiq olib boradi.
       Bо‘limda amalga oshirilgan ishlar, muammolar va kamchiliklar tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda institut rektoriga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etadi.

Bо‘limning asosiy vazifalari:

  • ta’lim yо‘nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka talablari, о‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish; 
  • institutda ta’lim jarayoni sifatini, uning о‘quv adabiyotlari va о‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini о‘rganish;
  • institut talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini о‘rganib borish, tahlil qilish;
  • ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;
  • kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;
  • institutni ichki attestatsiyadan о‘tkazishni tashkil etish, natijalari bо‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ma’lumotlarni institut rektoriga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etish; 
  • attestatsiya, ta’lim sifatini о‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda institutda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni о‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat о‘rnatish;
  • ta’lim sifatini belgilovchi kо‘rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;
  • ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-о‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini  tahlil qilish;
  • institutning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bо‘lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yо‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni о‘tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bо‘yicha institut rahbariyatiga takliflar kiritish;
  • institut professor-о‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan о‘tganligini yoki mos ixtisoslik bо‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini о‘rganish va xulosalarni Institut rektoriga ma’lum qilish;
  • institutning о‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlar rejalarining bajarilishini monitoring qilish;
  • ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bо‘yicha takliflar berish;
  • institutda talabalar amaliyotining ta’lim yо‘nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish; 
  • Davlat inspeksiyasining topshirig‘iga binoan institut reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni tо‘plashda, о‘tkaziladigan attestatsiya va ta’lim sifatini о‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etish;
  • talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini  baholash;
  • institutdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini о‘rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-о‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari о‘rtasida ijtimoiy sо‘rovlar о‘tkazish;
  • institut reytingini xalqaro darajaga kо‘tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni institut rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;
  • institut tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan о‘quv seminarlari va treninglarni о‘tkazish;
  • institutda jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qо‘yilgan vazifalar doirasida seminar mashg‘ulotlarini muntazam ravishda о‘tkazib borish; 
  • о‘quv jarayoni bilan ishlab chiqarish о‘rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbig‘i masalalari monitoringini yuritish;
  • institut Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bо‘lim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan о‘rganish va monitoring natijalari tо‘g‘risida ma’lumotlar berib borish; 
  • ta’lim sifati holatini о‘rganish natijalariga asoslanib tegishli takliflarni Institut rahbariyatiga taqdim etish.

Davlat xizmatlari

Biz bilan aloqa

Manzil

Toshkent shahar shohjahon ko’chasi, 5 uy

call markazi

TEL : +(99871)  253 69-31,

           +(99871)  253 36-66

           +(99871) 253 63-51

           +(99871)  253 65-58

FAX: +(99871) 253-36-17 

Email : pochta@mail.ttyesi.uz

Devonxona

Dushanba – Juma 08:00 – 17:00

institutga keluvchi jamoat transportlari

77, 32,98

error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!