Toshkent to‘qimachilik instituti 1932-yilda tashkil topgan. Dastlabki yillarda institutda ikkita fakultet mavjud edi: "Paxtani dastlabki qayta ishlash" va "Mexanik texnologiya", 4 ta mutaxassislik bo'yicha bitiruvchi mutaxassislar: paxtani dastlabki qayta ishlash, to'quv, yigiruv va ipak texnologiyasi. 1932-1933 o'quv yilida institut dastlabki 125 talabani qabul qildi.
Andijon viloyati Marhamat tumani Marhamat agrosanoat kasb-xunar kolleji 1973 yil yilda Sobiq О‘zbekiston SSR Ministrlar sovetining 920-R sonli xamda, О‘zbekiston SSR Qishloq xо‘jalik vazirligining 1973 yil 2-avgustdagi 259-K sonli buyruqlari asosida Andijon Zooveterinariya texnikumi nomi bilan tashkil topgan.
1996 yil 22-yanvarda О‘zbekiston Respublikasi qishloq xо‘jalik vazirligining buyrug‘iga kо‘ra, Andijon agrobiznes kollejiga aylantirilgan, “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonunga muvofiq “Akademik litsey va kasb-xunar kollejlarini tashkil etish va ular faoliyatini boshqarish tо‘g‘risida”gi qaroriga asosan, Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 14-avgust-dagi 338-sonli qarorini bajarilishini ta’minlash, hamda о‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi boshqarmasining 2002-yil 12-dekabrdagi 172/01- sonli xatiga kо‘ra, Andijon Agrobiznes kolleji qayta rekonstruksiya qilish yо‘li bilan Marxamat agrosanoat kasb-xunar kollejiga aylantirilgan.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentabrdagi
PF-5812-son “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qо‘shimcha chora-tadbirlar tug‘risida”gi farmoni bilan Andijon viloyati Marhamat tumanidagi Marhamat agrosanoat kasb-xunar kolleji Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti xuzuridagi Marhamat yengil sanoat texnikumi bо‘lib tashkil qilindi. Hozirgi kunda Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti xuzuridagi Marhamat yengilsanoat texnikumining quvvati, 1240 о‘ringa mо‘ljallangan bо‘lib, 3 qavatli 1-chi bino 4 qavatli 2-chi bino 2 qavatli 3-chi bino о‘quv binosi. Talabalar amaliyoti uchun Chorva kompleksi mavjud, avtosaroy va ma’muriy boshqaruv bо‘limlari, 200 о‘ringa mо‘ljallangan talabalar turar joyi mavjud. Jami yer maydoni 5,8 ga ni tashkil etadi.
· Oldingi 2019/2020 о‘quv yilida 165 nafar bitiruvchi akademik litseyni tugatgan va 114 nafari ( 70%) oliy ta’lim muassasalarida о‘qishini davom ettirmoqda, shulardan 30% bitiruvchilar xorijiy oliy ta’lim muassasalariga о‘qishga kirgan
· Akademik litseyga 2020/2021 о‘quv yilida umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilaridan 208 nafar о‘quvchi qabul qilindi.
Toshkent shahar shohjahon ko’chasi, 5 uy
TEL : +(99871) 253 69-31,
+(99871) 253 36-66
+(99871) 253 63-51
+(99871) 253 65-58
FAX: +(99871) 253-36-17
Email : pochta@mail.ttyesi.uz
Dushanba — Juma 08:00 — 17:00
77, 32,98