Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti

Toshkent to‘qimachilik instituti 1932-yilda tashkil topgan. Dastlabki yillarda institutda ikkita fakultet mavjud edi: "Paxtani dastlabki qayta ishlash" va "Mexanik texnologiya", 4 ta mutaxassislik bo'yicha bitiruvchi mutaxassislar: paxtani dastlabki qayta ishlash, to'quv, yigiruv va ipak texnologiyasi. 1932-1933 o'quv yilida institut dastlabki 125 talabani qabul qildi.

Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi

Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi kafedrasi

 

Kafedra mudiri: Rasulova M.K.
Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00
Manzil: Toshkent shahri, ko’chasi, 5-uy, 2-bino

KAFEDRA TARIXI

“Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi 1952 yil Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti qoshida tashkil etilgan. Kafedraga dotsent A.Ya.Izmestyeva (1956-1959), dotsent M.Sh.Jabborova (1960-1962), A.K.Kravchinskiy (1962-1966), dotsent V.G.Chursina (1966-1973), dotsent E.U.Sobirov (1973-1978), dotsent X.X.Samarxodjaev (1978-2002),  dotsent Z.SH.Tadjibayev (2002-2004), dotsent L.SH.Shamuxitdinova   (2004-2006), dotsent M.K.Rasulova (2006-2014), dotsent  M.А. Маnsurova (2014-2020) rahbarlik qilganlar. Ular tomonidan yaratilgan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va ilmiy ishlanmalar hozirgi kungacha o‘qituvchilar va talabalar tomonidan foydalanib kеlinmoqda. 2020 yildan kafedraga t.f.n., dotsent M.K.Rasulova rahbarlik qilmoqda. Hozirda kafedrada 2 nafar professor, texnika fanlari doktori, 7 nafar dotsent, texnika fanlari nomzodi; 4 nafar katta o‘qituvchi; 7 nafar assistеnt  faoliyat ko‘rsatmoqda.

                                   BAKALAVRIAT TA’LIM YO‘NALISHLARI:
  5320900 – “Yengil sanoat buyumlari konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi” (tikuv buyumlari)
5321500 – «Yengil sanoat texnologiyalari
va jihozlari (tikuv buyumlari texnologiyasi)»
 5111000 – “Kasb ta’limi”(5320900- Yengil sanoat buyumlari konstruktsiyasini
ishlash va texnologiyasi” (tikuv buyumlari))
 
                                             MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI:
 70721204 – “Tikuv buyumlari texnologiyasi va konstruksiyasini ishlash”
5A320902 «Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi va jihozlari (tikuv buyumlari)»
 
                                                        SIRTQI TAʼLIM
 5320900- Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (tikuv buyumlari) yo‘nalishlar bo‘yicha sirtqi ta’lim bo‘yicha talabalar taxsil olmoqdalar.
Tikuv buyumlarini konstruksiyalash
Tikuv buyumlari texnologiyasi
Tikuv buyumlari ishlab chiqarish jihozlari
Tikuv buyumlari ishlab chiqarish jarayonlari asoslari
Tikuv buyumlari ishlab chiqarish jarayonlarini kimyolashtirish
Tikuv buyumlarini loyihalashning  avtomatlashtirilgan sistemasi
Texnologik jarayonlarni loyihalash
Amaliy antropologiya
Texnologiyaga kirish
Ustaxona
Ishlab chiqarishni konstruktorlik texnologik asoslari
Tikuv buyumlari texnologiyasi nazariy asoslari
Tikuv buyumlarini loyihalash nazariy asoslari
Tikuv buyumlarini ishlab chiqarish korxonalarini loyihalash
Kiyim gigiyenasi
Bichuv jarayonlarini me’yorlashtirish
Tikuv buyumlarini kompyuterda loyihalash
Rasulova M.K. – kafedra mudiri, texnika fanlari nomzodi, dotsent
Nigmatova F.U. – texnika fanlari doktori, professor
Mansurova M.A.- professor
Majidova Sh.G. -texnika fanlari nomzodi, dotsent
Bobojonova M.A. – texnika fanlari nomzodi, dotsent
Bozorboyeva G.G. – texnika fanlari nomzodi, dotsent
Alimuxammedova B.G.texnika fanlari nomzodi, dotsent
Isayeva D.X.texnika fanlari nomzodi, dotsent
Ergasheva N.J. -dotsent
Aydarkulova K.A. – PhD, katta o’qituvchi
Bahriddinova D.A. – PhD, katta o’qituvchi
Jurayeva Sh.G. – PhD, ass.
Isaeva M.X. – katta o‘qituvchi
Aripjanova M.A. –  katta o‘qituvchi
Artikbayeva N.M. – katta o‘qituvchi
Umarova M. – assistent
Mirzanazarova D.J. – assistent
Asadova X. -assistent
Xadjayeva K -assistent
Axmedova N. – assistent
Kafedra qoshida 1 ta tikuv laboratoriyasi, 1 ta konstruktorlik byurosi, 1 ta konstruktorlik laboratoriyasi va Yaponiya firmasining CAD CAM – kiyimni loyihalashtirishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan jihozlangan auditoriya mavjud bo‘lib, talabalar kurs loyiha ishi, diplom ishi, bitiruv malakaviy  ishi va magistrlik dissertatsiya ishlarini, hamda mustaqil ishlarni bajarishda foydalanadilar.
     Kafedrada “O’zto’qimachiliksanoati” uyushmasiga qarashli tikuv va tikuv trikotaj korxonalari, xususiy va qo’shma korxonalar, ilmiy-tekshirish institutlari va boshqa Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik integratsiyasini yanada chuqurlashtirish  maqsadida ta’lim, fan va ishlab chiqarish o’rtasidagi o’zaro innivatsion korporativ hamkorlik bo’yicha 50 ga yaqin ishlab chiqarish korxonalari bilan shartnomalar tuzilgan va ulardagi ilmiy-texnik muammolarni yechish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari, magistrlik dissertatsiyalari, diplom va kurs loyiha ishlari bajarilmoqda. O’quv rejaga asosan  talabalar ishlab chiqarish korxonalarida o’quv, tanishuv bilan ishlab chiqarish amaliyoti,  malaka amaliyotlari va bitiruv oldi amaliyotlarini o’taydilar. Amaliyotlarni har bir keyingi bosqichi talabalarning bilim va ko’nikmalarini yanada mustahkamlashgashga mo’ljallangan.
Kafedra olimlari Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston mamlakatlaridagi yengil sanoat sohasiga tegishli oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
Kafedrada innovatsion guruh mavjud bo’lib, uning tarkibi 22  nafar professor o’qituvchi, korxona rahbarlari,magistrlar va iqtidorli talabalaridan iborat. Innovatsion guruhning yillik ish rejasi mavjud bo’lib, har oyda bir marotaba yig’ilish o’tkazadi. 2017 yil “Yilning eng yaxshi innovatsion guruhi” tanlovida 4-o’rin egallandi.   Kafedrada 2019 yilning sentyabr-oktyabr oylarida 15 nafar ishlab chiqarish korxonalari bilan shartnomalar tuzildi. 
5/2018-“Erkaklar maxsus ish kiyimiga ishlatiladigan materiallarni sarf me’yorini asoslash va texnik shartlarini yaratish” nomli Qashqadaryo Istiqboli Yo’lida korxonasi bilan xo’jalik shartnomasi tuzilgan.
Kafedra professor o’qituvchilari  mustaqillik yillari davrida chet elning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirib kelmoqdalar. M.A. Bobojonova O’zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish Iste’dod jamg’armasi dasturi bo’yicha 2005 yilda XXP Shanxay universitetida malaka oshirdi.
M.K. Rasulova London dizayn universiteti qoshidagi London moda kolledjida 2009 va 2010 yillarda malakasini oshirib, Britaniya kengashi yordamida INSPIRE (oily ta’lim bilan hamkorlikda) dasturi asosida London kolledji bilan institut o’rtasida tuzilgan hamkorlik loyihasining asoschisi bo’ldi. 
 
 
     “Ideal Business Center” МЧЖ, “Тojiniso Fayz” МЧЖ, “Tristar Technologies” МЧЖ korxonalari bilan o’zaro hamkorlikda kafedra filiallariochilgan. Ushbu filiallarda talabalar malaka amaliyotini o’taydilar hamda malakali mutaxassislardan tomonidan o’tkaziladigan master klasslarda qatnashadilar . Amaliy mashg’ulotlar ko’pincha ishlab chiqarish korxonalarida olib boriladi. Jumladan, bakalavr va magistratura talabalari bilan har o’quv yili davomida “UzTEKS”, «YU-TEKS», «Alkim»,  «TRISTAR technologies», “Iftixor” korxonalarida o’zaro hamkorlik doirasida ochiq darslar o’tkazilgan, bakalavriat talabalarining diplom ishlari va magistrlik dissеrtatsiyalari korxonalarning muayyan topshiriqlari asosida bajarilgan va ishlab chiqarish korxonalariga joriy etilgan.

 

         KITECH dasturi asosida O’zbekiston-Koreya to’qimachilik o’quv tadqiqot texnoparkini barpo etish loyihasi bo’yicha 2016 yilda Koreya Respublikasida M.A. Mansurova va N.M. Artikbayevalar, 2017 yilda D.X.Isayeva hamda M.A. Shomansurova va M.A. Bobojonovalar tikuv-dizayn yo’nalishi bo’yicha malakasini oshirdilar.

Davlat xizmatlari

Biz bilan aloqa

Manzil

Toshkent shahar shohjahon ko’chasi, 5 uy

call markazi

TEL : +(99871)  253 69-31,

           +(99871)  253 36-66

           +(99871) 253 63-51

           +(99871)  253 65-58

FAX: +(99871) 253-36-17 

Email : pochta@mail.ttyesi.uz

Devonxona

Dushanba – Juma 08:00 – 17:00

institutga keluvchi jamoat transportlari

77, 32,98

error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!