YANGILIK VA TADBIRLAR

Til – millat tafakkurining bebaho xazinasi!

1
Til bor ekan, millat barhayotdir. Tilni Onaga qiyoslanishi bejiz emas, inson oʻz onasini koʻrmasdan, uning sof muhabbatini, mehrini tuymasdan yashay olishi mumkin emas. Bu fikrimizning isboti sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning soʻzlagan nutqini keltirishimiz mumkin: “Kimda-kim oʻzbek tilining bor latofatini, jozibasi va taʼsir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi boʻlsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, oʻlmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qoʻshiqlariga quloq tutsin”.
Haqiqatdan ham “Til – millat tafakkurining bebaho xazinasi” hisoblanadi. Shu munosabat bilan joriy yilning 21-oktabr kuni yurtimiz bo‘ylab O‘zbek tili bayrami keng nishonlanmoqda. Xususan, bir necha oliy ta’lim muasassalari o‘rtasida ham uchrashuvlar tashkil etilib, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy bobomiz poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor Baxtiyor Boboxo‘jayev, Paxta sanoati texnologiyasi fakulteti dekani Maqsud Ochilov, “Tillar” kafedrasi mudiri Feruza Ikromxonova va talaba-yoshlar bayramda ishtirok etib, Alisher Navoiy hazratlariga o‘zgacha hurmat bajo keltirdi.
Tadbirda so‘z olganlar O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgani 32 yilligi hamda millatimiz aslini aks ettiruvchi o‘zbek tili va yuksak ma’naviy boyliklarimiz haqida nutq yuritdilar.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!