YANGILIK VA TADBIRLAR

Tilga e’tibor — elga e’tibor!

photo_2021-10-20_11-51-48 (2)
Til – ma’naviyat ko‘zgusidir. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligi milliy mustaqilligimizga qo‘yilgan katta qadamdir.
Shu munosabat bilan 19-oktabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni”ga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Toshkent arxitektura-qurilish instituti va O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari tadbirga tashrif buyurishdi.
Institutning “Tillar” kafedrasi mudiri Feruza Ikromxonova va professor Gularam Masharipova so‘zga chiqib, ulkan ma’naviy boyligimiz haqida o‘z bilimlarini baham ko‘rishdi. Shuningdek, 25-21 25r-21murabbiysi Dilobar Zufarova ham talaba-yoshlari bilan bayramda ishtirok etishdi.
Talabalar orasida ham adabiyotga, san’atga qiziquvchan yoshlar talaygina. Ular ijrosidagi kuy-qo‘shiq, raqs, she’rlar va sahna ko‘rinishlari tadbirga alohida ko‘rk berdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!