Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti

Toshkent to‘qimachilik instituti 1932-yilda tashkil topgan. Dastlabki yillarda institutda ikkita fakultet mavjud edi: "Paxtani dastlabki qayta ishlash" va "Mexanik texnologiya", 4 ta mutaxassislik bo'yicha bitiruvchi mutaxassislar: paxtani dastlabki qayta ishlash, to'quv, yigiruv va ipak texnologiyasi. 1932-1933 o'quv yilida institut dastlabki 125 talabani qabul qildi.

To‘qimachilik materialshunosligi

«To’qimachilik materialshunosligi»  kafedrasi

Kafedra mudiri: R.D. Akbarov 
Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00
Telefon: +998 97(768-11-08)
Manzil: Toshkent shahri, Shohjahon ko‘chasi, 5 uy, 2-bino
E-mail: to’qimachilik materiyalshunosligi@ttyesi.uz

KAFEDRA TARIXI

           Kafedra 1957 yilda Mexanikaviy-texnologiya fakulteti tarkibida O’zbekiston Fanlar Akademiyasining Akademigi,  texnika fanlari doktori, professor M.A.Xodjinova tashabbusi bilan tashkil topgan va ilmiy maktab yaratilgan. Dastlabki yillarda kafedraning tarkibida dotsеntlardan    R.N. Sutormina,  I.T. Abdurahimova, katta o’qituvchi  Z.A. Muxamеdnurova, katta laborant N.V. Vasilеva va laborant – N.V. Lankinadan iborat o’ituvchi va o’quv yordamchi xodimlar xizmat qildi. 1961-1963 yillarda kafеdraga aspiranturani tamomlagan F.M.G’ulomova, N.G.Abbasova va V.A.C’oziеvalar kеlib qo’shildi. 1967 yildan kafеdrada To’qimachilik matеrialshunosligi bo’yicha mutaxassislar tayyorlashga kirishildi. Natijada kafеdra 1971 yildan boshlab mutaxassislik kafеdrasi maqomini olib, har yili paxta tozalash, to’qimachilik, ipak, tikuvchilik sanoatlari uchun 20-30 nafar muhandis-matеrialshunoslar tayyorlay boshladi.  Kafеdrada dotsеntlar: Sh.M.Mahkamova, L.Е.Osipova, V.M.Omarov, D.Z.Xolmuxamеdova, A.M.Tursunov, B.B.Axmеdov, G.O.Lazarеv, katta o’qituvchilar: K.P. Fazilova, I.M. Avakovalar faollik ko’rsatib, kafеdraning o’quv-uslubiy, ilmiy salohiyatini oshirish borasida xizmat qildilar.
 Kafеdrada o’z mutaxassisligi uchun alohida tеxnologlar, iqtisodchilar, yеngil sanoat, charm-poyafzal mutaxassisliklari uchun to’qimachilik matеrialshunosligidan, kvalimеtriya va tеxnik nazorat, to’qimachilik matеriallari xususiyatlarini oldindan taxminiy bеlgilash va loyihalash kurslari va bir nеcha boshqa yangi kurslar oqitildi.
1998-2004 yillarda kafedra «To’qimachilik texnologiyasi va materialshunosligi» nomi bilan yuritilib «To‘qimachilik sanoat texnologiyasi» yo’nalishi bo‘yicha bakalavrlar va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlangan. Shu davrda kafеdrada dotsеnt M.Q.Qulmеtov(mudir), profеssorlar: U.M. Matmusaеv, E.Sh.Alimboеv, dotsеntlar: F.J.Abdullina, T.A.Ochilov, A.A. Abdugaffarov, T.B. Murodov, katta oqituvchi N.B. Baxtiyarova, assistеntlar: T.A.Toyirova, M.R.Yunusxo’jaеva, Q.I.Abulniyozov, E.T. Layshеva, U.T.Abdullayеv, K.K.Boltaboеvlar faoliyat ko’rsatdilar. 2004 yildan «To’qimachilik materialshunosligi» kafedrasi alohida faoliyat ko’rastib kelmoqda. Kafedrada mudirlik vazifasini 1972-1998 yillarda prof. U.M.Matmusayev, 1998-2008 yillarda M.Q.Qulmetov, 2008-2009 yillarda dots. S.A.Yusupov, 2009-2010 yillarda dots. F.D.Abdulina bajardilar. 2011 yilda t.f.n. R.Dj.Akbarov mudirlik qildi. 2012 yildan 2017 yilgacha kafedrani t.f.n. K.Z.Yunusov mudirlik qildi.2017-2021-yillarda T.A.Ochilov  mudirlik qildi.2022-yildan R.D.Akbarov  boshqarib kelmoqda.

60711300«Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (paxta, to‘qimachilik va yengil sanoat)»

To’qimachilik materiyalshunosligi;
Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari;
Standartlashtirish asoslari;
Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari;
Tо‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishda metrologik ta’minot;
Sinov laboratoriyasini loyihalash;
Tadqiqot uslub va vositalari;
Mahsulot sifatini statistik nazorat qilish uslublari;
Mahsulot ishlab chiqarishda sifat menejmenti;
Mahsulot sifatini baholash;
Materiyalshunoslik;
Tikuv buyumlari materialshunosligi;
O’lchash birligini ta’minlash asoslari;
-“ Muvofiqlikni baholash”;
-“ Texnik nazorat va sifat menejmenti”;
-“ Xalqaro standartlashtirish va sertifikatlashtirish”;
-“ Charm buyumlar materialshunosligi”;
-“ Charm va mo’yna materialshunosligi”;
Zamonaviy o’lchov vositalari.
Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasining nazariy asoslari;
Ilmiy-tadqiqotning nazariy asoslari;
To’qimachilik mahsulotlar sifatinin baholash asoslari
Mahsulot sifatinin baholash va bashoratlash 
Mahsulot sifatini ta’minlashda Xalqaro standartlashtirish;
To’qimachilik sanoatida sifat menejmenti tizimlari.

Akbarov R.D. kaf.mudiri
Ochilov T.A. t.f.n, prof.
Hamrayeva S.A. t.f.d.,prof.
Qulmetov M.Q. t.f.n., prof.
Axmedov B.B. t.f.n.,dots.
Muxtorov J.R. f.f.d.(PhD),dots.
Toyirova T.A. f.f.d.(PhD),dots.
Valiyeva Z.F. f.f.d.(PhD dots.
Atanafasov M.R. f.f.d.(PhD dots.
Haydarov U.P f.f.d.(PhD dots..
Radjapova U. f.f.d.(PhD),kat.o‘qit.
To‘lanov Sh.E. f.f.d.(PhD), dots.
Ubaydullayeva D. f.f.d.(PhD),dots.
Isroilova S. kat.o‘qit.
Abdug‘affarov A.A. t.f.n.,dots.
Patxullayev S.U. f.f.d.(PhD), dots..
Bolkiyev S. assistent
Janiyeva M. assistent
Kobilova D. assistent
Ashurov X. assistent
Mengnarov Sh.S. assistent
Xasanov J. assistent
Sirojiddinova Ya assistent
Taniberdiyev F assistent

Kafedraning moddiy-texnik bazasi to’qimachilik tolalari, iplari, materiallarining tarkibi, tuzilishi, xossalarini aniqlash va  baholash bo’yicha jihozlangan CentexUz laboratoriyasi mavjud bo‘lib, bu laboratoriyada professor o‘qituvchilar hamda magistrlar va talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishadi. Kafedrada o‘qish davomida talabalar olgan nazariy bilimlarni  laboratoriya tajribalari orqali mustahkamlab, laboratoriyada qo`llaniladigan moddalarning kimyoviy xossalarini o`rgangan holda, ulardan ishlab chiqarish sohasida samarali foydalanishni o`rganadilar.

I N O V A T S I O N  X A M K O R L I K

“О‘ztо‘qimachiliksanoat” uyushmasi
“Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ
“О‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish” agentligi
“О‘zbekiston ctandartlar instituti” davlat muassasasi
“О‘zbekiston ilmiy-sinov nazorati marlazi” davlat muassasasi
“О‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasi
“О‘zbekiston akkreditasiya markazi” davlat korxonasi
Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va

«Oʼztoʼqimachiliksanoat» uyushmasi
“Paxtasanoat ilmiy markazi” АJ
Standartlar istituti
“O’zbekiston milliy metrologiya instituti” DK
Oʼzbekiston texnik jihatdan
tartibga solish agentligi
Kafedraning moddiy-texnik bazasi tо‘qimachilik tolalari, iplari, materiallarini tarkibi, tuzilishi, xossalarini aniqlash va baholash bо‘yicha jihozlangan “CentexUz” о‘quv laboratoriyalari va Texnopark. Kafedrada 7 ta о‘quv auditoriyasidan 2 -tasi ma’ruza о‘tishga mо‘ljanlangan. Umuman kompyuter -13 ta, printer-3ta, proyektor-5ta, elektron doska-2ta,smart doska-1ta.
     Hozirda kafedra professor-oʼqituvchilari tomonidan soha ishlari boʼyicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Shu kungacha kafedra professor-oʼqituvchilari tomonidan 21 tadan ortiq patentlar olingan, 11 ta darslik 16 tadan ortiq oʼquv qoʼllanmasi, 185 tadan ortiq metodik qoʼllanmalari, 723 tadan ortiq ilmiy maqola va tezislar Respublikamiz hamda chet el jurnallarida chop etilgan.

Davlat xizmatlari

Biz bilan aloqa

Manzil

Toshkent shahar shohjahon ko’chasi, 5 uy

call markazi

TEL : +(99871)  253 69-31,

           +(99871)  253 36-66

           +(99871) 253 63-51

           +(99871)  253 65-58

FAX: +(99871) 253-36-17 

Email : pochta@mail.ttyesi.uz

Devonxona

Dushanba – Juma 08:00 – 17:00

institutga keluvchi jamoat transportlari

77, 32,98

error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!