To‘qimachilik matolari texnologiyasi

 “To’qimachilik matolari texnologiyasi” kafedrasi

 

Kafedra mudiri: Ortiqov Oybek Akbaraliyevich
Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00
Telefon: (0 371) 253 63 41
Manzil: Toshkent shahri,
Shohjahon ko‘chasi, 2-bino 118-xona
E-mail: uztextile@gmail.соm 

KAFEDRA TARIXI

Kafedra “To‘quvchilik” nomi bilan 1935-yil Moskvadan yo‘llanma bilan kelgan t.f.n. dotsent 40 yilga yaqin kafedra mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan ko‘plab shogirdlarning ustozi Faina Stepanovna Kungurtseva rahbarligida o‘z faoliyatini boshlagan. Keyinchalik kafedrani 1970-1971 yillarda dotsent Z.A.Abdullaev, 1971-1982 yillarda professor E.SH.Alimbaev, 1982-1990 yillarda dotsent B.I.Getsonok,               1990-1998 yillarda dotsent S.S.Raximxodjaev, 2001-2004 yillarda professor A.D.Daminov, 2004-2006 yillarda dotsent B.K.Xasanov, 2006-2007 yillarda dotsent B.Boymurodov, 2008-2010 yillarda dotsent M.R.YUnusxodjaeva, 2010-2012 yillar kafedrani dotsent U.T.Abdullaev boshqardilar.
Kafedra o‘z faoliyati davomida o‘quv jarayonini tashkil etish bilan bir qatorda mutaxassislarga tarbiyaviy va ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish ko‘nikmalarini o‘rgatish bilan ham shug‘ullangan.
Kafedra mutaxassislik kafedralari sirasiga kirgani uchun ham uning faoliyati Respublika to‘qimachilik sanoatining rivojlanishi bilan bog‘liqdir.
        O‘tgan asrning 40-50-yillarida kafedrada mutaxassislarni tayyorlash ancha kengayib, nafaqat qo‘shni Respublikalar, balki Armaniston, Ozarbayjon, Moldaviya va shu kabi boshqa davlatlar uchun ham mutaxassislar tayyorlangan. 80-yillarga kelib esa kafedrada Vetnam va Kuba Respublikalari uchun maqsadli yuqori malakali mutaxassislar tayyorlangan. Aynan shu davrda institutda tayyorlangan mutaxassislar Tojikistonda barpo etilgan Dushanbe to‘qimachilik, Qozog‘istonda tashkil etilgan Olma-ota ip gazlamalar kombinatiga yo‘llanma olishgan. Kafedra faoliyatining dastlabki yillarida bitirgan mutaxassislar etuk korxona rahbarlari bo‘lib etishdilar. Ular jumlasiga institutimizning birinchi rektori, keyinchalik Toshkent to‘qimachilik kombinati direktori bo‘lgan dots. Z.A.Abdullaevni kiritish mumkin.
       SHu bilan bir qatorda, kafedrada tahsil olgan yoshlarimizdan nafaqat yirik mutaxassislar, olimlar, shuningdek, siyosiy-ijtimoiy rahbarlar etishib chiqqan. Ular Respublika Oliy Kengashi deputatlari X.N.Lukmanov va F.Akromovlar 1991 yilda Respublikamizni mustaqil deb e’lon qilinishida Oliy Kengash Majlisida qatnashganliklari va ushbu tarixiy voqeaga o‘z hissalarini qo‘shganliklari bilan faxrlanamiz.
2011-2012 o‘quv yilida “To‘quvchilik texnologiyasi” (1935 yilda tashkil topgan) va “Trikotaj ishlab chiqarish texnologiyasi” (1968 yilda tashkil topgan) kafedralari birlashtirilib, unga “To‘qimachilik matolari texnologiyasi” nomi berildi. 2023 yildan kafedra mudiri etib  Ortiqov Oybek Akbaraliyevich tayinlandi.

BAKALAVRIAT TA`LIM YO`NLAISHI
60721200 – Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (gilamchilik)
60721200 – Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (to‘qima)
60721200 – Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (trikotaj)
MAGISTRATURA MUTAHASSISLIGI
70721201- To`qimachilik mahsulotlari texnologiyasi (to`qima)
70721201- To`qimachilik mahsulotlari texnologiyasi (trikotaj)
70721202 –To`qimachilik sanoati buyumlarini badiiy loyihalash (dissinatorlar
)
Texnologik jarayonlarni loyihalash
To’qimachilik mahsulotlari texnoloyasi va jihozlari
Tadqiqot uslub va vositalari
O’zbekiston to’qimachilik korxonalari
Kasbiy mahorat va muxandislik ish yuritish
Sohaga kirish
To’qimachilik korxonalarini loyihalash
Donali trikotaj
To’qima hosil qilish jarayonlari nazariy asoslari
Xalqa hosil qilish
To’qima tuzilishini loyihalash
Xomashyoni to’quvchilikka tayyorlash
To’qimachilikda innovatsion texnologiyalar
To’quvchilik texnologiyasi
To‘quvchilik jarayonlarini avtomatik loyihalash tizimi
Trikotaj mahsulotlarini tikish texnologiyasi
Xomashyo tejash texnologiyasini nazariy asoslari
Naqsh hosil qilish nazariy asoslari
Trikotaj mahsulotlarini avtomatik loyihalash tizimi
To‘qimachilik matolari dizayni asoslari
To‘qima tuzilishi, bezash va shakllantirish nazariyasi
To‘qima tuzilishini zamonaviy usullari
-Ortiqov Oybek Akbaraliyevich-Kaf.mudiri.f.f.d.(PhD), Dots.
-Qodirova Dilfuza Neymatovna-t.f.d., Prof.
-Xanxadjayeva Nilufar Raximovna-t.f.d.,Prof.
-Hasanov Baxodir Kimsanovich-t.f.n., Dots.
-Sodiqova Naima Raxmatovna-t.f.n., Dots.
-Yunusov Kamoliddin Zununovich-t.f.n., Dots.
-Yusupova Nodira Baxtiyarovna-f.f.d.(PhD), Dots.
-Musayeva Muxayyo Mirxatamovna-f.f.d.(PhD), Dots.
-Nazarova Dilrabo Tolibjanovna-f.f.d.(PhD), Dots.
-Gulyayeva Gulfiya Xarisovna-f.f.d.(PhD), Dots.
-Kadirova Mapirat Alijanovna-Kat.о‘qit.
-Uzoqova Umida Raximdjanovna-f.f.d.(PhD), Dots.
-Musayev Nuriddin Muxitdinovoich-f.f.d.(PhD) Dots.
-Sabirova Gulfiya Nasixovna-Ass.
-Mirusmanov Baxtiyor Farruxovich-t.f.n.,Dots.
-Raximxodjayev Saidivoris Saidgaziyevich-t.f.n.,Dots.
-Muqimov Mirabzal Mirayubovich-t.f.d, Prof.
-Siddikov Patxilla Siddikovich-t.f.d, Prof.
-Abdullayev Ulug‘bek Tulanbayevich-t.f.n., Dots.
-Rasulov Hamza Yuldashevich-f.f.d.(PhD), Dots.
-Daminov Asror Maxmayusupovich-f.f.d.(PhD), Dots.
-Kasimov Diyorbek Nematillayevich-f.f.d.(PhD), Dots.
-Hazratqulov Hamid Aliqulovich-f.f.d.(PhD), Dots.
-Xо‘jayev Rasul Qadambayevich-Ass.
-Paxxatova Durdona Alisherovna-Stajer o’qituvchi
-Murodova Sevara Saydullayevna-Stajer o’qituvchi
         Kafedra o‘quv laboratoriyasi eng zamonaviy dastgoh, mashina va uskunalar bilan jihozlangan.     Ular jumlasiga Italiyaning elektron karetka va jakkard mashinalari bilan jihozlangan “SOMET” to‘quv   dastgohlari, SHveysariyaning elektron boshqaruv va nazorat tizimiga ega bo‘lgan “BENNINGYER” tandalash mashinasi, YAponiyaning elektron  boshqaruv va nazorat tizimiga ega bo‘lgan “MURATA” qayta o‘rash mashinasi, bir ignadonli “FUKUHARA” (YAponiya) aylana to‘quv trikotaj mashinasi, ikki ignadonli “SANGYONG” interlok mashinasi, elektron boshqaruvli “LAMBDA” (YAponiya) paypoq to‘quv avtomati. Zamonaviy tikuv mashinalari “JUKI” (YAponiya) va boshqalar kiradi. Kafedra laboratoriyasiga YAponiya Davlati TOYOTA kompaniyasi homiyligida yangi TOYOTA JAT 810 pnevmatik to‘quv dastgohi o‘rnatildi. Kafedrada korporativ hamkorlik bo‘yicha innovatsion faoliyat  guruhi shakllantirilgan bo‘lib, uning tarkibiga professor-o‘qituvchilar, vazirlik va ishlab chiqarish korxonalarining etakchi mutaxassislari, magistratura talabalari, stajer-tadqiqotchi izlanuvchilar hamda  katta ilmiy xodimlar jalb etilgan. Ta’lim-ishlab chiqarish sohasidagi barcha muammolar, jumladan:             – To‘quv dastgohlarining kompyuter tizimi asosida assortiment imkoniyatlarini kengaytirish yo‘llari;
– Aralash tarkibli ko‘ylakbop to‘qima tuzilishini va texnologiyasini yaratish;
– Gigienik xususiyatlari yuqori bo‘lgan trikotaj to‘qimalarini yaratish va sifat ko‘rsatkichlarini tadqiq qilish;
– Aralash iplardan kostyumbop to‘qima assortimentini loyihalash va dizaynini yaratish;
– Yuqori va pastki qatlam zichliklarining to‘qima tuzilishi va xususiyatlariga ta’siri;
– Avrli gazlamalarni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish va tatbiq etish;
– Bolalar trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan trikotaj to‘quv mashinalarini texnologik imkoniyatlarini tahlili;
– To‘quvchilikka iplarni tayyorlash jarayonini takomillashtirish orqali sifatli mahsulot ishlab chiqarish;
– Xon-atlas to‘qimasini zamonaviy to‘quv dastgohida to‘qish uchun texnologik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqarish;
– Ko‘p qatlamli Xon-atlas to‘qimalarini omillarni ishlab chiqarish;
– To‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xomashyolardan samarali foydalanish yo‘llari;
– Xomashyo xususiyatlarining to‘qimachilik matolarini ko‘rsatkich va xususiyatlariga ta’siri, kabi muammolar o‘zaro korporativ hamkorlikda o‘z echimini topadi. Kafedrada o‘qitish jarayonida zamonaviy texnik vositalar qo‘llaniladi. Kafedrada kompyuter sinfi mavjud. Dars o‘tish jarayonida loyihalash va tadqiqiotlarni rejalashtirish bo‘yicha elektron dasturlardan, animatsiyalardan foydalaniladi.
    Bugungi kunda kafedra tomonidan to’qimachilik tarmog’ining qirqdan ortiq ishlab chiqarish korxonalari bilan korporativ hamkorlik yo’lga qo’yilgan.
Kafedraning quyidagi ishlab chiqarish korxonalari, fan va ta’lim muassasalari bilan innovatsion hamkorligi mavjud:
“UZTEX CHIRCHIK” MCHJ QK
“SEDAT-TRIKO TASHKENT” MCHJ QK
“TASHKENT MILL TEXTILE” MCHJ QK
“REAL TEKS TASHKENT” MCHJ
“ZELAL TEKS” QK
“BRAVO ORIGINAL TEXTILE”’ MCHJ
“APITEKS” MCHJ,
“HAPPY FOREVER KIDS” MCHJ
“CHARMGREEN GLOBAL” MCHJ
“MITTI TEKS” MCHJ
“RIXSITILLA GAZMOL” MCHJ
“APITEKS” MCHJ
XK “SEDAT TRIKO TASHKENT” MCHJ
“Osborn Textile” MCHJ
“O’zbekipaksanoat” uyushmasi
“O’Zto`qimachiliksanoatt” uyushmasi
Razumovskiy K.G. nomidagi Moskva texnologiya va boshqarish davlat universiteti
O’zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti
Jizzax politexnika instituti
Namangan muxandislik texnologiya instituti
Namangan to`qimachilik sanoati instituti
Termez davlat universiteti
Nukus davlat universiteti

     

Kafedraning o’quv laboratoriyasiga Shveytsariyaning “BENNINGER” firmasida ishlab chiqarilgan eng zamonaviy piltalab tandalash mashinasi, Italiyaning “COMET” firmasi to’quv dastgohi, Yapoyaning “MURATA”firmasi qayta o’rash avtomati, “TOYOTA” firmasi “JAT-810” to’quv dastgohlari, bir ignadonli “FUKUHARA” (Yaponiya) aylana to’quv trikotaj mashinasi, ikki ignadonli “SSANGYONG” interlok mashinasi, elektron boshqaruvlichi “LAMBDA” (Yaponiya) paypoq to’quv avtomati, aylana ignadonli jakkard “HANMA” (Xitoy) trikotaj to`quv mashinasi, ikki ignadonli “LONGXING” (Xitoy) trikotaj to`quv mashinasi, ikki ignadonli GD-D “SHAOXING-JINGXAO” (Xitoy) qo`lqop to`quv avtomati, “JUKI” (Yaponiya) zamonaviy tikuv mashinalari o’rnatildi.

Oʼzbekiston Respublika Prezidentining 2909-son qarori asosida 2020 yil Jaxon taraqqiyot banki mablagʼlari boʼyicha 16 turdagi teri va moʼynaga ishlov berish va taxlil etish jihozlari keltirildi.

        2021-yil 10-fevral kuni “O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdab takomillashtirish to’g’risida”gi 2018-yil 15-dekabrdagi 1020-son qaroriga asosan Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor, Texnika fanlari nomzodi, dotsent, Abdullayev Ulug’bek To’lanboyevich O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.

     2018 yil 25 fevral kuni Xotin qizlar qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” 1-Respublika tanlovida kafedra mustaqil izlanuvchisi G.A.Ro’zmetova ishlanmalari bilan faol qatnashib faxrli 1-o‘rinni egalladi.
   
       2018 yil dosentlar  D.N.Kadirova va K.Z.Yunusovlar  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg‘armasi orqali “Don davlat texnika universiteti”ning filiali Shaxti shaxridagi Institut sferi obslujivaniya i predprinimatel’stva (ISOiP) 2018 yil 2 noyabrdan 30 noyabrgacha malaka oshirishda (stajirovka o‘tash) bo‘ldi.

     “To’qimachilik matolari texnologiyasi” kafedrasi assistenti M.M.Musayeva 2019 yil 21 martdan 11 aprelgacha bo‘lgan muddat oralig‘ida  Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shahrida tashkil etilgan “3rd Advanced Seminars for Donghua University Textile Industry International Cooperation in Production Capacity” nomli seminarda ishtirok etdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!