«Kitob – beminnat ustoz. Har daqiqa u bizni donishmandlarning bilim xazinasi bilan oshno eta oladi», deb yozadi buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy.
![](https://web.ttyesi.uz/wp-content/uploads/2021/09/223-1-1024x682.jpg)
Ma’lumki, aholining intellektual va ma’naviy-estetik ehtiyojini qondirish, xususan, yoshlarni mustaqil fikrlaydigan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar va ma’nan barkamol insonlar qilib tarbiyalashda kitobning o‘rni beqiyosdir.
![](https://web.ttyesi.uz/wp-content/uploads/2021/09/224-1-1024x682.jpg)
Shu munosabat bilan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti bosh binosi kirish qismida kitobsevar talaba-yoshlari uchun kitoblar yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda. Shunday ekan, aziz yoshlar kitob o’qing. Zero, kitob insonning hayot yo‘lida yo‘ldoshi bo‘lsa, hayot so‘qmoqlaridan ravon va mamnuniyat bilan o‘tadi!
![](https://web.ttyesi.uz/wp-content/uploads/2021/09/225-1-1024x682.jpg)