Diqqat e’lon!!!

Hammamizga ma’lumki, butun dunyoda koronavirus pandemiyasi hukm so‘rmoqda. Shu sababdan aholi salomatligi uchun bir qator oliy ta’lim muassasalari masofaviy ta’lim tizimiga o‘tkazilmoqda. Ijtimoiy tarmoqda (@YQQUZB_KANAL (https://t.me/joinchat/S7W-oAv8eLLC8Cx_) | Instagram (https://www.instagram.com/yqquz/)) “Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti ham 01.05.2021dan karantin sababli 14 kunga masofaviy ta’limga o‘tkazildi” – deya, xabar tarqaldi, ushbu xabar asossiz hisoblanadi. Toshkent to‘qimachilik va …

Kasbga yo‘naltirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari davom etmoqda

Joriy yilning 30-aprel kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat “To‘qimachilik matolari texnologiyasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 194-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurib, kasbga yo‘naltirish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borishdi. Unda Respublikamizdagi To‘qimachilik sohasiga qaratilayotgan e’tibor, olib borilayotgan islohotlar oliygohdagi kadrlarni yetishtirish bo‘yicha yaratilgan sharoitlar bo‘yicha ma’lumotlar yetkazildi.

Shaxmat sport turi bo’yicha tadbirlar davom etmoqda

2021-yil 29-aprel kuni “Pedagogika va jismoniy madaniyat” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish” maqsadida “Sport bilan og‘usiz hayot sari” shiori ostida “To‘qimachilik sanoati texnologiyasi” fakulteti kafedralarida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar o‘rtasida “Do‘stlik spartakiadasi”ning shaxmat bo‘yicha musoboqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 6 ta kafedrada faoliyat olib borayotgan 31 yoshga …

Onlayn konferensiya tashkil etildi

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan 4-shoʻba “Sohalar uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashda Dual ta’limning hamda fundamental, ijtimoiy-iqtisodiy va pedagogika fanlarini o‘qitishning o‘rni” mavzusidagi ilmiy anjuman o‘tkazildi. Anjumanda institutda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar va magistrlar o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar. Anjuman bugungi kunda dolzarb hisoblangan dual ta’lim va uning o‘ziga xos xususiyatlari …

Hamkorlikda ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi

Joriy yilning 29-aprel kuni FFA huzuridagi Fuqaro muhofazasi institutida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va FFV hamkorligida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti doktorantlari ham o‘z ilmiy yo‘nalishlari bo‘yicha ma’ruza qildilar. Anjumanning amaliy qismida xorijiy hamkorlar homiyligida tashkil etilgan maxsus o‘quv auditoriyalar bilan tanishtirildi.

“Ochiq eshiklar kuni” loyihasi doirasida tadbir tashkil etildi

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Matbaa texnologiyalari fakulteti va “Tillar” kafedrasi tashabbusi bilan О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzini tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish” chora-tadbirlari tо‘g‘risidagi PF-6099-sonli qarorlari ijrosi yuzasidan hamda yoshlarning bо‘sh vaqtini mazmunli о‘tkazishni tо‘g‘ri tashkil etish maqsadida joriy yilning 29-aprelida “Ochiq eshiklar kuni” loyihasi doirasida “Biz sog‘lom turmush tarzi …

Fan olimpiadasida ishtirok etgan iqtidorli talaba-yoshlar taqdirlandi!

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasida joriy yilning 30-aprel kuni “Konstruksion materiallar texnologiyasi” fanidan Institut miqyosida bо‘lib о‘tgan fan olimpiadasida faol ishtirok etib, faxrli о‘rinlarni qо‘lga kiritgan iqtidorli talaba-yoshlar kafedra professor-о‘qituvchilari tomonidan taqdirlandi.

“OCHIQ ESHIKLAR KUNI”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini yaratishga qaratilgan taklif va tavsiyalarining mazmun-mohiyatini, ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarni, talabalarning siyosiy huquqiy savodxonligini oshirish, yoshlarga oid davlat siyostining mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida Toshkent shahridagi barcha oliy ta’lim muasassalarida o‘tkaziladigan “Ochiq eshiklar kuni” loyihasi bo‘lib, ushbu keng qamrovli loyiha joriy yilning 29-april kunida Toshkent to‘qimachilik va yengil …

TURKIYANING О‘ZBEKISTONDAGI ELCHISI BILAN UCHRASHUV

Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligida Turkiya Respublikasining О‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Olgan Bekar janoblari bilan uchrashuv bо‘lib о‘tdi.  Samimiy uchrashuv boshida Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Elchi janoblarini kuni kecha О‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ishonch yorlig‘ini topshirgani bilan qutlab, uning kelgusida ikki davlat о‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi. …

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda ijodiy uchrashuv!

Joriy yilning 28-april kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining  “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi tomonidan Institut 3-talabalar turar joyida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda, O‘zbekiston adabiyot va san’at gazeta bo‘limi boshlig‘i, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Abdumajid Azim bilan talabalar o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi. Shoir Abdumajid Azim o‘zining yozgan she’rlaridan talabalarga aytib berdi, tadbir juda …