“Eng yaxshi tadqiqotchi” medali muborak bo’lsin!!!

Toʻqimachilik matolari texnologiyasi kafedrasi professori, texnika fanlari doktori N.R.Xanxadjayeva “Bobek” Milliy harakat yuridik shaxslar uyushmasi (Ostona, Qozogʻiston) tomonidan uyushtirilgan “Eng yaxshi tadqiqotchi-2023” xalqaro loyihasida qatnashib, I-darajali diplom va “Eng yaxshi tadqiqotchi” medali bilan taqdirlandi. Olimaning innovatsiya va ilm-fan rivojiga qoʻshgan hissasi alohida eʼtirof etildi.

TTYSIda ustoz-murabbiylar uchun bayram uyushtirildi.

“Bayram bayramdek boʻlishi kerak!” Aynan shu shior bilan 29-dekabr kuni institut rahbariyati rektor tashabbusi bilan barcha xodimlarni taqdirladi. Oʻz ishining fidoyilari — ustoz va murabbiylarga bayram shukuhini ulashish va ularni ragʻbatlantirish maqsadida har bir fakultet, kafedra va boʻlim uchun alohida, oʻziga xos nominatsiyalar ostida qimmatli sovgʻalar taqdim etildi.

Rektor tabrigi

“Mana, siz bilan birgalikda yelkama-yelka turib mehnat qilayotganimizga, bir katta oila boʻlib tutinganimizga ham ikki yil boʻlibdi. Umr — oqar suv deb bekorga aytishmagan ekan. 2023-yil ham kiprik qoqquncha oʻtib ketdi. Oʻtib borayotgan ushbu yilda institutimiz qator choʻqqilarni zabt etdi. Oldimizga qoʻygan maqsadlarning barchasiga erishdik. Muhtaram prezidentimizning bildirgan ishonchini oqlash maqsadida dual taʼlim tizimini yoʻlga …

Yakuniy hisobot yig’ilishi bo’lib o’tdi

28 dekabr kuni institut kengashining joriy yildagi yakuniy hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida oʻtkazilgan Respublika maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan yigʻilishida oldinga surilgan ustuvor maqsad va vazifalar bilan tanishib olindi.   Yigʻilishda onlayn qatnashgan institutimiz qoshidagi Bogʻot texnikumi oʻz faoliyati dinamikasini tanishtirganda qator kamchiliklar yuzaga chiqdi. Ularni tuzatish uchun …

Dunyoning ikkinchi iqtisodiyoti hisoblangan Xitoy Xalq Respublikasi mamlakatimiz bilan nafaqat siyosiy doʻstlik aloqalarini, balki oliy taʼlim sohasida ham hamkorlikni mustahkamlab kelmoqda.

“Hujjat qabul qilish davrida qizgʻin ishlashimizga toʻgʻri keladi. Axir imtihondan oʻtgan abituriyent ham bizda ham Xitoyda oʻqish imkoniyatida ega boʻladi. Ularning barchasi uchun eshiklarimiz hamisha ochiq”, — deydi TTYSI rektori, professor D. Vaxabov. Toʻqimachilik muhandisligi yoʻnalishi boʻyicha tahsil olish niyatida boʻlgan boʻlgʻusi talabalarga 5 ta kasbiy mutaxassislikka doir bilimlar beriladi. Bular:

TTYSIda 2023-yil yakunlari

📊Prezident Shavkat Mirziyoyev taʼbiri bilan aytganda, mamlakat iqtisodining drayveriga aylangan toʻqimachilik va yengil sanoat sohalari rivojini innovatsiya hamda ilm-fan yutuqlaridan ayro tasavvur qilib boʻlmaydi. Yakuniga yetayotgan 2023-yil sarhisobiga koʻra, institutimiz talabnoma topshirish va patent olish boʻyicha yetakchi oʻrinlarda bormoqda. Professor-oʻqituvchilarimiz tomonidan oʻtgan uch yilda ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish maqsadida Intellektual mulk markaziga 200 dan ortiq …

Institutning texnik personali rag‘batlantirildi

Institutning nufuzini oshirishda albatta rahbariyat va o‘qituvchilarning o‘rni beqiyos. Ammo, ular qatorida bilim yurtining ozodaligi va xavfsizligi uchun javob beradigan, ko‘p hollarda soya ostida qoladigan mehnatkash ayollar va zahmatkash erkaklar ham bor. Birinchi taassurot uchun ikkinchi imkoniyat berilmaydi. Xuddi shunday, bu dargohga qadam ranjida etgan har bir mehmon bog‘bonimiz va farrosh ayalarimizning qilgan ishlari bilan …

UCH KUN ICHRA  FAN, TA’LIM, INNOVATSIYALAR VA SANOATNING ISTIQBOLLI MANFAATLARI

Amirliklardagi Amerika universitetida har yili bo’lib o’tadigan “Global va milliy iqtisodiyot trendlari: II Taraqqiyot strategiyasi” xalqaro forumi har yili jahonning turli burchaklaridan oliy ta’lim va tadqiqot institutlari olimlari, professorlari va korxona rahbarlarini bir yerga jamlaydigan nufuzli anjumandir.Shu yil institutimiz vakillari ham ushbu fan va taraqqiyot kunlarida muvafaqqiyatli ishtirok etdilar.Mazkur konferensiya zamonaviy raqamlashtirilgan iqtisodiyotda tarmoqlar ahamiyati …

Riga texnika universitetida ilmiy va o’quv yo’nalishlari, laboratoriyalari hamda moddiy-texnik bazasini o’rgandilar.Riga texnika universitetida

Riga texnika universitetida stajirovka o’tayotgan institutimizning professor o’qituvchilari “Libos va to’qimachilik sanoati” (Clothing & textile industry) kafedrasi mudiri Ilza Baltina bilan uchrashib kafedraning ilmiy va o’quv yo’nalishlari, laboratoriyalari hamda moddiy-texnik bazasini o’rgandilar.Shungdek, Kafedra ilmly tadqiqot laboratoriyasida olib borilayotgan nanotexnologiyalar va aqlli materiallardan maxsus himoyalovchi kiyim tayyorlash bo’yicha doktorant Dana Barkananing ma’ruzasida qatnashdilar

Xorijlik professor talabalarga mahorat darsi oʻtdi

20-dekabr kuni Haydarobod shahridagi Ingliz va xorijiy tillar universiteti professori Sujatha Mukirining onlayn maʼruza darsi boʻlib oʻtdi. Maʼruza davomida professor Mukiri “Talabalarda tinglash koʻnikmalarini rivojlantirish” mavzusida qiziqarli taqdimot bilan talabalarni tanishtirdi. Mutaxassis taqdimot davomida kafedra professor-oʻqituvchilari hamda talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berdi va dars yakunida taklif uchun minnatdorlik bildirdi.