2021-yilning 30-dekabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rahbariyati Ilmiy Kengashida 2 nafar tayanch hamda mustaqil izlanuvchilarning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot o‘rnida: Institutning ilmiy salohiyat kо‘rsatkichlari quyidagicha:2020-yilda jami 32 nafar (4 nafari- DSc, 28 nafari- PhD) izlanuvchilar himoya qilgan va institut ilmiy salohiyati 46,1% ni tashkil etgan. Joriy 2021-yilda esa jami 39 nafar (10 nafari- DSc, 29 nafari- PhD) izlanuvchilar himoya qilib, institut ilmiy salohiyati о‘tgan yilga nisbatan 7% ga oshib, hozirda 53,1% ni tashkil …

Munosib e’tiroflar muborak bo‘lsin!

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining To‘qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti “Kimyo” kafedrasi kimyo fanlari doktori, professor Rafikov Adxam Salimovich ko‘p yillik samarali va halol mehnati hamda o‘z xizmat vazifasiga bo‘lgan sadoqati uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining FAXRIY YORLIG‘I bilan taqdirlandi. Shu munosabat bilan o‘quv yurti rektori Ilxom Sabirov tomonidan Adxam Rafikovning …

INSTITUTNING NAVBATDAGI KENGASHI O‘TKAZILDI

2021-yilning 27-dekabr kuni Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutida navbatdagi institut kengashi yig‘ilishi bо‘lib о‘tdi. Mazkur yig‘ilishda o‘quv yurtining yangi logotipi rektor Ilxom Sabirov tarafidan muhokamaga qo‘yildi hamda kengash a’zolari tomonidan oliygohning yangi logotipi bir ovozdan ma’qullandi.  

Talabalar yashash holati o‘rganilmoqda

Ijarada istiqomat qiluvchi talabalarning yashash sharoitidan xabar olish, ularning muammolarini o‘rganish, xususan, is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olish yuzasidan nazorat ishlari olib borildi.Shuningdek, talaba-yoshlarga tabiiy ne‘matlardan to‘g‘ri va ehtiyotkorona foydalanish bo’yicha kerakli ma‘lumotlar berildi.

Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “BAHOR NAFASI” onlayn tanlovi o’tkazildi

Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan “BAHOR NAFASI” onlayn tanlovining respublika bosqichida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakulteti “Kostyum dizayni” kafedrasi 25a-20 guruh talabasi Saidnuriddinova Muslima 🥈 2-o‘rinni egallab, DIPLOM bilan taqdirlandi. Institut talabasini erishgan yutug‘i bilan tabriklaymiz!  

BELORUSIYA RESPUBLIKASIGA TASHRIF

Belorusiya va O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va ta’lim sohasidagi tashqi aloqalarni mustahkamlash maqsadida, ikki davlat о‘rtasidagi shartnomalariga asoslanib, joriy yilning 20-23-dekabr kunlari Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori I.K.Sabirov rahbarligida, Yengil sanoat texnologiyasi fakultet dekani R.J.Akbarov va Ishlar boshqarmasi boshlig‘i B.N.Boboxo‘jayev Vitebsk davlat texnologiya universitetida rasmiy xizmat safarida …

100-umumta’lim maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 23-dekabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Korporativ boshqaruv” kafedrasi professor-o‘qituvchilari “Meros” mahallasida joylashgan 100-umumta’lim maktabida “Kafedra kuni” rejasi doirasida maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari bilan davra suhbati tashkil etildi. Maktabning 9-sinf o‘quvchilari tomonidan institut haqida, uning imkoniyatlari to‘g‘risida ko‘plab savollar berildi. Faol qatnashgan o‘quvchilarga esdalik uchun kitoblar sovg‘a qilindi.

Mehr – muruvvat va saxovat insonni ulug‘laydi

Joriy yilning 22-dekabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Paxta sanoati texnologiyasi” fakulteti tyutori A.Umarov, “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi professor-oqituvchilar, institut profilaktika inspektori A.Tadjibayev hamda talaba – yoshlarning Yakkasaroy tumanida joylashgan imkoniyati cheklangan bolalar uchun 25 –sonli ixtisoslashtirilgan maktabiga tashrifi uyushtirishdi. Ushbu tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad talaba – yoshlarning qalbida insoniy mehr – …

“Konstitutsiya inson huquqlarining mustahkam asosi”

“Har bir davlat o‘z taraqqiyot yo‘lini tanlar ekan, eng muhim maqsad va vazifalarini belgilab oladi. Mamlakatimiz mustaqilligining ilk davrida qabul qilingan boshqa ramzlar qatori Konstitusiyada ham xalqimizning xohish-irodasi, inson huquq va manfaatlari, davlat tuzilishi o‘z ifodasini topgan. Bosh qomusimiz, jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, yurtimiz fuqarolari tengligining kafolatlanishini qayd etadi va …