Parij xalqaro moda akademiyasi (AICP) va Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti qoʻshma fakulteti QABUL E’LON QILADI!!!

Sifatli ta’lim olishni va moda sanoatida muvaffaqiyatli kareraga ega bo’lishni xohlaysizmi? Fransiyada amaliyot o‘tishni istaysizmi?Shunday ekan, AICP Parij Xalqaro moda Akademiyasi (Fransiya) va Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti qo’shma fakulteti talabasi bo’lish imkoniyatini qo’ldan boy bermang.Parij Xalqaro moda Akademiyasining yetakchi mutaxassislaridan ta’lim oling.Fransiya va O’zbekistonning diplomlarini qo’lga kiriting.Kirish imtihonlari: Ijodiy imtihon institutda va DTM …

Joriy yilning 20-may kuni Universita Europea del Design in Pescara, (Italy) vakillari – direktor Maurizio Lepore, “Fashion Design” departamenti rahbari Angela Di Girolama, o’qituvchi Valeria D’lppolitolar Texnoparkka tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti va Yevropa dizayn universiteti (Peskara, Italiya) o’zaro hamkorlik haqida MEMORANDUM imzolashdi.

TTYESI faoliyatini tubdan isloh qilish va institutni dunyoning TOP-1000 oliygohlari roʻyxatiga kiritish rejalashtirilmoqda

Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti (TTYЕSI) rektori D.Vaxabov yengil sanoat sohasida yuqori malakali texnologlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish boʻyicha maslahat yigʻilishi oʻtkazdi. Tadbirda malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish maqsadida institut professorlari, ilmiy xodimlar va pedagoglar bilan birgalikda “taʼlim–fan–ishlab chiqarish” integratsiyasini rivojlantirish masalasi muhokama qilindi. Bu vazifa institut rahbariyati uchun strategik ahamiyatga ega, …