Ustozlik – baxtdir, faxrdir!

Inson yashar ekan, eng avvalo, unga bilim va ma’rifat dunyosi sari yo‘l ochib bergan insonlarni unutmasligi lozim. Aziz xalqimizning bir naqlida: «Sen odamlarga bir yil yaxshilik qilmoqchi bo‘lsang, bug‘doy ek, bir umrga yaxshilik qilmoqchi bo‘lsang, ta’lim – tarbiya ber» – deyilgan. Olamning gultojisi inson bo‘lsa ular orasida suyuklisi ustoz – muallimdir. Shunday ekan ularga hurmat, …

Ustoz va murabbiylarga ehtirom!

Dunyo imoratlarining ichida eng ulugʻi maktab boʻlsa, kasblarning ichida eng sharaflisi va ulugʻi oʻqituvchilik va murabbiylikdir. Ustoz – bu zotni har qancha eʼtirof etsak oz. Shu munosabat bilan “1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” yurtimizning barcha go‘shalarida shukuhli bayram shodiyonasi sifatida nishonlanmoqda. Xususan, Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joylashgan oliy ta’lim muassasalari va o‘rta ta’lim maskanlarida …

Bayramingiz muborak – aziz ustozlar!

1-oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan 2021-yil 29-sentyabr kuni Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutining “Korporativ boshqaruv” kafedrasi a’zolari kafedrada uzoq yillar davomida faoliyat yuritgan fidoyi professor-o‘qituvchilarni bayram bilan tabriklash maqsadida ularning xonadonlariga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida ularning namuna bo’ladigan hayot yo’llariga nazar solinib, Institutdagi barcha shogirdlari tomonidan samimiy qutlandi.

Hamisha e’zozimizdasiz – aziz ustozlar!

Har yili “1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni” yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanadi. Qadim zamonlardan ustozga bo‘lgan o‘zgacha e’tibor saqlanib qolgan. Ustoz deganda, har qaysi inson ko‘nglida chuqur hurmat – ehtirom va cheksiz minnatdorchilik tuyg‘ulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o‘lchab, ado qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo‘ladi. Joriy yilning 29-oktyabr kuni Toshkent to‘qimachilik …

“Uch avlod uchrashuvi”

Joriy yilning 29-sentyabr kuni “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasida “1-Oktyabr Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Uch avlod uchrashuvi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda kafedrada ko‘p yillar davomida faoliyat yuritib kelayotgan faxriy ustozlar, kafedra professor-o‘qituvchilari va 1-kurs talabalari ishtirok etishdi. Tadbir davomida 1-kurs talabalariga kafedra faoliyati tanishtirildi. Faxriy ustozlar o‘zlarining hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. …

Kitob – tafakkur xazinasi!

«Kitob – beminnat ustoz. Har daqiqa u bizni donishmandlarning bilim xazinasi bilan oshno eta oladi», deb yozadi buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy. Ma’lumki, aholining intellektual va ma’naviy-estetik ehtiyojini qondirish, xususan, yoshlarni mustaqil fikrlaydigan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar va ma’nan barkamol insonlar qilib tarbiyalashda kitobning o‘rni beqiyosdir. Shu munosabat bilan Toshkent to‘qimachilik …

Bugun 28-sentyabrʼ “Kimyo” kafedrasi dotsenti Garibyan Irina Ivanovnaning tavallud ayyomi!

Irina Ivanovna qutlugʼ 63 yoshni qarshi oldilar. Shu munosabat bilan Institut rahbariyati nomidan samimiy qutlaymiz!Tavallud kuningiz muborak boʼlsin! Sizga farovon hayot, omad, mustahkam sogʼlik va vafodor doʼstlar hamda oila davrasida boʼlish hamisha nasib etsin! Barcha yaxshi niyat-maqsadlaringiz va ezgu amallaringiz roʼyobini tilaymiz!

Yangi hafta – yangiligi !

Endi Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti “Payme” mobil ilovasida bor! Siz bemalol Payme orqali TTYeSIga kontrakt va boshqa barcha turdagi to‘lovlarni o‘tkazishingiz mumkin. Bunda sizdan hech qanday ortiqcha ma’lumot, qog‘ozlar shartnoma, imzo va muxrlar talab etilmaydi. Barchasini endi birgina harakat bilan amalga oshirish mumkin. Marhamat, Payme orqali bizga to‘lovlarni amalga oshiring. Endi hammasi oson …