Mehnat yarmarkasi

Joriy yilning 29-iyul kuni Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutida “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Maqsad esa shahardagi ishsiz fuqarolarning bugungi kunda qaysi soha yoki mutaxassislik bo‘yicha ishlash istagini o‘rganish, ishsiz fuqarolarni egallagan mutaxassisligi yoki ega bo‘lgan hunari asosida ishga joylashtirish hisoblanadi. Bandlikka ko’maklashish markazi, hokim yordamchisi va yoshlar yetakchilari, shuningdek, xotin-qizlar faollari …

E’lon!

PARIJ XALQARO MODA AKADEMIYASI (FRANSIYA) VA TOSHKENT TO‘QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTINING QO‘SHMA TA’LIM FAKULTETI 2022-2023 o‘quv yili bakalavriat “Dizayn (kostyum dizayni)” ta’lim yo‘nalishiga hujjatlarni qabul qilish davom etmoqda Talabgorlar topshirishi lozim bo‘lgan hujjatlar: shaxsni tasdiqlovchi hujjat, pasport (nusxasi); shahodatnoma yoki diplom (ilovasi bilan). Hujjatlar 2022 yil 30-avgustgacha onlayn qabul qilinadi Kirish imtihoniga mualliflik ishlari …

TTYeSI xodimlari va talaba-yoshlari diqqatiga!

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida olib borilayotgan islohotlar shaffofligini yanada ta’minlash, o‘quv yurti faoliyati bilan bog‘liq turli masalalarni tezkorlik asosida haqqoniy hal etish maqsadida institut rektori Davron Abdujalalovich Vaxabovning rasmiy elektron sahifasi ishga tushganini ma’lum qilamiz! Rektor http://@mail.ttyesi.uz ushbu pochta manzili orqali savol va takliflar yuzasidan murojaatlar qabul qilinadi.

“Yozgi universitet” xalqaro loyihasidan talabalar muvaffaqiyatli qaytishdi

Rossiya Federatsiyasi Ilm va ta’lim vazirligi tomonidan 2022-yilning 9-24 iyul kunlari oralig‘ida tashkil etilgan “Yozgi universitet” xalqaro ta’lim loyihasida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining faol talaba-yoshlari ishtirok etdi. Dastavval, ushbu loyihada qatnashish istagida bo‘lgan institutning 70 ga yaqin talabalaridan motivatsion xatlar kelib tushib, shulardan 28 nafari tashkilotchilar tomonidan saralab olindi. O‘zbekiston talabalari asosan institut …

“Bitiruvchi-2022” – talabalarga diplomlar topshirildi!

Bilamizki, Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti о‘zining kо‘p yillik tarixi davomida xalqaro talablarga javob beradigan ta’lim tizimiga ega bо‘lganligi sababli, mamlakatimizda tayanch oliy о‘quv yurtlaridan biri hisoblanadi. 2022-yilning 25-iyul kuni o‘quv yurti Madaniyat saroyida bakalavr ta’limi bitiruvchilariga diplom topshirish va ularni kelajak sari mustaqil hayotga kuzatish maqsadida “Bitiruvchi-2022” tadbirining tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur …

Ilmiy ishlanma va innovatsion mahsulotlar ko‘rgazmasi

Joriy yilning 18-22 iyul kunlari O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirligi binosida “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarning ilmiy ishlanma va innovatsion mahsulotlar ko‘rgazmasi bо‘lib о‘tdi. Mazkur ko’rgazmada Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutining “Charm buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi professor-о‘qituvchi va doktorantlari ilmiy ishlari bilan faol qatnashdilar.

Ipakchilik sohasidagi amaliy ishlar

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Ipak texnologiyasi” kafedrasi mudiri Jahongir Axmedov Xorazm viloyatining Bog‘ot yengil sanoat texnikumiga amaliy tashrif buyurib, texnikum direktori Faxriddin Matkarimov bilan ipakchilik yo‘nalishini ochish va uslubiy ta’minotda yordam berish borasida fikr-mulohazalar almashildi. Shu bilan birga, “Xorazm pilla xolding” va “Khiva silk fabric” MCHJlari bilan korxonadagi mavjud muammolarni bartaraf qilishda institut …

Diplom dublikatini olish tartibi soddalashtirildi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimida raqamlashtirish borasida yana bir muhim qadam tashlandi. Hukumat qarori (https://edu.uz/media/d63c6e2f-8071-33a3-190c-076a10cf7851.pdf) (21.07.2022-y.) bilan oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi. Unga koʻra endilikda, – fuqaro Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali onlayn yoki oʻziga yaqin joydagi Davlat xizmatlari markazlariga …