Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti”da 2023- yilning 22-avgust kuni texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni institut bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga o’qishga qabul qilish bo’yicha yakka tartibda suhbat jarayoni bo’lib o’tadi. Suhbat jarayonini kuzatib borish uchun ijtimoiy tarmoqlarda tog’ridan-tog’ri onlayn tarzda uzatib boriladi.

Manzil: , B bino 102, 208 va 211 xonalar “Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti” 1-bino, 113, 115, 117, 219, 221-auditoriyalar. Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutida o’tkaziladigan Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida qabul jarayonlarining onlayn translatsiyasi!!!🎥(22 avgust 2023 yil) Soat 10:00 dan boshlanadi👉 https://web.ttyesi.uz/index.php/kirish-imtihon-kuzatuv-kameralari/

24 aprel – 4 may 2023. Toshkent toʼqimachilik va yengil sanoat instituti “Charm buyumlarini konstruktsiyalash va texnologiyasi” kafedrasi profesor- oʼqituvchilari va talabalari Gretsiya Davlatining Krit oroli Xanya shaxrida, Akrotiri Campus da joylashgan Krit texnika universitetida Yevropa Ittifoqining Erasmus+ loyihasi “Oʼzbekiston-Qozogʼiston oliy oʼquv yurtlarining charm va charm attorlik buyumlari ishlab chiqarish salohiyatini oshirish” doirasida seminar-treningda qatnashdi.

Mazkur treningda, shuningdek Jizzax politexnika instituti, qoʼshni davlatdan Qozogʼistonning Taraz regional universiteti va M. Auezov nomidagi Janubiy-Qozogʼiston universitetining bir qator prof-oʼqituvchilari va talabalari ham ishtirok etishdi.Seminar-trening mobaynida Krit texnika universiteti tarixi, buguni va kelajagi toʼgʼrisida maʼlumotlar berildi. Oʼquv jarayoni va taʼlim tizimi boʼyicha maʼlumotlarga ega boʼlindi. Jumladan, texnik yoʼnalishida oʼqish 5 yillik master darajasini, ijtimoy-gumanitar …

2023 yil 7 aprel Ko‘rgazma dasturidan CHARIM MARKAZLARINI ISHLAB CHIQISH, O‘ZBEKISTONDA INKLYUZIV va barqaror o‘sish uchun investitsiyalar bo‘yicha REAILEAP loyihasi bo’yicha qilinishi kerak bo’lgan ishlar bo‘yicha seminar o‘rin olgan edi.

TILP, JizPI va “O’zcharmsanoat” uyushmasi tomonidan tashkil etilganSEMINAR oliy ta’lim muassasalarida REILEAP loyihasini amalga oshirish natijasida tashkil etilgan markazlarning korxona va muassasalarda bevosita texnika, texnologiya, ishlab chiqarish munosabatlariga muvofiq oliy ta’lim mazmunini shakllantirishdagi o‘rni va faoliyatiga bag‘ishlandi. va istiqbolli rivojlanish dasturlari, shuningdek ishlab chiqarish, ta’lim va fanning o‘zaro integratsiyasini ta’minlashda

2022-yil 27-apreldaOliy taʼlim mazmunini bevosita korxonalar va muassasalardagi texnika, texnologiya, ishlab chiqarish munosabatlariga hamda istiqbolli rivojlanish dasturlariga muvofiq shakllantirish, shuningdek, ishlab chiqarish, taʼlim va fanning oʻzaro integratsiyasi uchun qulay shart-sharoitni shakllantirish kabi tamoyillarda oʻz aksini topadigan, davlatimiz siyosatining muhim bir qismlari sifatida ahamiyat kasb etadigan oʻzaro jarayonlar boʻyicha “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi hamda taʼlim va fan muassasalari oʻrtasidagi uzviy aloqalar va anʼanalar yangi bosqichlarda izchil davom ettirilmoqda.

Mazkur aloqalar amaliyotiga misol tariqasida Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat intituti murojaatiga binoan Uyushma amaliy yordami bilan 2022-yil 27-aprelda Sirdaryo viloyatidagi Oʻzbekiston-Xitoy “Peng-Sheng” qoʻshma korxonasiga ushbu oliy taʼlim muassasasining “Charm buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi professor-oʻqituvchilari va talabalaridan iborat guruhning maxsus tur shaklidagi tashrifi tashkil etilganligini taʼkidlab oʻtish mumkin.Yoshlarga xos joʻshqin va zavqli ruhda boʻlib …

2021 yil 7-10 dekabrTTYeSI talabalari BIOT 2021 xalqaro ko’rgazmasida

7-10 dekabr kunlari Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida BIOT-2021 “Xavfsizlik va mehnatni muhofaza qilish” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Bu yil 25-marotaba o‘tkazilgan ko‘rgazmada 40 dan ortiq davlat qatori O‘zbekiston ham ishtirok etdi. Ko‘rgazmada “O‘zcharmsanoat” uyushmasiga a’zo 20 dan ortiq korxona 120 dan ortiq mahsulotini namoyish etdi. Ko‘rgazmada “O‘zcharmsanoat” uyushmasi ko‘magida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat …