Institut jamoasi umumxalq hasharida

30-aprel, Yurtimiz bо‘ylab “Mahalla obodligi – yurt farovonligi” shiori ostida umumxalq xayriya hashari о‘tkazilmoqda. Erta tongdan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti jamoasi o‘zbek xalqiga xos bо‘lgan azaliy qadriyat – hashar ishlarini birdamlik asosida boshlab yubordi. Institutning professor-o‘qituvchilari, ustoz-murabbiy va talaba-yoshlari tomonidan hududdagi daraxtlar tagi yumshatildi, ularga shakl berilib, oqlandi, ariqlar tozalandi. Hovli qismida tashkil …

Islohotlar amalda

Mamlakatimizda xalq ta’limini isloh qilish bо‘yicha yil boshida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 29-aprel kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Matbaa texnologiyalari fakulteti “Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari A.Djalilov, M.Abdunazarov va T.Tillayev Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida joylashgan 44-umumiy o‘rta ta’lim maktabda dars tahlili hamda Mahorat darslarini o‘tash orqali kelgusida amalda …

“Temuriylar tarixi davlat muzeyi”ga sayohat

Joriy yilning 29-aprel kuni institutning Matbaa texnologiyalari fakulteti tyutori B.Fayziyev boshchiligida 19-21-guruh talaba-yoshlari bilan Toshkentdagi Amir Temur xiyoboni yaqinida bunyod etilgan tarixiy maskan sanaluvchi “Temuriylar tarixi davlat muzeyi” amaliy tashrif uyushtirildi. Sayohat davomida talabalarga buyuk ajdodlarimizning bosib o‘tgan yo‘llari, qilgan ulkan samarali ishlari hamda muzey peshtoqlarida saqlanayotgan tarixiy yodgorliklar yaqindan tanishtirildi.

“Tikuvchilik sirlari” mavzusida mahorat darsi

Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida xalq ta’limini isloh qilish bо‘yicha yil boshida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 29-aprel kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan tashkil topgan jamoa M.Mansurova, N.Bobojonova, H.Asadovalar Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida joylashgan maktablarda ta’lim-tarbiya jarayonini yaxshilash yuzasidan biriktirilgan 4, 10, 12-umumiy o‘rta ta’lim …

“O‘zbek-Xitoy Peng-Sheng” qo‘shma korxonasiga tashrif

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyul PQ-3151-son “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2022-yilning 28-aprel kuni institutning “Charm buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari “O‘zcharmsanoat” uyushmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “O‘zbek-Xitoy Peng-Sheng” qo‘shma korxonasiga tashrif buyurishdi. Maqsad esa sohaning bo‘lajak mutaxassislarini zamonaviy Charm-poyabzal …

Islohotlar amalda

2022-yil 28-aprel kuni “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi professor-о‘qituvchilari Prezident administratsiyasining “Maktablarning ta’lim-tarbiya jarayonini yaxshilash”ga qaratilgan 2022-yil 08-942 sonli topshirig‘iga asosan maktablar bilan integratsiyani yо‘lga qо‘yish maqsadida kafedraga biriktirilgan Yangiyо‘l tumani 9, 26,39, 54 va 55-son umumta’lim maktablarga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida maktablarning KEMBRIDJ tajribasi asosida maktab o’qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish ko’zda tutilgan.

Islohotlar amalda

Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahar Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadida 2022-yil 29-aprel kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti bilan hamkorlikdagi ishlar amalga oshirildi. Maktabga “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi professori Nigmatova Fotima, doktorantlar Sharipova Saodat, Shirinova Ma’mura tashrif buyurib, 10, 11-sinf o‘quvchilari bilan kasbga yo‘naltirish bo‘yicha davra …

UzbekistanTextileExpo

Joriy yilning 29-aprel kuni institutning “Yigirish texnologiya” kafedra professor-o‘qituvchilari, doktarantlari, magistr va bakalavr talabalaridan tashkil topgan jamoa “Anhor” bog‘ida o‘tkazilgan “To‘qimachilik va moda sanoatining 4-xalqaro “UzTextileExpo” ko‘rgazmasida bo‘lib, Yigiruv korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar, xomashyo va yigiruv korxonalardagi muammolar haqida ishlab chiqaruvchilar bilan suhbatlashdilar. Turli xil kimyoviy tola ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan tola xossa ko‘rsatkichlarini va …

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ma’naviy uchrashuv

Joriy yilning 29-aprel kuni Matbaa texnologiyalari fakulteti “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari S.Yusupova, S.Sattorova, U.Do‘stova, Sh.Nurbekova, Sh.Yusupaliyeva, F.Rahimovlar tomonidan “To‘qimachi” mahallasida joylashgan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti litseyida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Ma’naviy uchrashuvda badiiy adabiyot vakillari hayoti va asarlari haqida ma’lumotlar taqdimot tarzida namoyish …

Mafkuraviy immunitet – xavfsizlikning ma’naviy asosi!

Joriy yilning 28-aprel kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Yakkasaroy tumani IIB XPB profilaktika katta inspektori, Toshkent shahar IIB Terrorzim va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi, Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi, Teri tanosil kasalliklari dispanseri mutaxassis va xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda institut talabalari hamda pedagog xodimlari orasida OITS yuqumli kasalligining tarqalishini …