31-oktyabr kuni BMTning Aholi jamgʻarmasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida mehmonlar BMT vakilalari TTYSIda talaba-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish uchun koʻrilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishib chiqdi. Uchrashuvda: Uchrashuv soʻngida mutaxassislar 28–29-noyabr kunlari TTYSIda boʻlib oʻtadigan xalqaro anjumanga taklif etildilar va ularga texnoparkda jamoat tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha yoʻl xaritasini tuzish taklifi berildi.  

psixologik trening

Joriy yilning 30 oktabr kuni Institut psixologi R.Muxamedjanova tomonidan Paxta sanoat texnologiyasi fakulteti birinchi kurs talaba qizlari bilan “Institutda kiyinish madaniyati” – institut imidjini oshiruvchi dress kodga amal qilish mavzusida davra suhbat bo’lib o’tdi. Suhbat davomida tashkil etilgan “Energiya ulashuvchi” mashqlari jarayonni qizg’in o’tishini ta’minladi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 18-oktabrdagi 466-buyrug’iga asosan 2023-yil 31-oktabr respublikamiz bo’ylab barcha ta’lim muassasalarida “MILLIY QADRIYATLAR KUNI!” sifatida nishonlanadi!

Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutida ushbu kun munosabati bilan talaba-yoshlar o’rtasida “Milliy qadriyatlarning eng faol targ’ibotchisi!” tanlovi bo’lib o’tadi! Tanlov: “Milliy libos”, “Milliy raqs”, “Milliy taom”, “Milliy sport” hamda “Milliy qo‘shiq” nominatsiyalarida o‘tkaziladi va g‘oliblar tanlov nizomiga ko’ra taqdirlanadi! Manzil: Madaniyat saroyi fayesi.Muddat: 11:30. 13:00. Talabalar turar joyida 17:30 da “Milliy taom” nominatsiyasi doirasida …

Germaniyaning TFL kompaniyasi texnologlari bilan uchrashuv

25-oktabr kuni institutning 1-222 – majlislar zalida Germaniyaning TFL kompaniyasi texnologlari Bajenova Anna Nikolayevna va Milan Prpic bilan о‘zaro hamkorlikdagi uchrashuv bo’lib o’tdi. Seminar mavzusi “Современные химические материалы для кожевенных производств компании TFL”. Ushbu uchrashuvda kafedra professor-o’qituvchilari, kafedrada tahsil olayotgan talabalar va ilmiy izlanuvchilar ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida TFL korxonasidan tashrif buyurgan soha mutaxassislari o’zlarining …

TTYSI talabalari oʻquv sessiyasida ishtirok etish uchun Belarusga joʻnab ketdi.

Qoʻshma taʼlim dasturida tahsil oluvchi talabalar oʻquv sessiyasida ishtirok etish uchun Vitebsk davlat texnologiya universitetiga joʻnab ketdi. 13 nafar talaba 28-oktyabrdan 2-dekabrgacha boʻlgan muddatda oʻquv jarayoni hamda Belarus Respublikasining ilgʻor ishlab chiqarish korhonalarida amaliyot oʻtab qaytadi. Talabalarni Vitebsk davlat texnologiya universiteti sirtqi taʼlim fakulteti dekani Elena Kovalchuk kutib oldi hamda oʻquv jarayoni bilan tanishtirdi.  

Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti pedagog-xodimlari o’rtasida hamkorlik musobaqasi

2023-yil 28-oktabr kuni Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti pedagog-xodimlari o’rtasida institut “Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat” kafedrasi tashabbusi bilan sportning “Futbol” turi bo’yicha hamkorlik musobaqasi tashkil etildi. Jarayon qizg’in davom etdi va musobaqa 15:4 hisobda TTYESI foydasiga hal bo’ldi.

“Zakovat turniri” ning Uchinchi tur oʻyinlari har domigidek qiziqarli va mulohazaga boy o’tdi…

Natijalariga ko’ra KUCHLI YETTILIK: Yana O’shalar, Intelligence , Univers, Ziyokorlar, Standart, Firdavsiylar, Renessans jamoalari qayt etmoqda. Umumiy ballar bilan doimgidek 👉🏻 t.me/Zakovat_TTYeSI orqali tanishishingiz mumkin! Sizda yana 2023-yil 2-noyabr 14:00 da institut kutubxonasida bo’lib o’tadigan To’rtinchi turda ishtirok etish imkoniyati bor! FURSATNI BOY BERMANG! ILMLI INSON HECH QACHON XOR BO’LMAGAY!!! Qo’shimcha ma’lumot uchun @ZakovatTTYESI ga …

“To‘qimachilik matolari texnologiyasi” kafedrasi 1-bosqich doktorantura izlanuvchilarining hisoboti

So‘ngi ilg‘or tadqiqotlarni olib borish, ularda samarali natijalarga erishish maqsadida zamonning eng ildam izlanish metodlaridan foydalanish har bir bo‘lg‘usi olim uchun juda muhimdir. Katta tajriba va amaliy ko‘nikmalarga ega ustoz-olimlar esa bunda katta yordam berishlari mumkin. Xususan, 28 oktyabr kuni “To‘qimachilik matolari texnologiyasi” kafedrasi 1-bosqich doktorantura izlanuvchilarining hisoboti kafedraning professor-oʼqituvchilaridan iborat “Ilmiy maktab”da dastlabki muhokamadan …